Mavzu: Abdurahmon Jomiyning ta’limiy ahloqiy qarashlari va Alisher Navoiyning pedagogic qarashlari mazmuni Mashg’ulot rejasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/7
tarix15.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#130316
1   2   3   4   5   6   7
5-seminar

Eslab qoling!


Abdurahmon Jomiyning «Solomon va Absol» dostonida esa tubdan his-tuyg‘ulardan tozalanib, ma’naviy kamolotga erishish yo‘li badiiy tarzda ifoda etiladi.

Jomiy mazkur dostonida ibratli rivoyatlar misolida kishilarga tuban hislardan tozalanib, ma’naviy kamolotga erishish yoMlarini ko‘rsatib beradi. Inson har qanday hirsu mayldan yuqoriroq bo‘lishi, aql-idrok va sog'lom fikr yuritib ish ko‘rishi lozim degan fqarashni ilgari suradi va tasawuf g‘oyalarini tarannum etadi.


Xulosa qilib aytish mumkinki, alloma o ‘z asarlarida insonni ulug‘laydi, uni ma’naviy kamolot darajasiga ko'tarishning asosiy mezoniaridan biri bilimlilik, aqliy kamolotning yuksak darajasiga erishishi zarurligiga alohida e’tibor bergan.
Jomiy ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashning ikkinchi bir jihati ahloqiy barkamollik deb bildi va ahloqiylik - yuksak xulq- odob mezonlari sifatida insoniylik, adolat, mehnatsevarlik, sahovat va karam, mehr-m uruwat, chin insoniy muhabbat, rostgo‘ylik, kamtarlik, jasorat, mardlik kabi xislatlarni ulug‘ladi va takabburlik, mol dunyoga hirs qo‘yish, yolg‘onchilik, johillik bilan bog‘liq illatlarni qoraladi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, Jomiy asarlarida ilgari surilgan flkrlar hozirgi davrda inson tarbiyasida muhim dastur bo‘lib xizmat qiladi.




Yodlab oling!


Abdurahmon Jomiy Temuriylar davri ilm — fani va mada- niyatining faxri. Sharq ma’naviyatini yangi bir yuksak cho'qqiga ko‘targan buyuk so‘z san’atkori, ustoz murabbiyidir.
M. Xayrullaev


Bilib qo‘ying!


Agar inson xulqi o ‘zgaruvchan bo’lmaganida edi, unda aqlning bilish quwati befoyda, siyosat hamda ta’lim-tarbiyaning esa keragi yo‘q bo'lur edi.
J. D avoniy


Davoniyning to ‘liq ismi Jamoliddin Muhammad Asad-as- Siddiqiy ad Davoniy bo'lib, 1427-yilda Eronning Kazarun viloyatiga qarashli Davon qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidanoq ilm-fanga, ayniqsa fiqhshunoslikka qiziqadi va boshlang‘ich maktabni qishlog‘ida bitirgach Sherozga kelib, madrasada yirik olimlar qo‘lida tahsil oladi. Keyinchalik Sheroz shahrining qozisi etib tayinlanadi. Qozilikdan iste’foga chiqqach, madrasada mudarrislik qiladi. Ilmiy ishlar bilan shug‘ullanadi. 1502-yilda Kazardi shahrida vafot etadi va Davon qishlog‘iga dafn qilinadi. Tadqiqotchi olimlarning xabar berishicha Eron, Iroq, Hindis- ton, 0 ‘rta Osiyoning ko‘p shaharlarini kezib, olimlar bilan uchrashadi, ular bilan falsafaning turli muammolari bo‘yicha bahs
yuritadi.
Maryam Mirhodiyning (tehronlik tarixchi olim) aytishicha, Davoniy yuksak qobiliyat egasi bo‘lgan, u o‘zi topgan butun boyligini ilm — fan ravnaqiga sarflagan.

Qomusiy bilimlar sohibi buyuk mutafakkir va m a’rifatparvar Alisher Navoiy (1441-1501) XV asrda - temuriylar davrida yashab ijod etgan allomadir.


M ashhur tarixchi Xondamir Navoiyning yoshlarga bilim berish va ularni tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar tug'dirganini bunday tasvirlaydi: «..Atoqli olimlar va hurmatga loyiq bo‘lgan san’at ahllarining darajalarini ko‘tarishda qo‘ldan kelgan qadar harakat qilib, bunday ishlarga ahamiyat berdi. O‘quvchilar faqat o‘qish bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun ularga nafaqa tayin etib, madrasalar bino qildi»1.
Alisher Navoiy yosh avlodning ilm-hunar egallashini va eng yaxshi insoniy fazilatlarga ega kishilar boiishini orzu qiladi. Uning ta’lim-tarbiya sohasidagi fikrlarida insonparvarlik g'oyalari markaziy o‘rinda turadi. Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak va qadrlidir.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin