Mavzu: 1000konsentrida arfmetik amallarni o’rgatish metodikasi. Mundarija Kirish


II.BOB Ming ichida qo‘shish va ayirishning metodik tavsifi



Yüklə 414,5 Kb.
səhifə6/11
tarix07.06.2023
ölçüsü414,5 Kb.
#127885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ming ichida qo\'shish

II.BOB Ming ichida qo‘shish va ayirishning metodik tavsifi.
2.1. Ming ichida qo‘shishning metodik asoslari.
1000 ichida sonlarni nomerlashni o‘rganishga tayyorgarlik ishini «Ming» bo‘limiga o‘tmasdan ancha oldin boshlash maqsadga muvofiqdir. Uch xonali sonlarni nomerlashni o‘zlashtirish ikki xonali sonlarning hosil bo‘lishi prinsiplarini va ikki xonali sonlarni yozishni tushunishga asoslanadi, shuning uchun birinchi yuzlik sonlarini nomerlashni oldindan takrorlash kerak, bunda og‘zaki mashqlarga quyidagicha mazmundagi 1—2 tadan topshiriq kiritish lozim:

  1. Xona birliklarini taqqoslash: o‘nlikda nechta bir bor? Yuzlikda nechta o‘n bor? O‘n soni birdan necha marta katta? Yuz soni o‘ndan necha marta katta? va hokazo.

  2. Ikki xonali sonlarning o‘nli tarkibi: 4 o‘nl. va 6 birl.; 8 o‘nl. 35 birlikdan iborat sOn ayting va hokazo.

  3. 1—100 sonlarining natural ketma-ketligi: 10 (20, 30 va hokazo) sonidan boshlab 1 tadan (3 tadan, tadan, 7 ta-dan, 10 tadan) qo‘shing; sonlar qatorini davom ettiring: 47, 48, 49...; sonlar qatorida 9(99) sonining qo‘shnilarini ayting, bu sonlar qanday hosil bo‘ladi?

  4. Birinchi yuzlik chegarasidan chiqadigan sonlarni aytish bo‘yicha quyidagicha mashqlarni ham bajarish mumkin:

a) sanashni davom ettiring: 96, 97, ...,...,...,.,.; 70, 80, 90, ...,,..,...,.:.; 96, 98,


............
b) 34 dan keyin qanday son keladi? 134 sonidan keyin-chi? 234 dan keyin- chi? 46 sonidan oldin qanday son turadi? 146 sonidan oldin-chi? 346 sonidan oldin-chi? 52 sonining qo‘shnilarini ayting; 152 sonining qo‘shnilarini, 452 sonining qo‘shnilarini ayting.
Sanab o‘tilgan mashqlar yuzdan katta sonlar mavjudligini, bunday sonlar ko‘pligini, ularning hosil bo‘lishi va atalishi bolalarga tanish bo‘lgan sonlarga o‘xshash ekanini o‘quvchilar tushunib olishlariga yordam beradi.
To‘rt xonali sonlarni nomerlashni o‘rganish uch xonali sonlarni nomerlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga tayanib olib borilishi kerak.

Yüklə 414,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin