Mavzu: Abu Nasr Forobiyning pedagogic g’oyalari va Abu Ali Ibn Sino ta’lim-tarbiya haqida



Yüklə 341 Kb.
səhifə4/6
tarix15.10.2023
ölçüsü341 Kb.
#130315
1   2   3   4   5   6
2-seminar

Buni yodda saqlang!


Ibn Sino umrining so‘nggi yillarida Gurganjda, Rayda va Hamadonda yashaydi. U 1037-yilda Isfaxonda vafot etadi.


Ibn Sinoning odob-axloq va insonparvarlik, salomatlik haqidagi ta’limoti katta ilmiy-amaliy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu ta’Iimot, inson olam koinotning — toji, u buyuk sharaf va hurmatga loyiqdir degan fikrga asoslanadi.

Bilib qo‘ying!


Ibn Sino «Hay ibn Yaqzon» («Uyg‘oq o'g‘li tirik») falsafiy qissasida ilm aslo qarimaydi,
u olamni kezadi, kishilarni jahoiat va nodonlik g‘aflatidan uyg‘otadi, degan g‘oyani ilgari suradi.

Ibn Sinoning m a’naviy-axloqiy va m a’rifiy masalalar haqida olg‘a surgan ilg‘or g‘oyalari:
Yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, rohat va azob- uqubat, sahihlik va baxillik, kamtarlik va maqtanchoqlik, vafodorlik va bevafolik kabilardir.

Ibn Sino fanlarni tasnif etadi:


Birinchi guruh — etika, iqtisod, siyosat.
Ikkinchi guruh — fizika, matematika, metaflzika, dunyo qonuniyatlarini o‘rganuvchi barcha fanlar.

Bilib oling!


Markaziy Osiyo m a’naviyatining ulkan arboblaridan biri hisoblangan Ibn Sinoning asli ismi sharifi Abu Ali al-Husayn Ibn Abdulloh ibn Sinodir.
Ibn Sino jahon madaniyati tarixida qomusiy bilimga ega bo'lgan yirik olim sifatida alohida o'rin tutadi. U fanning turli sohalariga oid 450 dan ortiq asar yozgan. Ularda tibbiyot, musiqa, falsafa,
etika, ilohiyotshunoslik, ijtimoiyot, siyosat, tilshunoslik, estetika masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgan.

Mushohada uchun!


Alloma yaratgan «Kitob ash-Shifo» 18 jilddan iborat bo‘lib, tibbiyot va falsafiy bilimlar qomusi hisoblanadi. U o‘z ichiga 4ta katta bo‘lim (mantiq, fizika, matematika, metafizika)ni oladi.
Ibn Sinoning «Kitob ul-insof»i («Adolat kitobi») 21 jilddan iborat.

Buni yodda saqlang!


Ibn Sino bolalarga maktabda bilim berish haqida gapirar ekan, ta’limda quyidagi jihatlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:

  • bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;

  • ta ’limda soddadan murakkabga borish orqali bilim berish;

  • mashg‘ulotlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi;

  • o‘qitishda jamoa bo‘lib o‘rganishga e ’tibor berish;

  • bilim berishda bolalarning xohishi, qiziqishi va qobiliyatini xisobga olish;

o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan olib boorish


Yüklə 341 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin