Mavzu : Xalqaro Kapital bozori (moliyaviy bozor) va uning rivojlanish asoslari


III- bob. JST a'zo bòlishning Òzbekistonga salbiy va ijobiy tomonlari



Yüklə 37,23 Kb.
səhifə6/8
tarix26.04.2023
ölçüsü37,23 Kb.
#125859
1   2   3   4   5   6   7   8
Sultonov Asadbek.Glabol iqtisodiyot

III- bob. JST a'zo bòlishning Òzbekistonga salbiy va ijobiy tomonlari
III.1.JST a'zo bòlishning Òzbekistonga salbiy tomonlari
Shu oʻrinda mamlakatimiz uchun bu borada qanday muammolar yuzaga keladi, degan haqli savol tugʻiladi. Birinchidan, Oʻzbekistonning JSTga aʼzoligi bojxona soliqlarini 8 — 10 foizgacha qisqartirishga olib keladi. Bundan esa Davlat byudjeti zarar koʻradi. Biroq, oʻz navbatida, bojxona tariflarining keskin qisqarishi Oʻzbekiston bozorlarida mahsulotlarning arzonlashuviga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, iqtisodiyotni liberallashtirish, sanoatni xususiylashtirish, bozor erkinligiga davlat aralashuvini cheklash borasida tugallanmagan ishlar turibdi.
Uchinchidan, respublika ichkarisida zamon talabiga mos bozorbop mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xususan, paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oʻzbek fermerlari arzon va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Xitoy, Hindiston, BAA savdo shirkatlariga raqobat qila olmasligi xavfi tugʻiladi. Oqibatda qishloq xoʻjaligi daromadsiz sohaga aylanib qolishi, bu esa 49,5 foizi qishloqlarda yashaydigan aholi uchun yangi infratuzilmani yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Qishloqqa sanoat tarmoqlari kirib kelishi Gʻarb mamlakatlarida boʻlganidek, fuqaroning tafakkur dunyosi jiddiy oʻzgarishiga va ijtimoiy faolligiga olib keladi.
Intellektual mulk huquqi tizimi va bozorining shakllanmaganligi, ixtiro’larni amaliyotda qoʻllash, qaroqchi (pirat) mahsulotlar bozorining avj olganligini bartaraf etish yoʻnalishida ham muammolar toʻplangan.
Xususan, adabiy va badiiy asarlarni himoya qilishga doir Bern konvensiyasi (1971-yil 24-iyulda qabul qilingan Parij hujjati), “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunga zid ravishda respublikamizdagi va chet el mualliflarining yaratilgan asarlarini noqonuniy takrorlash — litsenziyasiz (qaroqchi) mahsulotdan foydalanish, kontrafakt mahsulotlarni CD, DVD, VCD, VHS, mp3 shaklidagi disklarga koʻchirib, qalbaki nusxasini bozorlarda bemalol sotib, daromad koʻrish holatlari mamlakatimiz miqyosida avj olgan. Savdoga oid intellektual mulk huquqlari haqidagi bitim (TRIPS), gʻoya va ixtiro’lar uchun adolatli raqobat muhitini yaratish, nohalol raqobat majburiyatlari boʻyicha ham qator vazifalar hamon yechilmagan.
Endi Oʻzbekiston tajribasida JST ga aʼzo boʻlish afzalliklari va ayrim kamchiliklarimiz xususida mulohaza yuritsak. Bugungi kunda ekspertlar guruhi (“Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 24-dekabrdagi hukumatning 1040-son qarori) tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mutasaddi boʻlgan maxsus komissiya sezilarli tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirganiga shubhamiz yoʻq. Shunday boʻlsa-da, bu borada matbuotda yetarli axborot berilmaganligi bois, tahlilimiz asosida quyidagi ishlarni amalga oshirish zarurligiga eʼtiboringizni qaratmoqchi edim.
Birinchidan, mamlakat fuqaro’lari ijtimoiy guruhlarida daromadlar darajasining jiddiy farqlanishi “boʻshliq”ni yuzaga keltiryapti. Xuddi shu “boʻshliq” boshqa sohalarda islohotlarni oʻtkazishga xalaqit bermoqda.Ayni chogʻda mamlakatimizdagi kambagʻallik darajasi 12 — 15 foiz atrofida ekanligi maʼlum qilindi. Bu 4-5 million aholi yetarli daromad manbaiga ega emasligi, ijtimoiy himoyaga muhtojligini bildiradi. Bizningcha, muammoning yagona yechimi shuki, “Yashash minimumi toʻgʻrisida”gi qonun va konsepsiyani tezroq qabul qilishimiz lozim. Yuqoridagi komissiya “isteʼmol savatchasi” va “yashash minimumi”ni belgilash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish va tahlil qilish ishlarini tugallashi maqsadga muvofiq. Hozirgi murakkab pandemiya sharoitiga qaramasdan, mazkur qonunga ehtiyoj kundan-kunga oshib boraveradi.
Ikkinchidan, ana shu muammoni tan olgan holda, JSTga aʼzolikni istab, yaqin yillarda erkinlashtirish va raqobatni jadallashtirish dasturlarini qoʻllagudek boʻlsak, jamiyatda ijtimoiy muammolar battar koʻpayadi. Jahon bankining hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekistonda 4 milliongacha boʻlgan fuqaro’larning ishlamasligi, qishloq joylarida ishsizlarni qoʻshgan holda, ularning soni taxminan 6 millionga yetishi, Rossiyada 3 million kishining mavsumiy asosda ishlashini hisobga olmaslik mumkin emas. Mamlakatning JSTga aʼzo boʻlishidan eng koʻp zararni qishloq aholisi koʻradi.Uchinchidan, 2010 — 2019-yillarda YAIM (yalpi ichki mahsulot)ning aholi jon boshiga dinamikasi bir tekis rivojlanmagani, 2017-yilda bu koʻrsatkich 1491 AQSH dollarini tashkil etgani, Oʻzbekistonning JSTgaaʼzo boʻlishi natijasida Xitoy tajribasida boʻlgani singari ishsizlar sonining koʻpayib ketishiga va subsidiyalar asosida moliyalashtiriladigan mashinasozlik, dehqonchilik tarmoqlari ahvolining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.Toʻrtinchidan, mamlakat yirik tarmoqlarining bu iqtisodiy jarayonga tayyor emasligi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki bozor narxlari tashqi bozor narxlaridan yuqori ekanligi bilan xarakterlanadi. Oddiy misol: 2020-yil iyul oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan “UzAuto Motors” AJda “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi boʻyicha deputat soʻrovi koʻrib chiqildi. Qoʻmitaning maxsus komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqladi. Unga koʻra, avtomobillar narxlari 3 million soʻmdan 19 million soʻmgacha asossiz .

Yüklə 37,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin