Mavzu: 1-4- sinf ona tili darslari o`qituvchi kitobini tahlil qilish
Reja:
1.
Boshlang‘ich
sinflar DTS
, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning
yoritilishi
2.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil o‘qishga tayyorlash
3.
Mustaqil mutolaa bosqichilari
4.
Adabiyotlar
1
-
-
Boshlang‘ich
sinflar DTS
, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning
yoritilishi.
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda
ijtimoiy rivojlanishning o`ziga xos yo`liga ega bo`ldi.Mustaqillik omili ta`lim sohasini ham tubdan
yangilash zaruratini vujudga keltirdi.
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi talablari” asosida ta`limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari hamda
prinsiplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi. Natijada 1999 yilda umumiy o`rta
ta`limning davlat standartlari tasdiqlandi. Davlat ta`lim statdartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus,
kasb- hunar va oliy ta`lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilab berdi.
13
Davlat ta`lim statdarti amaliyotga joriy qilinib, bir qator tajribalar to`plandi. 2005 yilda
to`plangan tajribalar asosida Davlat ta`lim statdarti takomillashtirildi.
14
Boshlang`ich ta`lim bosqichida o`quvchilarning ona tili ta`lim sohasi bo`yicha tayyorgarlik
darajasiga qo`yiladigan minimal talablar quyidagi uch parametrli standart o`lchovi orqali aks
ettirildi. O`qish texnikasi, o`zgalar fikri va matn mazmunini anglash hamda fikrini yozma shaklda
bayon etish malakasi.
Boshlang`ich ta`lim Davlat standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari
iborasi aynan qo`llanilgan bo`lsada, ko`rsatigan uch parametrli statdart talabini bajarish
o`quvchilarda ma`lum darajada mustaqil o`qish ko`nikmalini talab qiladi.
Davlat ta`lim standarti asosida o`quv dasturlari va darsliklar yaratiladi.
Boshlang`ich sinflar ona tili dasturi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi.
1.Savod o`rgatish, sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish.
2.Sinfda va sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish.
3.Fotenika, grammatika, imlo va nutq o`stirish.
Bu bo`lim materiallarini birlashtiruvchi asosiy tamoyil nutq o`stirish hisoblanadi. Nutq
o`stirish boshlang`ich sinf ona tili ta`limiga aniq amaliy yo`nalish beradi va bolalarga ongli o`qish,
o`qiganlarini ravon gapirish va yozishga o`rgatadi. Ona tili va adabiyotdan bolalarning yosh
xususiyatlari va saviyalarini hisobga olgan holda boshlang`ich bilim berishni, shu asosda nutqni
boyitish, boshqalar nutqini e`tibor bilan eshita olish hamda kitob o`qishga qiziqish uyg`otishga
yo`naltirishi zarur.
Ona tili o`quv dasturining ikki bo`limida sinfdan tashqari o`qish atamasi
qo`llangan.Nafaqat 1-4 sinflarda, balki yuqori sinflarda ham sinfdan tashqari o`qish atamasi
qo`llangan. Demak, 1-4 sinflarda sinfda o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslari uyushtiriladi.
Sinfda o`qish darslarida barcha o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida ayni bir asarni
o`rganadilar: asar mazmuni, qurilishi, badiiy til vositalari ustida ish olib boradilar
Sinfdan tashqari o`qish darslarda esa o`quvchilar bir mavzuga oid bir necha asarni o`qib
o`rganadilar. Sinfdan tashqari o`qishning maqsadi o`qish
malakalarinitakomillashtirish
, kitob
tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qigan kitobini to`g`ri baholay oladigan ongli
kitobxonni tarbiyalashdir.
15
Albatta, sinfda o`qish darslarida ham mustaqil o`qish ishlari uyushtiriladi, o`quvchilarda
ma`lum ko`nikmalar hosil qilinadi.Biroq sinfdan tashqari o`qish atamasining ma`nosi ancha keng
bo`lib, o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari ayni shu darslarda shakllantirib boriladi.
Amaldagi sinfdan tashqari o`qish dasturining mazmuniga ko`ra ta`limning har bir
bosqichida ikki asosiy bo`lim ajratiladi:
•
Birinchi bosqichda o`qish doirasi, ya`ni o`qitiladigan kitoblar va ularning qaysi
tartibda o`qish bilan tanishtirish yuzasidan o`quvchilarga ko`rsatma beriladi.
•
Ikkinchi bosqichda shu o`quv materiallari asosida bilim, ko`nikma va malakalar
shakllantiriladi.
1-sinfda sinfdan tashqari o`qish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1) tayyorgarlik bosqichi;
2) boshlang`ich bosqich;
Tayyorgarlik davrida sinfdan tashqari o`qish uchun maxsus soat ajratiladi. Haftada 1 marta
savod o`rgatish darsidan 15-20 daqiqa ajratiladi. Ikkinchi bosqichda sinfdan tashqari o`qish
darslari hajmi ko`rsatilmagan. O`qish materiali, mavzular vazifalari yuzasidan ko`rsatmalar
berilgan..
2-sinflarda sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan. O`qish materiali, o`qish
mavzulari, hosil qilinadigan bilim, ko`nikma va malakalar ko`rsatilgan.
3-sinfda ham sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan. O`qish doirasi, o`quv
materiali, o`qish mavzulari aniq ko`rsatilgan.
4-sinfda ham sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan.Bu sinf dasturida sinfdan
tashqari o`qish darslarini tashkil qilish yuzasidan qisqacha umumiy tavsiya beriladi. Ammo o`quv
materiali, o`qish mavzulari ko`rsatilmaydi.
Boshlang`ich ta'limda sinfda o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslari uyg`un holda tashkil
etiladi. Sinfda o`qish darslari amalga oshiradigan quyidagi vazifalar sinfdan tashqari o`qish uchun
ham taalluqlidir. Ular:
1. O`quvchilarda yaxshi o`qish sifatlari: to`g`ri, tеz, ongli, ifodali o`qish malakalarini
shakllantirish.
2. O`quvchilarni
kitobdanfoydalanishga
, undan kеrakli bilimlarni olishga o`rgatish,
kitobga muhabbat uyg`otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor
kitobxon darajasiga ko`tarish.
3. O`quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kеngaytirish va boyitish hamda ilmiy
dunyoqarashlarini shakllantirish.
4. O`quvchilarni axloqiy, estеtik jihatdan yеtuk va mеhnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
5. O`quvchilarning bog`lanishli nutqini va adabiy-estеtik tafakkurini o`stirish.
6. O`quvchilarning xayolot olamini boyitish.
7. Elеmеntar adabiy tasavvurlarni shakllantirish.
Sinfdan tashqari o`qish darslari esa yuqoridagi qo`shimcha sifatida yana quyidagi
vazifalarni ham amalga oshiradi:
1. Kichik yoshdagi o`quvchilarni o`qish malakasini takomllashtiradi.
2. Kitobni mustaqil o`qiy oladigan, uni tushunadigan kitobxonni tarbiyalaydi.
3. Ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazеta va jurnallarni ham mustaqil
o`qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi.
4. Sinfdan tashqari o`qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi.
5. Mustaqil kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qilgan kitobni to`g`ri
baqolay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalaydi.
Mustаqillik tufаyli tа`lim tizimidаgi аmаlgаоshirilаyotgаn islоhоtlаr, tа`lim mаzmunidаgi
o`zgаrishlаr bеvоsitа sinfdаn tashqai o`qish dаrslаrini tаshkil etishni tаkоmillаshtirishgа turtki
bo`ldi. Bоshlаng`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish dаrslаrini tаshkil etish usullаrigа yangichа
yondаshishni tаlаb etdi. Bu bоshlаng`ich sinf o`quv dаsturlаri vа dаrsliklаri, o‘quv
qo‘llanmalarining yangi аvlоdini yarаtish zаruriyatini yazаgа kеltirdi. Аnа shu ehtiyoj bilаn 1-3-
sinflar uchun ”Kitоbim - oftobim”
16
qo‘llanmalarining qayta ishlangan nashri chop etildi.
”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasi yangi yaratilgan badiiy adabiyot namunalari bilan doimiy
ravishda boyib borilishi lozim. ”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasidа vа ulаrgа ishlаngаn mеtоdik
qo`llаnmаlаrdа o`quvchilаrning mustаqil o‘qishga va mustaqil fikrlаshgа, bаdiiy аsаr mаtni ustidа
izlаnishgа undаydigаn sаvоl-tоpshiriqlаr, ularni tashkil etish usullari ishlаb chiqilishi lоzim.
Sinfdan tashqari o‘qish uchun nashr qilingan metodik adabiyotlardа matn ustida ishlash talab
dаrаjаsidа dеb bo`lmаydi. ”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasidagi bаrchа sаvоllаrning tuzilishi vа
mаzmuni DTS tаlаblаrigа to`liq mоs kеlishidаn qаt`i nаzаr ulаrni mukаmmаllаshtirа bоrish
hаyotiy zаrurаtdir. Dаrsliklаrdа bеrilgаn sаvоl vа tоpshiriqlаr o`qituvchilаrning vа
o`quvchilаrning qo`shimchа sаvоllаr-tоpshiriqlаri аsоsidа to`ldirilib bоrilsа, tа`limning yanа hаm
mukаmmаlligigа erishilgаn bo`lаrdi.
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish
yuzasidan DTS, o`quv dasturi va “Kitobim-oftobim qo`llanmasi” tahlili natijalaridan quyidagilar
aniqlandi:
1.
Boshlang`ich sinflar Davlat ta`lim standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish
ko`nikmalari
xususida
alohida
ko`rsatkich
va
talablar
qo`yilmagan.
Bizningcha,
buxususdao`ylabko`rishlozim.
2.
Amaldagio`quvdasturigamuvofiqo`quvchilarningmustaqilo`qishko`nikmalarinixos
ilqilishuchun 1-sinfda harhaftada 15-20 daqiqa, 2-3-4- sinflardaesa 17 soatdanjami 51
soatajratiladi. Demak, o`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish uchun alohida
ahamiyat berilgan.
3.
Dasturda har bir sinfda “Sinfdan tashqari o`qish” bo`limi ajratilgan. Mana shu
bo`limda berilgan metodik ko`rsatmalarda
birxillik
, aniqlik, uzviylikka rioya qilinmagan.
4.
Boshlang`ich sinflar dasturida o`qish uchun adabiyotlar ro`yxati ko`rsatilmagan. Bu
esa sinfdan tashqari o`qish darslarini samarali tashkil qilinishiga o`zining salbiy ta`sirini
ko`rsatmoqda.
1. Sinfdan tashqari o`qishning jahon ta`limidagi ilg`or usullar asosida yaratilgan tizimi
o`quvchilarni o`qishga qiziqtirish, ularning fikrlash qobiliyatini o`stirish, kitob bilan ishlash
usullarini o`rgatish, og`zaki nutqini o`stirish, muntazam ravishda kitob o`qib borishga rag`bat
uyg`otish – ma`naviy madaniyatini yuksaltira borish kelajak avlodni o`qitish va tarbiyalash
jarayonidagi asosiy masalalardan hisoblanadi.
2. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari STO` darslarida
shakllantirib boriladi. Amaldagi dasturda STO` darslariga 1-4- sinflarda jami 50 soatdan ortiq vaqt
ajratiladi. Biroq dasturda shu ko`rsatilgan soatlarda o`rganiladigan asarlar ro`yxati berilmagan.
3. 1-4- sinflar ona tili o`quv dasturidagi ”Sinfdan tashqari o`qish” bo`limi qayta ko`rib
chiqilishi, unga aniqlik kiritilishi lozim.
4. Boshlang`ich sinflarda Davlat ta`lim standartiga o`quvchilarning mustaqil o`qish
ko`nikma va malakalarini belgilovchi ko`rsatkich va talablar kiritilishi maqsadga muvofiq bo`lar
edi.
Dostları ilə paylaş: |