Шрифты - Shriftlar - shriftlarni boshqaruvchi Fonts /Шрифты - Shriftlar tizim papkasi
uchun yorliq vazifasini bajaradi;
Экран- ish stolining ko'rinishini o'zgartirish, videotizimni sozlash uchun muloqot darchasini
ochish imkonini beradi;
Язык и стандарты - Til va standartlar - milliy kelishuvlarni tanlash imkonini beruvchi
muloqot darchasini ochish uchun xizmat qiladi.
Masalalar panelini sozlash. Windowsda masalalar panelining o'lchami va o'rnini
o'zgartirish imkoni bor. Odatda masalalar paneli ish stolining quyi satrida joylashgan bo'ladi.
Uning kengligi dasturlar tugmalarini bir satrda joylashtirish imkonini beradi.
Masalalar panelini kengaytirish yoki toraytirish sichqoncha yordamida uning yuqori
chegarasini surish bilan bajariladi.
Masalalar panelini ish stolining ixtiyoriy chegarasi bo'ylab joylashtirish mumkin. Buning
uchun uni sichqoncha yordamida ish stolining kerakli joyiga suramiz.
Masalalar panelining parametriarini o'zgartirish uchun bosh menyudagi Настройка / Панел задач - Sozlash / Masalalar paneli buyrug'ini ishga tushiriladi. Bu holda ekranda Свойства: Панел задач muloqot darchasi ochiladi.
Bu muloqot darchasining Параметры панели задач(Masalalar paneli parametrlari)
sahifasidagi masalalar panelining xususiyatlarini o'zgartiruvchi holatlardan keraklisini
o'rnatishimiz mumkin:
- Расположить поверх всех окон(Barcha darchalarning ustida joylashtirish) holati
o'rnatilganda, masalalar paneli har doim ochilgan darchalarning ustida ko'rinib turadi;
Автоматически убрат с экрана (Ekrandanavtomatikholdaolibtashlash) holati
o'matilganda masalalar paneli ingichka chiziq ko'rinishini oladi. Bu holda masalalar panelini
ochish uchun sichqoncha ko'rsatkichini shu chiziq ustiga olib boorish kifoya;