Mavzu: 4 – sinfda “til” mavzusini o’rganish



Yüklə 161 Kb.
səhifə1/11
tarix20.05.2023
ölçüsü161 Kb.
#127336
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu 4 – sinfda “til” mavzusini o’rganish


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKUL'TETI
306 GURUh TALABASI NODIROVA MATLUBANING
ona tili o’qitish metodikasi FANIDAN

MAVZU: 1-2 sinfda «Fe’l» turkumini o’rganish
BAJARDI: Nodirova Matluba
ILMIY RAHBAR: kat.o’q. Farsaxonova D.
Jizzax – 2020
MUNDARIJA:


KIRISH


1-§. Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumi ustida ishlashning nazariy asoslari


2-§. Boshlang’ich sinflarda “Fe’l” so’z turkumini o’rganish metodikasi


3-§. 2-sinfda “Narsa va shaxs harakatini bildirgan so'zlar” bo’limini o’rganishga doir dars ishlanmalari
Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH

Hozirda Respublikamiz ta’lim sohasidagi asosiy mavzulardan biri o’quvchilarga bilim berishda yangi usullarni topish o’rganish va buni ta’lim jarayonida samarali qo’llash. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad respublikamiz ta’lim sohasini yanada yaxshilash va shu qatorda bilim oluvchilar bilim samaradorligini yaxshilash. Ko’rgazmali qurollardan foydalanish asosida dars berish ana shunday metodlardan biridir.


O’quv materialini ko’rgazmali qurollardan foydalanish asosida o’rganish metodlari bilish foydaliligini oshiradi, ularga hamma narsani bilishga qiziqish va havas tug’iladi. Ammo darsda ko’rgazmali qurollardan foydalanish yakkayu – yagona maqsad emas. Ular o’quv vazifasini talab qilingan taqdirda qo’llanishi mumkin.
Bugungi kunda ona tili kursining o’zagini qayta qurish ishlari davom etmoqda. Bundan maqsad boshlang’ich sinf o’quvchilariga beriladigan ta’limning mazmunini ona tili fanining mazmuni bilan yaqinlashtirish, ona tili o’qitishning nazariy darajasini olishdir. Boshlang’ich ona tili kursini o’qitishda metodika fani oldida yangi muammolar bilan bir qatorda eski muammolarni yangicha mazmunda yechish turibdi. “Fe’l” so’z turkumini o’rganish o’quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Fe’l mavzusi 1 – sinfdan boshlab o’rganiladi. Dastur bo’yicha 1 – sinfda so’zlarning ma’nosiga 23 soat ajratilgan. 2 – sinfda “fe’l” mavzusiga 54 soat ajratilgan. 3 – sinfda “Fe’l” so’z turkumi sifatida o’rganilib jami (64 soat) ajratilgan. 4 –sinfda “Fe’l” mavzusiga jami (28 soat) ajratilgan. Ko’rinib turibdiki “Fe’l” mavzusini o’rganish 3 – 4 sinflarda hiyla murakkab, shuning uchun biz 4 –sinf o’quvchilarini shu so’z turkumining muhim jihatlari bilan tanishtiramiz.

Yüklə 161 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin