Mavzu : Sug'urta kompaniyasi xarajatlari va ularning turlari. Sug'urta jamiyatdagi iqtisodiy zararlarni kamaytirish va bartaraf etishning muhim shakli. Sug'urta sohasida sog'lom raqobat muhitiga ta'sir etuvchi omillar. Reja


Sug‘urta tashkiloti xarajatlarining turlari



Yüklə 128,5 Kb.
səhifə2/3
tarix26.11.2023
ölçüsü128,5 Kb.
#135805
1   2   3
Sug\'urta kompaniyasi xarajatlari va ularning turlari. Sug\'urta jamiyatdagi iqtisodiy zararlarni kamaytirish va bartaraf etishning muhim shakli. Sug\'urta sohasida sog\'lom raqobat muhitiga ta\'sir etuvchi omillar

Sug‘urta tashkiloti xarajatlarining turlari va ularning tasniflanishi


t/r



Хarajat

turlari




Хarajatlarning tasnifi



Asosiy faoliyat

bo‘yicha




Maqsadli faoliyat

bo‘yicha




Amalga oshirilish vaqtiga ko‘ra

1

Ma’muriy-

xo‘jalik yuritish xarajatlari


Sug‘urtalash bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar


Shartnomani

amalga oshirish xarajatlari

Shartnomani

amalga oshirish jarayonida

2

Vositachilik taqdirlashlarini undirish xarajatlari

Sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlari


Shartnomani tayyorlash va tuzish xarajatlari


Shartnomani

amalga oshirish jarayonida

3

Reklama va marketing xizmati xarajatlari

Sug‘urtalash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar


Shartnomani tayyorlash va tuzish xarajatlari


Shartnomani

tuzishga qadar

4

Maxsus ish qog‘ozlarini tayyorlash xarajatlari

Sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlari


Shartnomani tayyorlash va tuzish xarajatlari


Shartnomani

tuzishga qadar

5

Sug‘urta zaxiralariga ajratmalar

Sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlari


Shartnomani bajarish xarajatlari


Shartnomani

amalga oshirish jarayonida

6

Qayta sug‘urtalash xarajatlari

Sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlari


Shartnomani bajarish xarajatlari


Shartnomani

amalga oshirish jarayonida

7

Investitsiya joylashtiriluvi xarajatlari

Sug‘urtalash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar


Shartnomani bajarish xarajatlari


Shartnomani

amalga oshirish jarayonida

8

Sug‘urta qoplamasi xarajatlari

Sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlari


Shartnomani bajarish xarajatlari


Sug‘urta hodisasi



yuz berganda





Ushbu nizomga ko‘ra sug’urta xizmatlari tannarxini shakllantirishda va moliyaviy natijalarni aniqlashda sug’urta tashkilotlari sug’urta sohasidagi o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi Nizomga amal qilishadi. Sug’urta tashkilotlarining xarajatlar tarkibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi Nizomga muvofiq belgilanadi, bunda sug’urta xizmatlarining tannarxi tarkibiga qo’shimcha (maxsus) xarajatlar kiritiladi:

  • sug’urta qilish (birgalikda sug’urta qilish) va qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha sug’urta tovonlarining to’lovlari summasi (xususan, sug’urta tashkilotiga tegishli ulush);

  • sug’urta holatlari bo’yicha tartibga solish hamda to’lov bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;

  • sug’urta qilingan mulkning baxtsiz hodisaga duch kelishi, yo’qotilishi yoki shakastlanishini ogohlantirish bo’yicha moliyaviy chora-tadbirlar zaxirasiga bo’ladigan ajratmalar;

  • qayta sug’urta qilish operatsiyalari bo’yicha hisoblab chiqilgan vositachilik mukofotlari va tant’emalar.

Boshqaruv hisobi maqsadlari uchun xarajatlar moddalarining ro’yxati va ularning tasnifi hisobot yilida sug’urta tashkilotining hisob siyosatida aks etishi lozim.
Respublikamiz iqtisodiy hayotining barcha sohalarida bosqichma-bosqich olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish borasida qilinayotgan ishlar birinchi navbatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga va mustahkam moliya tizimini yaratishga, xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka ko'maklashishga, dehqon fermer xo'jaliklari faoliyatida investitsiyalarni jalb qilishga keng yo'l ochib berish hamda eksport sur'atlarini o'stirishga qaratilgan.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun-mohiyati to'g'risida iqtisodchi olimlar o'rtasida xilma-xil fikrlar mavjud. Investitsiyalarga tugal bir ta'rif berilmagan. Har qaysi izlanuvchi bu kategoriyaga nisbatan o'z yondashuv uslubi va fikriga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Investitsiyalar nazariyasi o'zining tarixiy rivojlanish jarayonida bir qancha bosqichlarni bosib o'tdi. V.V.Aladinning fikricha mvestitsiyalarning dastlabki belgilarini Avstriya iqtisodchilari maktabining ilmiy ishlarida ko'rish mumkin.
Iqtisodiy lug'atlarda «investitsiyalar - kapitalni uzoq muddatli qo'yilmalar tariqasida sanoatga, qishloq xo'jaligiga, transportga va boshqa tarmoqlarga sarf etiladigan xarajatlar yig'indisini aks ettiradi», - deb ta'riflangan.
Uilyam F.Sharp, Gordon Dj.Aleksandr, Djeffri V Beyli investitsiyalar haqida quyidagi fikrlarni bildiradi: mumkin qadar kengroq ma'noda aytganda «investitsiyalar» - bu «keiajakda kattaroq foydaga ega bo'lish uchun buguncha puldan ajralishdir».6 Mualliflar, pul mablag'larini qo'yilmalar sifatidagi investitsiyalar va bu pullardan kelajakda ko'proq summa olish uchun bugun voz kechish, deb qaraydi. Bizningcha bunday fikrlash bir tomonlama bo'lib, investitsiyalar nafaqat pul mablag'lari ko'rinishidagi pul daromadlari balki, boshqa moddiy va nomoddiy ko'rinishlarda ham bo'lishi mukin. Shuningdek, mualliflar investitsiyalash va jamg'armalar (savings) o'rtasidagi farqni ko'rsatib, aytishadiki, jamg'arma «iste'molga ajratilgan» qiymatdir. «Investitsiyalash» tushunchasi keiajakda milliy mahsulotni ko'paytirish bilan bog'liq real investitsiyalashgacha bo'lgan jarayonni ifodalaydi.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni, mohiyatini o'rganishga bag'ishlangan ilmiy adabiyotlar qatorida xorij olimlari bilan bir qatorda MDH mamlakatlari, jumladan rossiyalik iqtisodchi olimlar (PJ.Vaxrin va A.S.Neshitoylar, N.V.Igoshin, S.V.Valdaytsev, P.P.Vorobev va boshqalar
Mualliflar investitslyalarga ta'rif berar ekan, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib cbiqqan holda, investitsiyalarning asl iqtisodiy mazmunini оchib berishga harakat qilgan. Biroq, ayrim iqtisodchilar investitsiyalarga uzoq muddatli kapital qo'yilma sifatida qarashsa, ayrimlari, faqat, moddiy ishlab chiqarish sohasidagi kapitallashuvga investitsiya, deb qaraydilar.
O'zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi «investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qayta taxrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha ta'rif berilgan: «investitsiya - iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne'matlar hamda ularga doir huquqlar», sifatida ta'riflanadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni tahlil qilish orqali shunday xulosaga kelish mumkinki, «investitsiyalar» tushunchasi «kapital qo'yilmalar», «investitsiyalarning mulkiy shakli», «kapital», «kredit» va boshqa tushunchalarga qaraganda kengroq, «sig'imliroq» tushuncha hisoblanadi14. Kapital qo'yilmalar investitsiyalarning tarkibiy qismi hisoblanadi, Shuning bilan birgalikda investitsiyalarning tarkibida capital qo'yilmalardan tashqari aylanma mablag' (vosita)lar ham mavjud. Demak, ko'rinib turibdiki, kapitai qo'yilmalar tushunchasi aynan investitsiyalar tushunchasini anglatmaydi.15 Umumlashtiradigan bo'lsak, investitsiyalar bu faqat uzoq muddatli kapital qo'yilmalar bo'libgina qolmasdan, balki qisqa muddatli qo'yilmalarni ham o'z ichiga oladi. Demak, investitsiyalar mulkchilikning barcha ko'rinishlaridagi moddiy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy-ijtimoiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritishdir.
O'zbekiston Respublikasi «Chet el investitsiyalari to'g'risida»gi qonunining 3-moddasiga ko'ra «chet-el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo'shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalardan olingan har qanday daromad O'zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari», deb e'tirof etiladi.
Sug'urta kompaniyalari asosiy faoliyati bilan bir qatorda investitsiya faoliyatini ham amalga oshirish imkoniyatiga egadir. Odatda, sug una kompaniyalarning sug’urtaviy xizmat ko'rsatish o'ziga xos xususiyatga ega, ya'ni mijoz dastlab sug'urtalovchiga sug'urta badallarni shartnoma tuzilishi bilan to'laydi. Sug'urta shartnomasi muddatining tugashi xizmat to'liq ko'rsatilganligini bildiradi. Demak, sug'urta kompaniyalarida moliya resurslarining harakati xususiyatlari shunga olib boradiki, sug’urta Kompaniyalari lxtiyorida shartnomani amal qilish mobaynida qo'shimcha daromad olish maqsadida investitsiyalash mumkin bo'lgan vaqtinchalik majburiyatdan xoli bo'lgan katta miqdorda vaqtincha bo'sh mablag'lar to'planadi. Sug'urtalovchilar bu mablag’larni qo'shimcha daromad olish maqsadida turli obyektlarga investitsiya qilishlari mumkin.


Yüklə 128,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin