xotirlaydi. «Mening
adabiyotga kirib kelishim, – deb yozadi shoir, – avvalo,
muallimlarimning,
qolaversa
, Abdullajon Haitovday fidoiy, adabiyotga juda mehr qo`ygan
odamlarning ta`siri tufayli bo`lgan, desam adashmayman.
Oltinchi sinfda o`qib yurgan kezlarim «Qizil O`zbekiston» (hozirgi «O`zbekiston ovozi»)
gazetasida mashhur olim Hodi Zarifning bir xati chiqdi. Xatda
gazetxonlarga xalq ichidagi
dostonlarni yozib olishga yordam so`rab murojaat etilgandi. Maktabimiz direktori gazetani olib
kelib, qishloqdagi to`ylarda doston aytib yuradigan Olim qarg`a degan kishini topib, dostonini
yozib jo`natgin, dedilar menga. Men bu haqda Hodi Zarifga xat yozdim. Hodi akadan: Uka,
dostonning hech qayeriga qo`shmasdan, og`zidan qanday
chiqsa shundayligicha yozib
jo`natishingizni iltimos qilaman, degan javob keldi.
Bu «Yozi bilan Zebo» dostoni edi. Xullas, men Olim qarg`ani izladim, u kishi qo`shni
qishloqda paxsa urayotgan ekan. Olim akani ish ustida topdim, tanishdim, maqsadimni aytdim.
«Bo`ldi, menga bir hafta qog`oz qoralasam, senga doston aytib o`tirsam, tirikchiligim qolib ketadi.
Kechqurunlari yozamiz», dedi. Kelishdik. Bir hafta deganda dostonni qoralab oldim va Hodi Zarif
domlaga jo`natdim... Mana shu o`quvchilik yillaridagi qiziqishlarim
meni katta adabiyotga
yetaklagan bo`lsa, ajabmas».
Ko`rinadiki, ko`pchilik ijodkorlar mustaqil o`qish va izlanish natijasida buyuk kishilarga
aylangan. Bu borada mustaqil o`qishga o`rgatuvchi sinfdan tashqari o`qish darslari bolalarni kichik
yoshdan boshlab kitob o`qishga tayyorlaydi.
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish o`zining lingvodidaktik, pedagogik-
psixologik xususiyatlariga ko`ra bosqichlarga bo`lib o`rganishni taqozo etadi.
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishni guruhlash masalasi o`zbek
olimlari
K.Qosimovaning “Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi” kabi darsliklari va B.
Ma`qulovaning “Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishning mazmuni va uni tashkil etish”
nomli nomzodlik dissertatsiyasida o`z tatqiqot ob`yektlari nuqtai- nazardan yoritilgan.
B.Ma`qulova boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish jarayonini shartli ravishda
quyidagi bosqichlarga bo`lgan:
1. Tayyorlov bosqichi (Bu bosqichga 1-sinf davrini kiritadi).
2. Ilk mutoala bosqichi (Bu bosqichga 2-3-sinf davrini kiritadi).
3. Mustaqil mutoala bosqichi (Bu bosqichga 4-sinf davrini kiritadi).
Biz ham sinfdan tashqari o`qish jarayonini shartli ravishda 3 davrga bo`ldik va unga
quyidagicha
yondashdek:
Dostları ilə paylaş: