Mavzu : XI-XV asrlarda Turkiyaning siyosiy rivojlanishi va tashqi siyosati haqida. Reja


yilda Murod II vafot etgach, uning o‘rniga o‘g‘li Muhammad II Fotih (1451-1481yillarda boshqargan) bo‘ldi



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə7/8
tarix05.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#138430
1   2   3   4   5   6   7   8
XI-XV asrlarda Turkiyaning siyosiy rivojlanishi va tashqi siyosati haqida

1451 yilda Murod II vafot etgach, uning o‘rniga o‘g‘li Muhammad II Fotih (1451-1481yillarda boshqargan) bo‘ldi.
  • Konstantinopolda Rumelihisor qurilayotganidan xabar topgan Konstantin XI sultonga elchi yuborib Vizantiyaga qarashli bu hududda qal’a qurilishini to‘xtatishni so‘raydi. Biroq sulton elchilarni qabul qilishni xayoliga han keltirmadi. Qal’aning
    • Konstantinopolga xavf solmasligiga ishonch hosil qilish uchun imperator sultonga yana elchilar jo‘natdi. Sulton elchilami zi ndonga tashlatib, ularni o‘ldirtirib yubordi.
    • Imperator Konstantin XI Muhammad II bilan to‘qnashuvdan qochish niyatida yana bir bor harakat qildi. Vizantiyaliklar barcha shartlarga rozi bo‘lishini bildirdi, lekin sulton ulardan Konstantinopolni topshirishni so‘radi. Konstantinopol o‘rniga ularga Moreyani berishni taklif etdi. Imperator bunday sharmandalikdan ko‘ra jang maydonida o‘lish afzal ekanini bildirdi.
    • Vizantiya imperiyasining usmoniylar imperiyasi oldida kuchsizligi aniq edi. Ular tashqaridan yordam ololmadi. Rim papasi Nikolay V 1453 yil martida uchta genuyaliklar kemasida oziq-ovqat va qurol-yarog‘ yuborish bilan cheklandi.
    • Genuya hukumati Konstantinopolga yordam bermaslikka qaror qildi. Venetsiyaliklar kemalari Konstantinopol qamal qilinganiga ikki hafta bo‘lganda yetib keldi. Chet ellik yollanma jangchilar soni 7 ming kishi edi, flot esa 25 ta kemadan iborat bo‘lgan.
    • Bu vaqtda Muhammad II Konstantinopol tomon siljib borardi. 1453 yil martida turk askarlari Konstantinopolga yurish boshladi. 5 aprelda sultonni o‘zi Konstantinopol ostonalariga yetib keldi. Turk sultoninig qo‘shini soni 150 ming kishini, 80 ta harbiy kema va 300 ta yuk kemasidan iborat edi.
    • 18 aprelda sulton hujum qilishga buyruq berdi. Poytaxtning 400 ming aholisidan shahar himoyasida 5 ming kishi qatnashdi, xolos. Himoyada, shuningdek, 2 ming jangchidan iborat italiyalik harbiylar ham bor edi. Yevropa davlatlari esa Vizantiyada bo‘layotgan voqealarga loqaydlik bilan qarashdi.
    • Manbalarda e’tirof etilishicha, sulton Mehmet II Yevropada xristianlarni tugatmaguncha o‘z qilichini qiniga solmaslikka va’da bergan.
    • Og‘ir bo‘lib o‘tgan janglardan so‘ng 1453 yil 29 mayda Konstantinopol quladi.
    • Imperator Konstantin o‘ldirilib, shahar himoyachilari qirib tashlandi. Vizantiya poytaxti talandi. Zabt etilgan shahami Muhammad II Usmoniylar davlatining poytaxtiga aylantirish maqsadida sulton shahar binolariga ziyon- zahmat yetkazilmasin deb buyruq berdi. Yustinian zamonidagi mashhur yodgorlik ayo Sofiya sobori saqlanib qolinib, u sultonning asosiy masjidiga aylantirildi.
    • Konstantinopolning olinishi turklarga Markaziy Yevropaga qilinadigan yurishlar uchun zamin yaratdi. Muhammad II ning dastlabki zarbasi Serbiyaga yo‘naltirildi va 1454-1455 yillarda Serbiya egallandi. Konstantinopol qulaganidan so‘ng yevropaliklar nazarida yengilmasdek tuyulgan turklar 1456 yili Yanosh Xunyadidan mag‘lub bo‘lishdi. Yanosh Xunyadi boshchiligidagi serb, venger, chex va nemis qo‘shini 27 iyul kuni Belgrad ostonalaridagi jangda Muhammad II qo‘shiniga qaqshatqich zarba berdi. Ko‘plab jangchilarini yo‘qotgan turklar Sofiyaga chekinishdi. Belgrad ostonasidagi omadsizlik venger yerlariga hujumlarni orq aga surdi. 1456 yili Egey dengizidagi Tamoz, Imroz, Semendra va Lemnos orollari egallandi. Turklarga Dunay knyazliklari taslim bo‘lishdi; Moldova 1456 yilda qaram bo‘ldi, Valaxiya esa 1476 yil bo‘ysundi.
    • 1459 yili turklar Serbiyaning barcha hududlarini qo‘lga kiririshdi va u Usmoniylar davlatining viloyatiga aylantirilib, 200 mingga yaqin serblar qul qilindi.
    • 1461 yili turklar Kichik Osiyoning shimolidagi muhim savdo nuqtasi hisoblangan greklarning
      Yüklə 1,77 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin