Mavzu: Abu Nasr Forobiyning pedagogic g’oyalari va Abu Ali Ibn Sino ta’lim-tarbiya haqida



Yüklə 341 Kb.
səhifə1/6
tarix15.10.2023
ölçüsü341 Kb.
#130315
  1   2   3   4   5   6
2-seminar


Mavzu: Abu Nasr Forobiyning pedagogic g’oyalari va Abu Ali Ibn Sino ta’lim-tarbiya haqida
Mashg’ulot rejasi:

  1. Sharq uyg‘onish davri va unda ilm-fanning rivojlanish yo‘nalishlari.

  2. Abu Nasr Farobiyning hayoti va faoliyati.

  3. Abu Nasr Farobiy ta’lim-tarbiya to ‘g‘risida.

  4. Farobiyning axloqiy va ilmiy-falsafiy ta’minoti.

    • Abu Ali ibn Sino O‘rta asrlar qomusiy olimi.

    • Abu Ali ibn Sino ta’limotida ta’lim va tarbiya usullari, shakl va metodlari.

    • Ibn Sino jismoniy tarbiya va bola tarbiyasi haqida.

    • Ibn Sino pedagogik qarashlarining hozirgi davrdagi ahamiyati.

Islom dinining yoyilishi, markazlashgan Arab xalifaligidagi ilm-fan taraqqiyoti tufayli ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlar Mova- rounnahrda va Xurosonda IX asrda ma’naviy ko'tarilish, uyg‘onish davrini boshlab berdi.


Al-M a’mun tomonidan tashkil etilgan «Baytul-hikma» («Do- nishmandlar uyi») — Akademiya barcha ilm sohiblari to ‘plangan markazga aylandi va Shapq hamda G ‘arb ilm-fanining taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning yuksalishiga ta’sir ko'rsatdi.
Butun Sharqdagi kabi Movarounnahrda ham ilm-fan va ma’rifat sohasida mashhur faylasuf va munajjimlar, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, ta’lim tarbiya bo‘yicha ilmiy asarlar bilan nom qoldirgan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar yetishib chiqdi.

Eslab qoling!


Bog'doddagi mashhur «Baytul-hikma» olimlari orasida Markaziy Osiyolik Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Xorazmiy, Abbos Ibn Sayd Javhariy, Ahmad Ibn Markaziy kabilar ham bo‘lgan.
«Baytul-hikma» olimlari orasida hamyurtimiz Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy alohida mavqega ega bo‘lgan. Ahmad Farg‘oniy uning taklifi bilan 815-yilda yozib tugatgn astronomiyaga oid asarini muhokamaga qo‘yadi, ilmiy jamoa unga yuqori baho beradi. Oqibat natijada yosh olim Ahmad Farg‘oniy bu nufuzli maskanning haqiqiy a ’zosi etib qabul qilinadi. Xorazmiy vafotidan so‘ng Ahmad Farg‘oniy bu jamoaning yetakchi allomalaridan biriga aylanadi, uning dovrug'i butun 0 ‘rta va Yaqin Sharqqa yoyiladi.
d Abu Nasr Farobiy. Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug1ibn Tarxon Farobiy 873-yili tavallud topgan. Mashhur arabshunos olim Bayhaqiyning yozishicha, «Shayx Abu Nasr al-Farobiyning oti Muhammad ibn Tarxon bo‘lib, asli Turkiston- ning Farob degan joyidan. «Muallimi soniy» («Ikkinchi muallim») deb taxallus olgan. Islom o‘lkalari olimlari orasida undan oldin bunchalik o‘tkir odam bo‘lmagan edi»1.
U boshlang‘ich ma’lumotni o ‘z yurtida oladi. Shosh, Samar­
qand, Buxoro shaharlarida, keyinchalik Arab xalifaligining yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Bog‘dodda bilim olishni davom ettiradi, arab Sharqida buyuk olim sifatida shuhrat qozonadi. Farobiy 950 yil dekabrida vafot etgan.




Yüklə 341 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin