Mavzu : pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi



Yüklə 24,41 Kb.
səhifə2/2
tarix25.11.2023
ölçüsü24,41 Kb.
#134773
1   2
Mavzu pedagogik texnika haqida tushuncha. Pedagogik texnikani

XULOSA :
Hozirgi davr talablari nuqtai nazaridan, o'qituvchiga qo'yilayotgan javobgarlik hissi kengayib, murakkablashib bormoqda.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlaming yuksak natijalari

bevosita o'qituvchilarning qizg'in mehnati samarasiga bog'liq. Vatanimizning porloq kelajagi uchun yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib voyaga etkazishda o'qituvchining kasbiy bilimi, faoliyat

texnikasi mutlaqo yangilanib, hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajada bo'lishi kerak. 'Ta’lim to'g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga muvofiq o'qituvchi o'zining ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar

ustuvorligiga doimo e’tibor berib kelishi lozim. O'qituvchining pedagogik texnikasi ham vatanparvarlikka, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlashga, o'quvchilarning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishiga asoslangan bo'lishi shart. Shu ma’noda taniqli adib Tursunoy

Sodiqova asarlarida hozirgi kun o'qituvchisiga qo'yiladigan “Murabbiylikning shartlari” oqilona berilgan: ‘‘...Siz insonlarning hech bir yo'q joydan “shoxini kо ‘kartirish ”, qulfi dilini ochish, dunyosini kengaytirish, kechagi holatidan bugunini yuksakroq qilish uchun bu ishga qo`l urdingiz.

Ammo oldin biling: umringizni sarflab olib borayotgan harakatlaringiz ro ‘parangizdagi о‘quvchiga yoqayaptimi, yo‘qmi? Bor gap shunda! Murabbylikni xohlagan, shu kasbga о‘qigan odam murabbiy bo'lib qolmaydi. Ustozlikning o'ziga xos parhezlari, bosib o'tilmaydigan chegara chiziqlari bordir! Birinchidan, dilingizda ustoz—murabbiyning yozilganu yozilmagan qonun-qoidalariga

bo ‘ysunaman, degan Allohga

qasamingiz bo'lsin> Ikkinchidan, niyatingiz sof bo ‘lsin! Men insonlarni faqat yaxshilikka о ‘rgataman deng, orqamda о ‘z qo ‘lim bilan yaratilgan fayzli bog ‘lar qoladi, deb tilak tilang! Toki shogirdlaringiz sizning sharofatingiz bilan faqat savob ishlarga dahldor bo'lsinlar. Uchinchidan, haqiqiy murabbiy bo ‘laman desangiz, birovga biror narsa о rgatishni



astoydil xohlang va siz ilmga nisbatan muhabbat qo ‘ying! Har bir ishingizga fidoyilik bilan kirishing. Buning otini ixlos deydiladi! Shu ishtiyoq sizda qanchalik kuchli bo'lsa, Tangri sizga shuncha uquv beradi, ep beradi, mushkullaringizni O'zi osonlashtiradi. Murabbiylikda ta’tilga chiqish, sog'ligi, kayfiyatiga qarab faoliyatini to'xtatish degan gap yo'q. Yo'lda ham, cho‘lda ham, hamma fasl, ham manzilda, qo‘yingchi, umrigizning oxirgi nuqtasigacha siz faoliyat ustidasiz. Bu degani, sizning borlig'ingiz, har bir so ‘z, har bir ishorangiz odamlar uchun nur, madad va xaloskorlikdir. Nazardan qolgan, qarg‘ish olgan, loqayd murabbiylar tarbiya maskanlariga qadam bosmasliklari kerak. Ular ishlayveradilar, ammo o‘qituvchilikning noni yuqmaydi, ro‘shnolik ko`rmaydilar, falokatlari arimaydi, niyatlariga yetmaydilar. Chunki muqaddas kitoblarda “ne bersak, egallab turgan kasb koringizdan berurmiz” deb yozilgan. Kasbga halollik buyuk ibodatdir”' . O‘qituvchidan o‘z kasbiga sadoqatli bo‘lishni, fidoyilikni, yuksak ma’naviyatni, tinimsiz mehnatni o`quvchilarga nisbatan mehr va muhabbatni, halol va pokiza bo‘lishi talab qiladi. Bu aynan о‘qituvchi pedagogik texnikasining ham muhim xususiyatlaridan biridir.
Yüklə 24,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin