MAVZU:4-SINF O`QISH DARSLARIDA HIKOYA O`TISH USLUBIYOTI.
MUNDARIJA: KIRISH I .Bob. O`QISH DARSLARIDA HIKOYAVIY MAVZULARNING MAQSAD,VAZIFALARI VA TA`LIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI. 1.1. Kichik yoshdagi o`quvchilaming hikoyani idrok etishdagi psixologik xususiyatlari ………………………...……………............................................4
1.2. Boshlang`ich sinflarda hikoyani tahlil qilishning metodik shartlari.……12
1.3. Hikoya ustida ishlash …………………………………………………....14
II. Bob. HIKOYALARNI JANRIY XUSUSIYATLARIGA KO`RA O`RGANISH. 2.1. Hikoyani o`qish metodikasi ………………………………….….………..21
2.2. Hikoya o`tish darsi namunasi …………………………….……………....23
XULOSA ..........................................................................................................30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.........................................................33
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb
so’rasangiz, farzandlarimizning ta’lim
tarbiyasi deb javob beraman!!!
Shavkat Mirziyoyev KIRISH Hikoyalar bilan o`qitish bolajonlar uchun juda juda qiziq bo`ladi.Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta`minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq о`z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik о`zlashtirganligining kо`rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.
Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini о`zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari о`rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini о`rgatish metodikasi yaratiladi.F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bо`yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan kо`ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qо`ydi. Ravonlikning asosiy kо`rsatkichi sifatida sо`zlar, gaplar va fikrlarning qismlari о`rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan tо`g`ri tqobiliyatini shakllantirish qabul qilingan.Olimlar bolalarni о`qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta`minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yо`llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar.
Muammoning o`rganilganlik darajasi.
Nutqni о`qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang`ich pozitsiyalarga ega:
- ta`lim maktab yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega;
- nutqni о`rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar tо`g`ri kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir;
- nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bо`lishi kerak, xususan: ona tilini о`zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qо`shilishi, о`quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim;
- о`qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan о`zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bо`lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim;
- til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yо`naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur;
-nutqni о`qitish bolalarning tilni о`rganish bо`yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog`liq bо`lishi kerak.Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni о`qitish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
-nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy о`rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani о`zlashtirishining murakkab, kо`p omilli jarayonidir;
-nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas;
-bola nutqni rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, о`ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning о`ziga xosliklarini kо`ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta`sir kо`rsatishning eng samarali yо`llarini tanlashi lozim.
Kurs ishi maqsadi: o`qish darslarida hikoya o`qishni tashkil etishning amaliy-nazariy asoslari.
Kurs ishi vazifalari:
—mavzuga oid adabiyotlarni o`rganish, uning o`rganilganlik darajasini aniqlash;
—kurs ishning nazariy va amaliy asoslarini belgilash;
—o`quvchilarining real bilish imkoniyatlarini tahlil qilish;
—darslarda mustaqil fikrlash kontseptsiyasini asoslash va o`qish taʼlimi mazmuniga mos biluv topshiriqlari tizimini ishlab chiqish;
—biluv topshiriqlari tizimini taʼlimga tatbiq qilish va uning samaradorligini o`rganish.2-sinf o`qish darslarida hikoya o`qitishda biluv topshiriqlari va ijodiy mashqlarni amaliyotga tatbiq qilish tamoyillari, vositalari asoslandi. kurs ishida o’quvchilarning o`qish darslarida hikoya o`qishni hamda mustaqil ishlarini tashkil etish muammosi alohida mavzu sifatida ajratilib, uning vositalari, samaradorligi, o`quvchilar o`zlashtirishining sifatini yaxshilashdagi o`rni ilk bor o`rganildi.
Kirish, 2 bob, 5 fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tuzilgan.