Reja;
1.2- sinflar uchun dars ishlanma haqida umumiy ma’lumot
2. Dars ishlanmaning tarkibiy qismlari
3. Dars ishlanmadan namuna
O`zbekiston Respublikasining 1-Prezidentining "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to`g`risida"gi farmonida ko`rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma'naviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish, avvalo, komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo`nalishlarini topib joriy etishga bog`liq.
Mavzu. Mustaqillik — sharaf-shonim.
„Istiqlolim — istiqbolim" bo'limi yuzasidan umumlashtiruvchi dars.
Dars maqsadi:
1. „Istiqlolim — istiqbolim" bo`limi yuzasidan o`quvchilar egallagan bilimlarni tizimga solish. 2. O`quvchilarning bo`lim yuzasidan olgan bilimlarini takrorlash, umumlashtirish. 3. Bo`lim yuzasidan egallagan bilimlarning hayotdagi ahamiyatini tushunishlariga, mustaqillik buyuk ne’mat ekanligini anglashlariga erishish.
Mavzu. Mustaqillik — sharaf-shonim.
„Istiqlolim — istiqbolim" bo'limi yuzasidan umumlashtiruvchi dars.
Dars maqsadi:
1. „Istiqlolim — istiqbolim" bo`limi yuzasidan o`quvchilar egallagan bilimlarni tizimga solish. 2. O`quvchilarning bo`lim yuzasidan olgan bilimlarini takrorlash, umumlashtirish. 3. Bo`lim yuzasidan egallagan bilimlarning hayotdagi ahamiyatini tushunishlariga, mustaqillik buyuk ne’mat ekanligini anglashlariga erishish.
2-guruh she’riy asarlar ustida ishlaydi. Guruh nomi „Istiqboli porloq bolalar". O`qituvchi har bir guruh vakillari uchun savol-topshiriqlar tuzadi (ular oldindan o`quvchilarga berib qo`yilishi ham mumkin). Savol- topshiriqlar dars vaqtida konvertda guruh sardoriga beriladi. Topshiriqlarni o`quvchilar darsda jamoa bo`lib bajaradilar.
1-tur topshiriq. 1-guruh uchun: „Mangulikka tatigulik kun" asari yuzasidan savollar tuzing va 2-guruh a’zolaridan javob oling. 2-guruh uchun: „Iqboli buyuksan" she’ri yuzasidan savol-topshiriqlar tuzing va 1-guruh a’zolaridan javob oling. O`quvchilar taxminan quyidagicha savollar tuzadilar:
1-guruh a’zolari: 1. 1991-yil 31-avgust nima uchun „Mangulikka tatigulik kun " deyiladi? 2. Mustaqillik sharofati bilan biz qaysi allomalarimizni lamb oldik? 3. Mustaqillik yillarida O`zbekistonda nimalar rivojlandi? 4. Mustaqillikka erishgach, O`zbekistonda paxtadan tashqari nima ekila boshlandi? 5. Asakada qanday zavod qurilgan? U nimalar ishlab chiqarmoqda?
2-guruh a’zolari:
1. „Iqboli buyuksan" she’rini yod aytib bering. 2. „Iqboli buyuksan" she’rida shoir yoshlarga nimalarni aytmoqda? 3. O'zbekiston Davlat madhiyasini qo`shiq qilib kuylab bering.
Guruhlar 1 -tur bo`yicha baholanadi.
2-tur topshiriq: Berilgan she’rni ifodali o`qing va uning nima haqida ekanini ayting. 1-guruh uchun:
Ajdodlardan meros bo`lib qolgan tuproq, Bobolarning qon va teri tomgan tuproq. Qizg`aldoqlar ochilganda qilmay kanda, Qir, adirlar gulxan bo`lib yongan tuproq, To`kin-sochin dasturxonni solgan tuproq. (Tursunboy Adashboyev)
2-guruh uchun:
Alla bo`lib jaranglagan, Ona tilim - jon-u dilim. Mir Alisher bobomlardan, Meros bo`lib qolgan tilim, Bobur Mirzo she’ridan, Rang va ohang olgan tilim. Shunday tildan tonar bo`lsam, Yoki o`gay sanar bo`lsam, Qiyma-qiyma bo`lsin tilim. Ona tilim — jon-u dilim. (Tursunboy Adashboyev)
3-tur topshiriq: „Zinama-zina" o`yini. Bunda shohsupaga birinchi chiqqan guruh unga „O`zbekiston bayrog`ini" o`rnatadi.
1-guruh uchun savol-topshiriqlar:
1.O`zbekiston Respublikasi qachon mustaqillikka erishdi? 2. O`zbekistonning rivojlanib borayotganini asoslab bering. 3. O`zbekiston Respublikasi bayrog`ini ta’riflab bering. 4. Istiqlolni ulug`lashimizning sababi nimada deb bilasiz?
2-guruh uchun savol-topshiriqlar:
1. ,,O`zbekiston kelajagi buyuk davlat“ gapini kim aytgan? O`z- bekistonning buyukligini qanday izohlaysiz? 2. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? 3. O`zbekiston Respublikasi Gerbini ta’riflab bering. 4. Mustaqillik o`zbek xalqiga qanday erkinliklar berdi?
4-tur topshiriq:
1.Konstitutsiyadan yod olgan moddalaringizdan aytib, uning ma’nosini izohlab bering. 2. „Istiqlolim — istiqbolim“ mavzusida tuzgan 5 -6 gapli matningizni o`qing yoki ijod etgan she’ringizni ayting. 3. „Istiqlolim — istiqbolim" mavzusida chizib kelgan rasmlar ko`rgazmasini namoyish qiling.
5-tur topshiriq: Ifodali o`qish musobaqasi. Bunda o`qituvchi bo`limdagi asarlardan belgilab kelgan parchalarini o`qitadi. Misol: — „Mangulikka tatigulik kun“ asaridan bug`doy haqidagi parchani ifodali o`qing. Shu asardan O`zbekistondagi yer-mulk egalariga bildirilgan istaklarni ifodali o`qing. — Konstitutsiyada keltirilgan moddalarni ifodali o`qing. — Avtomobil zavodining tashkil etilishi haqidagi parchani ifodali o`qing.
7-tur topshiriq: Krossvord yechish. Krossvord ikkala guruhga ham beriladi, birinchi yechgan guruh g`olib sanaladi. Bo`yiga 1. Mustaqillik so`ziga ma’nodosh so`z. (Istiqlol) 2. O`zbekiston ramzi. (Bayroq) 3. Chaqaloq belanadigan narsa nomi. (Beshik) 4. Eng mo`tabar zot. (Ona) 5. Farzandiga ona aytgan qo`shiq. (Alla) 6.O`zbekiston ramzi. (Madhiya) Eniga 7. O`zbekiston ramzi. (Gerb). 8. Madhiyaga kuy bastalagan kompozitor ismi. (Mutal) 9. Kalendar so`ziga ma’nodosh so`z. (Yilnoma) 10. Yulduzlar ilmi bilan shug`ullangan olim ismi. (Ulug'bek) 11. Davlat qomusi. (Konstitutsiya) 12. O`zbekiston avtomobili nomi. (Neksiya) 13. Avtomobil zavodi joylashgan shahar. (Asaka) 14. Poytaxt nomi. (Toshkent) Javoblar to`g`ri topilsa, eniga shu bo`limda yod olingan she’r nomini o`qiysiz. (Iqboli buyuksan) Guruhlarning har bir tur topshiriqlari bo`yicha to`plagan ballari e’lon qilinadi, faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Darsga yakun yasaladi.