613-21(304) guruh talabasi Rasulova Shahloning O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti.
Mavzu:Abdulla Qahhor hikoyalarida obrazlar tasnifi
Abdulla Qahhorning “Nurli cho‘qqilar” hikoyasida Fotima va Zuhraning
tarbiyasi va shu tarbiya muhitida shakllangan qizning xarakteri va taqdiri yotadi.
Asar qahramonlari Fotima va Zuhra nurli cho‘qqilar tomon intilgan, orzulari biro lam
edi. Lekin ularning xarakteri, dunyoqarashi va intilishlari bir-birinikidan umuman
farq qiladi. Yozuvchi hikoya davomida kitobxon e’tiborini ana shu tafovutlarga jalb
etadi. Yozuvchi qahramonlar hayotida ro‘y bergan keskin bir voqeani oladi-da, shu
voqea asosida obrazlar xarakterini ochib berishga harakat qilgan
01 01 Enter title Enter your text here, or paste your text here.
Ming bir jon” hikoyasidagi
Mastura obrazi matonatli ayol sha’niga madhiyalar bitadi. Hikoya qahramoni
Mastura Aliyeva o‘n yildan beri og‘ir dard chekadi. “Bechora turmush qurganiga bir
yil bo‘lar –bo‘lmas shu dardga yo‘liqqan ekan. Tomog‘idan hech narsa o‘tmaydi,
ovqatni qorniga quyishadi…… Teshib qo‘yilgan …. Ba’zan o‘zi quyadi, ba’zan
eri….” “ Bechoraning tomog‘idan hech narsa o‘tmasligi ustiga qorniga tez-tez suv
to‘planar ekan “. Uning ko‘rinishi murdani eslatadi.
Bemor'' hikoyasidir. Kichik hajmli va mo'jazgina bo'lishiga qaramasdan hikoyaning
salmog'i,zalvori anchayin katta.Ijodkor yashab turgan va qisman bugungi kun haqiqatlarini o'zida
jamlagan hikoya har bir detalga, obrazga e'tibor berishni talab qiladi. Asarda davrning
muammolaridan bo'lmish qashshoqlik, ilmsizlik, loqaydlik qoralanadi. Mana shu illatlarni
atrofida voqaealar birlashtiriladi.Iqtisodiy imkoniyatlarning cheklanganligi sababli kishilarning
ijtimoiy imkoniyatlari ham chegaralanishi haqida so'z yuritiladi.Boy va kambag'allar o'rtasidagi
farq, munosabatlar va inson qadr-qimmati o'sha davr muhitida yoritib beriladi. Xalq orasida bir
naql yuradi : ,, Yer yuzida yomon insonlar ko'p emas, ularga qarshi kurashmaydiganlar ko'p".
Hikoyada ham ana shunday uchinchi tabaqaning qurboni, bemor ayol sifatida butun boshli
millatning o'sha davrdagi taqdiri ochib beriladi.
E'tiboringiz uchun rahmat!