Mavzu : Xalqaro Kapital bozori (moliyaviy bozor) va uning rivojlanish asoslari


II.2. JST a'zo bòlish Òzbekistonga nima beradi



Yüklə 37,23 Kb.
səhifə5/8
tarix26.04.2023
ölçüsü37,23 Kb.
#125859
1   2   3   4   5   6   7   8
Sultonov Asadbek.Glabol iqtisodiyot

II.2. JST a'zo bòlish Òzbekistonga nima beradi.
JSTning asosiy tamoyili – erkin, ochiq va shaffof raqobat hisoblanadi. Agar O‘zbekiston tashkilotga a’zo sifatida qabul qilinsa, global savdo «o‘yin qoidalari»ga amal qilgan holda, bosqichma-bosqich proteksionizmdan voz kechadi.Bu birinchi navbatda, bojxona tariflari kamayishi hisobiga iste’molchilarga arzon va sifatli tovarlar hamda xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi. Xomashyo narxi pasayishi hisobiga mahalliy mahsulotlar narxi ham arzonlashadi va xalqaro bozordagi raqobatbardoshligi ortadi. Logistika bilan bog‘liq xarajatlar sezilarli darajada kamayadi.
Chetdan olib kirilayotgan xomashyo narxi qancha arzon bo‘lsa, mamlakat ichida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot narxi ham shuncha past bo‘ladi. Raqobatbardoshlik oshadi. Bu dastlabki davrda milliy ishlab chiqarishga salbiy ta’sir o‘tkazsa-da, uzoq muddatli istiqbolda raqobat muhitini vujudga keltirishda ijobiy omil hisoblanadi.Mamlakat ichidagi monopol kompaniyalarning ichki bozordagi ustun mavqeyiga chek qo‘yiladi va erkin raqobat muhiti yaratiladi. Hozirgi sharoitda O‘zbekistondagi import proteksionizmi darajasi ancha baland hisoblanadi.
Shuningdek, investorlarning O‘zbekiston bozoriga kirishi ko‘payadi. Bu esa yangi ish o‘rinlari yaratilishiga imkoniyat taqdim qiladi.Bundan tashqari, o‘rta muddatli istiqbolda tashkilotga a’zolik inflatsiya yaxshigina pasayishiga zamin yaratadi.
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi yoki Jahon savdo tashkiloti?
Nazariy jihatdan qaraydigan bo‘lsak, har ikki tashkilotga a’zo bo‘lish bir-birini inkor etmaydi. Xalqaro ekspertlar qayd etishicha, hukumat JSTga ham, YeOIIga ham a’zo bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lsa, avval global savdo tashkilotiga (bunda YeOII a’zolari – Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya misol tariqasida ko‘rsatilgan), keyin esa mintaqaviy tashkilotga kirishi kerak.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori Nishonboy Sirojiddinov bir qancha omilga ko‘ra, Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish YeOIIga qo‘shilishdan ko‘ra foydaliroq ekanini aytib o‘tgandi:
YeOIIga a’zo bo‘lish, tashkilot tashqi savdo qoidalarini qabul qilishni anglatadi. Bu esa JSTga kirish uchun olib borayotgan muzokaralarni mantiqsiz qilib qo‘yadi va tashqi savdo siyosatni mustaqil belgilashdan voz kechilishiga olib keladi;
Yerga qo‘shilish O‘zbekistonga uchinchi mamlakatlar, xususan, Turkiya, Singapur va Janubiy Koreya bilan erkin savdo zonalarini yaratish imkonini cheklab qo‘yadi. Qoidasi bo‘yicha mamlakat erkin iqtisodiy hudud tashkil qilmoqchi bo‘lsa, boshqa umumiy boj to‘lovi o‘rnatiladigan integratsion tashkilotlarga kirmasligi kerak;
JSTga a’zo bo‘lish O‘zbekistonga boshqa ishtirokchilar bilan kelishilgan holda o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, tashqi savdo bojlarini belgilash imkonini beradi. Bu esa asosan import qilinuvchi mahsulotlarga past boj to‘lovlarini keyinchalik YeOIIga qo‘shilgan vaqtda ham Qozog‘iston singari saqlab qolish imkoniyatini beradi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, global savdo bloklariga eng kam integratsiyalashgan O‘zbekiston uchun JSTga kirish muhim qadam hisoblanadi. YeOIIga qo‘shilish masalasi esa bugungi kundagi global siyosiy beqaror vaziyat fonida foydadan ko‘ra, ko‘proq zarar keltirishi mumkin. Rossiya-Ukraina urushi cho‘ziladigan bo‘lsa, Rossiyaga reeksportning oldini olish maqsadida bojxona ittifoqiga kiruvchi boshqa davlatlarga ham sanksiyalar qo‘llanishi ehtimoli mavjud.

Yüklə 37,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin