Mavzu-2: Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja


Yorliq - bu obyektning (Hujjat, dastur, qurilmaning) shartli belgilanishi bo'lib, obyektga tezda murojat qilishni ta’minlaydi. Piktogramma



Yüklə 89,62 Kb.
səhifə16/27
tarix14.12.2023
ölçüsü89,62 Kb.
#140822
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Mavzu-2 Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja-fayllar.org

Yorliq - bu obyektning (Hujjat, dastur, qurilmaning) shartli belgilanishi bo'lib, obyektga
tezda murojat qilishni ta’minlaydi.
Piktogramma. Windowsda piktogrammalar dasturlarni kichraytirilgan holda bajarish
uchun ishlatiladi. Piktogrammalar 3 xilda bo'ladi:
• dastur piktogrammalari;
• hujjat piktogrammalari;
• dasturlar sarlavxalari piktogrammalari;
Dastur piktogrammalari dastur darchadan dasturga kichraytirilganda hosil bo'ladi. Faqatgina
dastur piktogrammalari darcha tashqarisida joylashadi. Ularni ochish darchadan tashqaridagi



ekranning ixtiyoriy qismiga ko'chirishingiz mumkin.


• hujjat piktogrammalari kichraytirilgan hujjat darchalaridir. Bu piktogrammalarini
faqatgina ishlayotgan dastur ish maydoni doirasida ish joyini o'zgartirish mumkin.
• dastur sarlavhalari piktogrammalari dasturlarni boshqarishda ishlatiladi. Bunda har bir
piktogramma va uni tasvirlovchi Hujjatlar ro'yxatiga ega bo'ladi. Bu piktogrammalar dastur
guruhlari darchasida joylashadi.
Windows oynalari. Oynalar bir necha tipda bo'ladi:
• amaliy oynalar yoki dasturlar oynalari, ular dasturlarni ishga tushirish uchun ishlatiladi;
• guruhli oynalar yoki hujjatlar oynasi, u foydalanuvchining Windows muhiti bilan aloqasi
uchun ishlatiladi;
• muloqot oynalari - bu oynalarning alohida ko'rinishi bo'lib, ularda muloqotni tashkil etish
maqsadida bajariladigan jarayonlar uchun foydalanuvchi tanlaydigan qo'shimcha parametrlar
beriladi; bu oynalar oldingi aytib o'tilganlardan farqli o'laroq mashtablanmaydigan va
ko'chirilmaydigandir.
Windows yoʻ boshlovchisi - Windows Explorer. Fayl va papkalar bilan ishlash.
Проводник(boshlovchi) dasturi Windows tizimida mohiyati bo'yicha Norton Commander
qobiq dasturining fayl va katologlar ustida bajariladigan tegishli buyruqlarni o'zida
mujassamlantirgan. Dasturni o'z menyu satri bo'lib, uning bandlari Mening kompyuterim
menyusidan deyarli farq qilmaydi va nomlanishi aynan saqlangan. Lekin tahririy darcha ikki qism
-o'ng va chap bo'lakchalardan iborat. Darchaning chap qismida (papkalar)jildlar daraxti, o'ng
qismida esa belgilangan papkaga mos kichik papka va fayllar ro'yxati keltirilgan.
Papkalar daraxti har bitta yorliq oldiga (+) belgisi joriy kichik papkaga ega ekanligini, (()
belgisi papkaning to'la ochilganligini bildiradi.
Biror faylni papkadan ikkinchisiga o'tkazish uchun, belgilangan fayl “sichqoncha“ ning
ko'rsatkichiga olib kelinib, chap tugma bosilgan holda siljitilib, o'tkazilayotgan papkaning ustiga
olib boriladi va tugma qo'yib yuboriladi. Biror faylning nusxasini olish uchun yuqoridagi amal
klaviaturadan “Ctrl” tugmasi bosilgan holda amalga oshiriladi. Fayl yoki papkalar guruhini
belgilash uchun, ularning yonida “sichqoncha” ning chap tugmachasi bosiladi. Natijada ajratib
olingan guruh yorliqlarining rangi o'zgaradi. Ulardan nusxa olish yoki ko'chirish yuqoridagiga
aynan o'xshash bo'ladi. Boshlovchi darchasida barcha fayllar bajarilayotgan vazifalarining
mohiyatidan kelib chiqqan holda mos yorliqlar orqali ifodalanadi. Bu yorliqlarning turi ko'p bo'lib,
ularning mohiyatini tushuntirish uchun menyuning Vid qismidagi «Svoystva» bandi
faollashtiriladi.
Hosil bo'lgan muloqotli darchada Tip faylov bo'limi orqali kerakli ma’lumotga ega
bo'lishimiz mumkin.
Biror kerakli faylni topish uchun menyuning Servis qismidagi Poisk bandiga murojat qilinib,
hosil bo'lgan muloqotli darchada izlanayotgan faylning belgisi kiritiladi.
exe qo'shimchasi bo'lgan fayl yorliqlarini faollashtirib mazkur dasturni ishga tushirish
mumkin.
Boshlovchi dasturiga o'xshash vazifalarni mening Hujjatlarim yorlig'ini faollashtirish orqali
ham bajarish mumkin. Bu yerda olingan foydalanuvchi tomonidan hosil qilingan Hujjatlar
majmuasi jamlangan bo'ladi.

Yüklə 89,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin