Mavzu : XI-XV asrlarda Turkiyaning siyosiy rivojlanishi va tashqi siyosati haqida. Reja


Usmoniylar davlatining ikkinchi hukmdori Sulton Murod I (1359-1389 yillarda boshqargan)



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə3/8
tarix05.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#138430
1   2   3   4   5   6   7   8
XI-XV asrlarda Turkiyaning siyosiy rivojlanishi va tashqi siyosati haqida

Usmoniylar davlatining ikkinchi hukmdori Sulton Murod I (1359-1389 yillarda boshqargan). U taxt talashib ukalari Ibrohim va Xalilni o‘ldirtirib yubordi. U hokimiyatni egallagach, e’tiborini davlatining sharqiy va janubiy chegaralariga qar atdi va bu viloyatlarni istilo etdi. Murod I 1361 yili Frakiyaning asosiy shahri Edirna (Adrianopol) ni bosib oldi u Brusu o‘rniga Turkiyaning yangi poytaxti bo‘lib qoldi. Murod sulton unvonini qabul qilib tarixga Murod I nomi bilan kirdi. U 1362 yilda bolgarlarning boy shahri bo‘lgan Fillipol (Plovdiv) ni egalladi.
  • Turk jangchilari Bolqon yarim orolida shafqatsizlik bilan ish ko‘rdilar, tinch aholini talab o‘ldirib, qul qilib Sharq bozorlarida sotib yubordilar.
  • Adrianopolning bosib olinishi bundan keyingi turk istilolariga yo‘l ochib berdi.
  • 1371 yili serblar, bolgarlar, valaxlar va vengerlar ittifoqi 60 ming kishilik qo‘shin bilan Murod I ga qarshilik ko‘rsatdilar, lekin Maritsa daryosi
  • bo‘yidagi jangda yengildilar, shundan so‘ng Janubiy Serbiya qiroli sulton qo‘l ostiga o‘tdi, Vizantiya imperatori uning vassali bo‘lib qoldi va o‘rta asrlarda yosh Turkiya davlati tashkil topdi.
  • 80-yillarda Murod I g‘arbga tomon yurishini davom ettirdi. 1385 yili Sofiyani, 1386 yili Nishni qo‘lga kiritdi. Kichik Osiyoda davlat hududi Garmiyon, Tekka va Hamid beyliklari hisobiga kengaydi. 1386 yili bir qancha beyliklar Qaramon beyi qo‘shini ostida birlashib usmoniylarga qarshi urush ochdi.
  • 1387 yili Murod I Bolqondagi harakatlarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi, bunga sabab, Qaramon beyligining ixtilofi bo‘ldi. Murod I Qaramon beyi A’loiddinga qarshi qo‘shin tayyorlab, Ko‘nya pasttekisligida uni tor-mor erdi.
  • Murod I Anatoliyada harbiy harakatlarni to‘xtatdi va qo‘lga kiritilgan hududlarni 5 ta sanjoq (usmoniy turklar imperiyasida asosiy ma’muriy-hududiy birlik, viloyatning tarkibiy qismi) qa bo‘lib, o‘zining sodiq amaldorlariga taqsimlab berdi. So‘ngra o‘z qo‘shinin olib Bolqonga jo‘nadi. Bolqon xalqlari uchun 1389 yil eng og‘ir yil bo‘ldi.
    • 0‘sha yili turklar bolgarlarga qarashli yerlami qo‘lga kiritishdi va shoh Shishman yashiringan Nikopolni qamal qilishdi. Bolgarlar shohi Shishman taslim bo‘lib o‘zini sultonning vassali deb tan oldi.
    • Shu vaqtda serb knyazi Lazar turklarning Serbiyaga hujum qilishidan xavotirlanib qo‘shin to‘pladi. Lazar bundan ikki yil oldi n bosniyaliklar yordamida Plochnika jangida g‘alabaga erishgani uchun bu safar ham g‘alabaga umid qilardi.
    • 1389 yil iyunda Murod I katta qo‘shin bilan Serbiya hududiga kirdi. Turklar mashaqqatli Ixtiman darasidan o‘tib, Morava daryosigacha yetib kelishdi, Bosniya, Serbiya va Albaniya chegarasidagi Kosovo tekisligiga o‘rnashishdi. Murod I qo‘shiniga qarshi bu yerda serb va bosniyaliklarning birlashgan qo‘shini, shuningdek, albanlar, gersogoviniyaliklar, polyaklar va vengerlarning guruhlari joylashgandi.
    • 1389 yil 15 iyunda Janubiy Serbiyadagi Kosovo maydonida katta jang bo‘ldi. Serbiya qiroli Lazar 80 ming kishilik qo‘shin to‘pladi. Sulton Murod I boshchiligidagi turklar Lazar kuchidan 3 marta ortiqroq kuch bilan Serbiyaga qarshi harakat qildilar. Erta tongda Murod I harbiy kiyimlarini kiyib jangga tayyorlanayotgan paytda uning qarorgohiga o‘zini Milosh Obilich deb tanishtirgan bir serb yigitini keltirishadi. U turklarga dushmanning holati haqida to‘liq ma’lumot berishini aytadi. Serbni sulton huzurig a olib kirishadi. Milosh sultonga yaqinlashgan zahoti kutilmaganda qo‘ynidan xanjarini olib sultonni sulton o‘ldiradi. Uni shu zahotiyoq yanicharlar chopib tashlaydi. Bu voqea jangga o‘z ta’sirini o‘tkazmadi, turklar to‘liq g‘alabaga erishdi. Lazar asirga olindi va qatl etildi.

    • Yüklə 1,77 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin