Mavzu: 1-4- sinf ona tili darslari o`qituvchi kitobini tahlil qilish Reja



Yüklə 157,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix10.12.2023
ölçüsü157,84 Kb.
#139048
  1   2   3   4
1 4 sinf ona tili darslari o`qituvchi kitobini tahlil qilish



Mavzu: 1-4- sinf ona tili darslari o`qituvchi kitobini tahlil qilish 
 
Reja: 
1.
Boshlang‘ich 
sinflar DTS
, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning 
yoritilishi
2.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil o‘qishga tayyorlash 
3.
Mustaqil mutolaa bosqichilari
4.
Adabiyotlar 
 
 
1
-
-


Boshlang‘ich 
sinflar DTS
, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning 
yoritilishi.
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda 
ijtimoiy rivojlanishning o`ziga xos yo`liga ega bo`ldi.Mustaqillik omili ta`lim sohasini ham tubdan 
yangilash zaruratini vujudga keltirdi. 
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi talablari” asosida ta`limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari hamda 
prinsiplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi. Natijada 1999 yilda umumiy o`rta 
ta`limning davlat standartlari tasdiqlandi. Davlat ta`lim statdartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, 
kasb- hunar va oliy ta`lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilab berdi.
13
Davlat ta`lim statdarti amaliyotga joriy qilinib, bir qator tajribalar to`plandi. 2005 yilda 
to`plangan tajribalar asosida Davlat ta`lim statdarti takomillashtirildi.
14
Boshlang`ich ta`lim bosqichida o`quvchilarning ona tili ta`lim sohasi bo`yicha tayyorgarlik 
darajasiga qo`yiladigan minimal talablar quyidagi uch parametrli standart o`lchovi orqali aks 
ettirildi. O`qish texnikasi, o`zgalar fikri va matn mazmunini anglash hamda fikrini yozma shaklda 
bayon etish malakasi. 
Boshlang`ich ta`lim Davlat standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari 
iborasi aynan qo`llanilgan bo`lsada, ko`rsatigan uch parametrli statdart talabini bajarish 
o`quvchilarda ma`lum darajada mustaqil o`qish ko`nikmalini talab qiladi. 
Davlat ta`lim standarti asosida o`quv dasturlari va darsliklar yaratiladi. 
Boshlang`ich sinflar ona tili dasturi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi. 
1.Savod o`rgatish, sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish. 
2.Sinfda va sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish. 
3.Fotenika, grammatika, imlo va nutq o`stirish. 
Bu bo`lim materiallarini birlashtiruvchi asosiy tamoyil nutq o`stirish hisoblanadi. Nutq 
o`stirish boshlang`ich sinf ona tili ta`limiga aniq amaliy yo`nalish beradi va bolalarga ongli o`qish, 
o`qiganlarini ravon gapirish va yozishga o`rgatadi. Ona tili va adabiyotdan bolalarning yosh 
xususiyatlari va saviyalarini hisobga olgan holda boshlang`ich bilim berishni, shu asosda nutqni 
boyitish, boshqalar nutqini e`tibor bilan eshita olish hamda kitob o`qishga qiziqish uyg`otishga 
yo`naltirishi zarur. 
Ona tili o`quv dasturining ikki bo`limida sinfdan tashqari o`qish atamasi 
qo`llangan.Nafaqat 1-4 sinflarda, balki yuqori sinflarda ham sinfdan tashqari o`qish atamasi 
qo`llangan. Demak, 1-4 sinflarda sinfda o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslari uyushtiriladi. 
Sinfda o`qish darslarida barcha o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida ayni bir asarni 
o`rganadilar: asar mazmuni, qurilishi, badiiy til vositalari ustida ish olib boradilar 


Sinfdan tashqari o`qish darslarda esa o`quvchilar bir mavzuga oid bir necha asarni o`qib 
o`rganadilar. Sinfdan tashqari o`qishning maqsadi o`qish 
malakalarinitakomillashtirish
, kitob 
tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qigan kitobini to`g`ri baholay oladigan ongli 
kitobxonni tarbiyalashdir.
15
Albatta, sinfda o`qish darslarida ham mustaqil o`qish ishlari uyushtiriladi, o`quvchilarda 
ma`lum ko`nikmalar hosil qilinadi.Biroq sinfdan tashqari o`qish atamasining ma`nosi ancha keng 
bo`lib, o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari ayni shu darslarda shakllantirib boriladi. 
Amaldagi sinfdan tashqari o`qish dasturining mazmuniga ko`ra ta`limning har bir 
bosqichida ikki asosiy bo`lim ajratiladi: 

Birinchi bosqichda o`qish doirasi, ya`ni o`qitiladigan kitoblar va ularning qaysi 
tartibda o`qish bilan tanishtirish yuzasidan o`quvchilarga ko`rsatma beriladi. 

