Mavzu: 1000konsentrida arfmetik amallarni o’rgatish metodikasi. Mundarija Kirish


ichidagi sonlarni hosil bo‘lishi va o‘qilishi



Yüklə 414,5 Kb.
səhifə3/11
tarix07.06.2023
ölçüsü414,5 Kb.
#127885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ming ichida qo\'shish

1000 ichidagi sonlarni hosil bo‘lishi va o‘qilishi
Sonlarni 1000 ichida nomerlash va bu sonlar usgida arifmetik amallar bajarish quyidagi sabablarga ko‘ra alohida ajratiladi. Birinchidan, bu yerda sinf tushunchasi shakllantira boshlanadi (birlar, o‘nlar, yuzlar I sinfni—birlar sinfini tashkil etadi). Keyingi sinflar (IV sinf — minglar sinfi, VII sinf — millionlar sinfi va hokazo) birinchiga o‘xshash tuziladi, faqat ularda o‘nlar va yuzliklarga boshqa birliklar guruhlanadi. Ko‘p xonali sonlarni nomerlashni o‘zlashtirish haqiqiy asos bo‘lishi uchun bolalar uch xonali sonlarni og‘zaki va yozma nomerlashni mustahkam va ongli ravishda o‘zlashtirib olishlari kerak.
Ikkinchidan, «Ming» bo‘limida hisoblashlarning og‘zaki usullarini o‘rganish asosan tugallanadi. Avvalgi o‘qitish bosqichlari kabi hisoblash usullari arifmetik amallar nazariyasiga tayangan holda ochib beriladi (xossalar, usullar va teskari amallarning o‘zaro bog‘lanishi). Nazariy bilimlar o‘quvchilarga faqat hozir uch xonali sonlar uchun qo‘llaniladigan, avval o‘rganilgan qisoblash usullarini izohlabgina qolmay, balki yangi hisoblash usullarini «ochishga» imkon beradi. Shunday qilib, 1000 ichida arifmetik amallarni o‘rganish og‘zaki hisoblash ko‘nikmalarini egallash uchun, shuningdek, arifmetik amallar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish uchun zarurdir.
Uchinchidan, mazkur bo‘limda hisoblashlarning yozma usullari ustida ish boshlanadi. O‘quvchilar qo‘shish va ayirishning yozma usullari bilan tanishtiriladi, chunki sonlarning bu sohasida muhim hollarni qarab chiqish va bu amallarning yozma algoritmlarini to‘liq ochish mumkin, shuningdek, yozma usullarning og‘zaki usullardan qo‘shish va ayirishning murakkab hollariga nisbatan qo‘llanilgandagi afzalligani ko‘rsatish mumkin. Tajribaning ko‘rsatishicha, ko‘paytirish va bo‘lishning yozma usullari bilan tanishishni «Ko‘p xonali sonlar» bo‘limini o‘rganguncha qoldirgan yaxshi. 1000 ichida yozma usullarni mmmqo‘llanishning maqsadga muvofiqligani va ularning og‘zaki usullardan afzalliklarini har doim ham ko‘rsatishning iloji bo‘lavermaydi. Hisoblashlarning yozma usullarini o‘rganishning bir joyga to‘planganligi (yozma ko‘paytirish va bo‘lish — «Ming» bo‘limida, yozma ko‘paytirish va bo‘lish — «Ko‘p xonali sonlar bo‘limida) yozma xisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi. [25]
1. 1) Alohida turgan cho‘plarni 1 dan 10 gacha sana. 10 ta cho‘p 1 ta o‘ntalik cho‘p bo‘ladi.
2) O‘ntalik cho‘plarni sana. 10 ta o‘ntalik cho‘p 1 ta yuztalik cho‘p bo‘ladi.
3) Yuztaliklarni ham shunday sanash:
1 ta yuztalik - yuz6 ta yuztalik- olti yuz
2 ta yuztalik – ikki yuz7 ta yuztalik – etti yuz
3 ta yuztalik – uch yuz8 ta yuztalik – sakkiz yuz
4 ta yuztalik – to‘rt yuz9 ta yuztalik – to‘qqiz yuz
5 ta yuztalik – bez yuz10 ta yuztalik - ming
2. 1) Yetmishdan yuzgacha 10 tadan qo‘shib sanash.
2) Yuzdan oltmishgacha 10 tadan kamaytirib sanash.
3) Sakkiz yuzdan minggacha 100 tadan qo‘shib sanash.
4) Mingdan besh yuzgacha 10 tadan kamaytirib sanash.
3. 5 m 2 dm * 2 m 5 dm 6 m 7 dm * 7 m 1 dm
3 m 2 dm * 8 dm 8 m 2 dm * 6 m 9 dm
4. O‘quvchilarning ikki guruhi 42 tup olmaning hosilini yig‘ib olishi kerak edi. Birinchi guruh butun ishning 1/4 qismini bajardi. Ikkinchi guruh necha tup olma hosilini yig‘ib olishi kerak?
5. Baliqchi 12 ta laqqa baliq va undan 6 ta ortiq zog‘ora baliq tutdi. U tutgan balig‘ining 1/3 bo‘lagini o‘rtog‘iga berdi. Baliqchi o‘rtog‘iga nechta baliq bergan? 6. Mehnat darsi uchun har biri 20 so‘mdan 26 varaq yashil qog‘oz va bir quti plastilin olindi. Olingan hamma narsa uchun 1000 so‘m to‘landi. Bir quti plastilin necha pul turadi?
7.
72 : 2451 : 1727 * 3 – 3980 : 5 + 28
91 : 1380 : 164 * 16 - 5832 : 2 + 16
78 : 654 : 932 : 2 + 3960 : 3 + 80
42 : 368 : 418 * 4 + 1875 : 5 + 18


Yüklə 414,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin