Uyqining Fiziologik tabiati. Odam organizmida ikki xil biologik holat: uyg'oqlik va uyqu holatlari uzluksiz o'rin almashinib turadi.

Uyg'oqlikda bosh miya markazlarining ko'p qismi qo'zg'al-gan holatda bo'lib, odam tashqi muhitning har bir ta'sirini qabul qilish va unga javob qaytarish qobiliyatiga ega bo'ladi. Binobarin, uyg'oq odam tevarak-atrofdagi o'zgarishlarni, voqealarni sezadi, ular to'g'risida fikrlaydi va ta'sirning mazmuniga ko'ra xulosa chiqaradi. Shartsiz va shartli reflekslar hosil bo'lib turadi.
Uyqu bosh miya yarim sharlari po'stloq qismidagi nerv markazlarining tormozlanishi natijasida hosil bo'ladigan fiziologik holatdir. Uyqu vaqtida analizatorlarning faoliyati pasayadi yoki butunlay yo'qoladi, ya'ni ko'rish, eshitish, hid va ta'm bilish, harakatlanish, terining issiq-sovuqni, siypalashni, kuchsiz og'riqni sezish xususiyatlari deyarli yo'qoladi. Uxlagan odamda oliy nerv faoliyatiga xos bo'lgan fikrlash, ong, tashqi muhitdagi voqealarni, o'zgarishlarni sezish, ular to'g'risida xulosa qilish qobiliyati deyarli yo'qoladi, shartli reflekslar hosil bo'lmaydi.