Ikkinchi bosqichda shu o`quv materiallari asosida bilim, ko`nikma va malakalar 
shakllantiriladi. 
1-sinfda sinfdan tashqari o`qish ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
1) tayyorgarlik bosqichi; 
2) boshlang`ich bosqich; 
Tayyorgarlik davrida sinfdan tashqari o`qish uchun maxsus soat ajratiladi. Haftada 1 marta 
savod o`rgatish darsidan 15-20 daqiqa ajratiladi. Ikkinchi bosqichda sinfdan tashqari o`qish 
darslari hajmi ko`rsatilmagan. O`qish materiali, mavzular vazifalari yuzasidan ko`rsatmalar 
berilgan.. 
2-sinflarda sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan. O`qish materiali, o`qish 
mavzulari, hosil qilinadigan bilim, ko`nikma va malakalar ko`rsatilgan. 
3-sinfda ham sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan. O`qish doirasi, o`quv 
materiali, o`qish mavzulari aniq ko`rsatilgan. 
4-sinfda ham sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan.Bu sinf dasturida sinfdan 
tashqari o`qish darslarini tashkil qilish yuzasidan qisqacha umumiy tavsiya beriladi. Ammo o`quv 
materiali, o`qish mavzulari ko`rsatilmaydi. 
Boshlang`ich ta'limda sinfda o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslari uyg`un holda tashkil 
etiladi. Sinfda o`qish darslari amalga oshiradigan quyidagi vazifalar sinfdan tashqari o`qish uchun 
ham taalluqlidir. Ular: 
1. O`quvchilarda yaxshi o`qish sifatlari: to`g`ri, tеz, ongli, ifodali o`qish malakalarini 
shakllantirish. 
2. O`quvchilarni 
kitobdanfoydalanishga
, undan kеrakli bilimlarni olishga o`rgatish, 
kitobga muhabbat uyg`otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor 
kitobxon darajasiga ko`tarish. 


3. O`quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kеngaytirish va boyitish hamda ilmiy 
dunyoqarashlarini shakllantirish. 
4. O`quvchilarni axloqiy, estеtik jihatdan yеtuk va mеhnatga muhabbat ruhida tarbiyalash. 
5. O`quvchilarning bog`lanishli nutqini va adabiy-estеtik tafakkurini o`stirish. 
6. O`quvchilarning xayolot olamini boyitish. 
7. Elеmеntar adabiy tasavvurlarni shakllantirish. 
Sinfdan tashqari o`qish darslari esa yuqoridagi qo`shimcha sifatida yana quyidagi 
vazifalarni ham amalga oshiradi: 
1. Kichik yoshdagi o`quvchilarni o`qish malakasini takomllashtiradi. 
2. Kitobni mustaqil o`qiy oladigan, uni tushunadigan kitobxonni tarbiyalaydi. 
3. Ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazеta va jurnallarni ham mustaqil 
o`qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. 
4. Sinfdan tashqari o`qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi. 
5. Mustaqil kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qilgan kitobni to`g`ri 
baqolay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalaydi. 
Mustаqillik tufаyli tа`lim tizimidаgi аmаlgаоshirilаyotgаn islоhоtlаr, tа`lim mаzmunidаgi 
o`zgаrishlаr bеvоsitа sinfdаn tashqai o`qish dаrslаrini tаshkil etishni tаkоmillаshtirishgа turtki 
bo`ldi. Bоshlаng`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish dаrslаrini tаshkil etish usullаrigа yangichа 
yondаshishni tаlаb etdi. Bu bоshlаng`ich sinf o`quv dаsturlаri vа dаrsliklаri, o‘quv 
qo‘llanmalarining yangi аvlоdini yarаtish zаruriyatini yazаgа kеltirdi. Аnа shu ehtiyoj bilаn 1-3- 
sinflar uchun ”Kitоbim - oftobim”
16
qo‘llanmalarining qayta ishlangan nashri chop etildi. 
”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasi yangi yaratilgan badiiy adabiyot namunalari bilan doimiy 
ravishda boyib borilishi lozim. ”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasidа vа ulаrgа ishlаngаn mеtоdik 
qo`llаnmаlаrdа o`quvchilаrning mustаqil o‘qishga va mustaqil fikrlаshgа, bаdiiy аsаr mаtni ustidа 
izlаnishgа undаydigаn sаvоl-tоpshiriqlаr, ularni tashkil etish usullari ishlаb chiqilishi lоzim. 
Sinfdan tashqari o‘qish uchun nashr qilingan metodik adabiyotlardа matn ustida ishlash talab 
dаrаjаsidа dеb bo`lmаydi. ”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasidagi bаrchа sаvоllаrning tuzilishi vа 
mаzmuni DTS tаlаblаrigа to`liq mоs kеlishidаn qаt`i nаzаr ulаrni mukаmmаllаshtirа bоrish 
hаyotiy zаrurаtdir. Dаrsliklаrdа bеrilgаn sаvоl vа tоpshiriqlаr o`qituvchilаrning vа 
o`quvchilаrning qo`shimchа sаvоllаr-tоpshiriqlаri аsоsidа to`ldirilib bоrilsа, tа`limning yanа hаm 
mukаmmаlligigа erishilgаn bo`lаrdi. 
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish 
yuzasidan DTS, o`quv dasturi va “Kitobim-oftobim qo`llanmasi” tahlili natijalaridan quyidagilar 
aniqlandi: 


