2.2. Hikoya o`tish darsi namunasi.
Bugun biz siz bolajonlar uchun sarkarda ham,kuchli podishoh Amir Temur haqida tayyorlangan hikoyani o`qib eshittiramiz.Kim o`qishni xohlaydi.
Mavzu : Amir Temur haqida hikoya. (Bo`riboy Ahmedov)
Dars haqida qisqacha ma`lumotlar:DTS talablari asosida dars o`tish .O`quvchilarni to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatish. Markaziy Osiyo mutafakkir va ma`rifatparvarlarining asarlaridagi hikmat, o`git va nasihatlarni o`rgatib, ularga amal qilishni uqtirish; Mavzuni tushunarli qilib yoritib berish. O`quvchilarga odob-axloq, do`stlashish qoidalarini tushuntirish.
O`quvchilarda Amir Temur bobomizning ibrati orqali yaxshi
xislatlarni hosil qilish. Barkamol avlodga xos odoblilik san`ati va madaniyatini o`rgatish: o`zbek xalqining milliy urf-odat, an`ana va qadriyatlarini amalda qo`llash malakalarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Har bir o`quvchining ifodali o`qish ko`nikmalarini va lug`at
boyligini rivojlantirish.
O`quv jarayoniga oid kompententsiya: TK2 o`quv fanlarini o`rganish va bir-biridan farqlash; TK2 mehnatsevarlik, to`g`rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo`lish;FK1 matnlarning mazmunini qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og`zaki bayon qila oladi
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
|
Tashkiliy qism
|
Tez javob didaktik o`yin
|
2 daqiqa
|
2-bosqich
|
O`tilgan mavzunu so`rash
|
Zanjir , ortiqchani top
|
5 daqiqa
|
3-bosqich
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
Kollaj o`yini, savol javob muammoli savol
|
20 daqiqa
|
4-bosqich
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
,maqollar bilimdoni musobaqasi
|
15 daqiqa
|
5-bosqich
|
Dars yakuni uyga vazifa berish
|
Nominatsiyalar eng faol , bilimdon
|
3 daqiqa
|
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: ifodali o`qish, suhbat, tushuntirish, izlanish.
Darsning jihozi:Amir Temur surati Amir Temur o`gitlaridan namunalar yozilgan tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.
II. O`tgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va o`quvchilarni baholash.
O`qituvchi tashkiliy qismni bajaradi. O`tilgan mavzu-ni o`quvchilarga o`qitib, mazmunini so`zlattiradi. O`quvchilar uyda yozib kelgan bilim egallash haqidagi maqollarini o`qib, izohlaydilar.
Tez javob didaktik o`yin
|
Zanjir , ortiqchani top
|
Kollaj o`yini, savol javob muammoli savol
|
O`qituvchi ularni to`ldiradi, o`quvchilar fikrini umumlashtiradi va xulosalaydi.
III. Yangi mavzuning bayoni:O`qituvchi yangi mavzuni e`lon qiladi.
O`quvchilarga A.Temur haqida ma`lumotlar beriladi , slayddan ko`rsatiladi
Hikoya o`qituvchi tomonidan ifodali o`qib beriladi va tushuntiriladi. O`quvchilar matnni qismlarga bo`lib, navbat bilan o`qiydilar. Topshiriq bilan o`qish. Hikoya bandlarga bo`lib o`qitiladi va har bir bandning mazmunini tushuntirish talab qilinadi. O`qituvchi o`quvchilarni 5 guruhga bo`ladi va vazifa beradi. Amir Temur yoshligida qanday bo`lgan ekan? Katta bo`lganda-chi?
O `quvchilar Amir Temurning yoshligi suratini so`z bilan chizadilar va A4 formatdagi qog`ozga yozadilar.Har bir guruhdan bir o`quvchi chiqib, o`zlari yozganlarini o`qib beradi. O`quvchilar o`zaro fikr almashadilar. O`qituvchi ularning fikrini to`ldirib boradi.O`qituvchi guruhlarga Amir Temur o`gitlari yozilgan qog`ozlarni tarqatadi va o`qib, ma`nosini izohlash topshirig`ini beradi.
Guruh o`quvchilaridan biri o`gitni o`qib, ma`nosini izohlab beradi. Darslikdagi mavzuga doir qo`shimcha materiallar bilan ishlanadi. Bo`rtboy Ahmedov Temurbek ziyrak, hamma narsani bilishga intiluvchan bolib o`sdi. To`rt yoshga to iganida, otasi uni qishloq maktabiga olib borib, Ibodulla domlanmg qo`liga topshirdi.
Tarag`ay bahodir qo`l qovushtirib:
- Bolamning savodini chiqarib bering, - dedi.
Ibodulla domla soddadil va xushfe`l bu odamni yaxshi bilardi. Shuning uchun ham uni ochiq chehra bilan kutib oldi. Qo`lidagi tugunini olib, bolasini maktabga qabul qildi.Tarag`ay bahodir chiqib ketganidan keyin domla uning o`g`lini oldingi qatorga o`tqizdi. Keyin murojaat qildi:
5 Pala, İskender (1995) Divân Şiiri Antolojisi: Dîvânü'd-Devâvîn Akçağ Yayınları, Kızılay, Ankara, p. 425, ISBN 975-338-081-X
- Qani, o`g`lon, tur o`rningdan. Isming ne?
Yangi talaba dast o`rnidan turdi va
«Temur», deb javob berdi.
- Barakallo, Temurbek, maktabimizga kelib yaxshi ish qilibsan. Yaxshi o`qisang, mulloyi zabardast bo`lursan. Sho`xlik qilib, kamhafsala bo`lsang, o`zingdan ko`r.Temurbek boshini quyi solganicha qo`l qovushtirib, indamay turardi.Temurbek to`rt yil Ibodulla domlaning qo`lida o`qidi. Savodi chiqqanidan keyin Tarag`ay Bahodir o`g`lini Shahrisabzdagi madrasaga berdi. U maktabdagi singari madrasada ham yaxshi o`qidi.Mamlakatni boshqarish ilmini esa otasidan o`rgandi. Buni otasi kechqurunlari tur mush tashvishlaridan xoli bo`lgan paytlarida o`rgatdi. Temurbek ustozi va otasining pand-nasihatiarini butun vujudi bilan tinglardi. Keyin bularga bir umr rioya qildi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Kuch- adolatdadir
Amir Temur o`gitlaridan na`munalar aytiladi
1. Hikoya kimning yoshligi haqida ekan?
2. Temurbek qanday ilmlarni o`rganibdi?
3. U o`rgangan bilimlaridan hayoti davomida qanday foydalandi?
4. Amir Temur haqida yana nimalarni bilasiz? So`zlab bering.
Amir Temur haqidagi o`quvchilar fikrlari umumlashtirilib , darsdan tarbiyaviy xulosa chiqariladi va yakunlanadi.Ota-bobolarimiz qadimdan insonlarni odob-axloqli bo`lishga chorlab kelishgan. Chunki inson odob-axloqi bilan go`zaldir. Sohibqiron Amir Temur shunday deydi: “Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o`zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo`lishga”. intildim
Bo`ladigan bola boshidan ma`lum.
Qurilishga terak kerak,
Demak, ekmoq kerak terak!
Роlizdaа koptok bo`lib,
Dumalab yotar, to`pmas.
Dehqon bobom avaylab
Oziq, suv berar, tepmas.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
O`quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasi, to`g`ri va ravon o`qishi o`qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e`lon qilinadi va faol, bilimdon o`quvchilar rag`batlantiriladi.Estalik sovg`alar bilan taqdirlaymiz endi.5 baholarni ham zo`rlab qo`yib beramiz.
VI. Uyga vazifa.Hikoyani o`qib kelish.
XULOSA
Albatta biz so`zimiz so`ngida shunga iqror bo`ldik,hikoya bilan dars o`tish juda muhimdir,bolajonlar qiziqib o`rganishiga imkon beradi.Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo`lib, unda kishi hayotidagi ma`lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. „Hikoya ko`pincha kishi hayotida bo`lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir». Hikoya mazmunan boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o`quvchilarni qahramonlam ing xatti-harakati, tashqi ko`rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko`proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalami hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog`lab olib boriladi. Boshlang`ich sinflarda hikoyani o`qishga bag`ishlangan izohli o`qish darslarida o`qilgan hikoya mazmunini ochish, lug`at ustida ishlash, o`qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So`roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o`rtasidagi bog`lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o`qish darsida o`quvchilar tushunmaydigan so`z va iboralar m a`nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. Hikoyani o`qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o`quvchilar nutqini o`stirish markaziy o`rin egallaydi. Hikoya o`qib bo`lingach, o`quvchilar o`ylashi, o`z mulohazalarini ay. tishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O`qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahram onning xarakteri bolaga ta`sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya sujeti, voqeaning yo`nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g`oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi. ―Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir‖ – degan edi buyuk allomalarimizdan biri. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinfda egallangan bilimni kelgusidagi bilimlar uchun poydevor deb atasak, noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Poydevor qanchalik mustahkam bo‘lsa, qurilajak imorat ham shunchalik ko‘p yil, balki asrlarga ham asqotadi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘lim- tarbiya beruvchi o‘qituvchiga juda ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi.Hozirgi zamon boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi erkin fikrli keng dunyoqarashli, izlanuvchan, intiluvchan, yangiliklarni tezda ilg‘ab oluvchi va innovatsion texnologiyalardan boxabar bo‘lishi lozim.Shundagina u ko‘zlagan maqsadiga yetishadi.Ona tili darslarida imloviy bilimlarni takomillashtirishning samarali metod va usullarini tanlay bilish hozirgi kun tilshunoslik ta‘lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifadir. Umuman olganda, o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalariga rioya qilish, nafaqat o‘quvchilarning, balki shu yurt tuprog‘ida yashayotgan, jozibali tilimizda biyron-biyron so‘zlayotgan har bir fuqaroning burchidir. Imlo qoidalari biz uchun xuddi yo‘l belgilaridek bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘quvchilarni bolalikdanoq bilimli, salohiyatli va aqli raso qilib tarbiyalash lozim. Shundagina, har qadamda, bot –bot duch keladiganimiz – imloviy xatoliklarning birmuncha oldi olinardi, deb o‘ylayman.
Dostları ilə paylaş: |