1.
Boshlang`ich sinflar Davlat ta`lim standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish 
ko`nikmalari 
xususida 
alohida 
ko`rsatkich 
va 
talablar 
qo`yilmagan. 
Bizningcha, 
buxususdao`ylabko`rishlozim. 
2.
Amaldagio`quvdasturigamuvofiqo`quvchilarningmustaqilo`qishko`nikmalarinixos
ilqilishuchun 1-sinfda harhaftada 15-20 daqiqa, 2-3-4- sinflardaesa 17 soatdanjami 51 
soatajratiladi. Demak, o`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish uchun alohida 
ahamiyat berilgan. 
3.
Dasturda har bir sinfda “Sinfdan tashqari o`qish” bo`limi ajratilgan. Mana shu 
bo`limda berilgan metodik ko`rsatmalarda 
birxillik
, aniqlik, uzviylikka rioya qilinmagan. 
4.
Boshlang`ich sinflar dasturida o`qish uchun adabiyotlar ro`yxati ko`rsatilmagan. Bu 
esa sinfdan tashqari o`qish darslarini samarali tashkil qilinishiga o`zining salbiy ta`sirini 
ko`rsatmoqda. 
1. Sinfdan tashqari o`qishning jahon ta`limidagi ilg`or usullar asosida yaratilgan tizimi 
o`quvchilarni o`qishga qiziqtirish, ularning fikrlash qobiliyatini o`stirish, kitob bilan ishlash 
usullarini o`rgatish, og`zaki nutqini o`stirish, muntazam ravishda kitob o`qib borishga rag`bat 
uyg`otish – ma`naviy madaniyatini yuksaltira borish kelajak avlodni o`qitish va tarbiyalash 
jarayonidagi asosiy masalalardan hisoblanadi. 
2. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari STO` darslarida 
shakllantirib boriladi. Amaldagi dasturda STO` darslariga 1-4- sinflarda jami 50 soatdan ortiq vaqt 
ajratiladi. Biroq dasturda shu ko`rsatilgan soatlarda o`rganiladigan asarlar ro`yxati berilmagan. 
3. 1-4- sinflar ona tili o`quv dasturidagi ”Sinfdan tashqari o`qish” bo`limi qayta ko`rib 
chiqilishi, unga aniqlik kiritilishi lozim. 
4. Boshlang`ich sinflarda Davlat ta`lim standartiga o`quvchilarning mustaqil o`qish 
ko`nikma va malakalarini belgilovchi ko`rsatkich va talablar kiritilishi maqsadga muvofiq bo`lar 
edi. 

Yüklə 157,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin