Mavzu: Adobe Photoshop dasturining asosiy imkoniyatlari I. Ishning maqsadi



Yüklə 158,64 Kb.
səhifə1/2
tarix22.09.2023
ölçüsü158,64 Kb.
#129273
  1   2
5-amaliy mashg’ulot mavzu Adobe Photoshop dasturining asosiy im-hozir.org


Mavzu: Adobe Photoshop dasturining asosiy imkoniyatlari

I. Ishning maqsadi: Adobe photoshop dasturi, uning interfeysi, uskunalari va menyulari tarkibi hamda funktsiyalari bilan tanishish.

II. Nazariy qism:
Adobe Photoshop dasturi hozirgi kunda butun dunyo mutahassislari tan olgan dastur hisoblanadi. Adobe Photoshop nuqtali grafik muharriri hisoblanib, nuqtali tasvirlar yaratish uchun xizmat qiladi. Bu dastur interfeysi quyidagicha bo’ladi:
  • Sarlavha satri


  • Menyular qatori


  • Standart uskunalar paneli.


Vektorli grafikada yaratilgan rasmlar logotip, illyustratsiyalar va zastavkalar yaratishda foydalaniladi. Rastrli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarini aytish mumkin. Ushbu dasturlarda rasmlar mayda kvadrat – piksellardan iborat bo’lib mozaika holatida rasmni hosil qiladi. Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi.


Adobe Photoshop Windows muhitida ishlovchi Macintosh va IBM PC kompyuterlari uchun mo’ljallangan elektron ko’rinishdagi foto tasvirlarini tahrirlovchi programmadir. Adobe Photoshop programmasi Adobe System, Inc komponiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur.
Adobe Photoshop ayniqsa jurnalistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini to’la amalga oshirishlarida yordam beradi. Journalist va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo’lgan shaxslarning mazkur programma bilan ishlashni bilishi uchun qo’shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi.
Adobe Photoshop 7 programmasi mavsum programmalar orasida superxit produktga aylandi. Uni ustiga bu programmaning har bir soni o’zida yangi elementlarni mujassamlashtirgan. Bu o’zgarishlar Adobe Photoshop 7 versiyasida ham kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchilar bu programmadagi bir qator kamchiliklarni bartaraf qilishdi, bularga Windows i Mac OS X. qismida, Photoshop 7 nihoyat virtual xotira sistemasini ishlatishni o’rgandi, natijada operativ xotiraning bir qancha qismi tejab qolindi. Bu tejamkorlik kata hajmga ega bo’lgan tasvirlar bilan ishlaganda seziladi. Shuningdek operatsion sistemani ochilib qolishi kamaydi. Hozirda Photoshop boshqa bir qancha dasturlar bilan bir vaqtda yaxshi ishlashi mumkin.
Photoshop programmasiga tasvirni tez ko’rib chiqish moduli kiritilgan. Oldin esa bu ishni amalga oshirish uchun tashqi programma (utility)lar ishlatilardi. Masalan, ACDSee yoki ThumbsPlus. (PDA) cho’ntak kompyuterlari uchun rasmni importi va eksporti WBMP formatli filtrlari kiritilgan. Kompyuterning ishlash chegarasi doirasida avtomatik tarzda rasmni sifatini buzmagan holda moslashuv (optimizatsiya)ni bajaradi.
Photoshop 7 programmasiga guruh bo’lib ishlash uchun qo’shimcha imkoniyatlar kiritildi. Bu bir kompyuterda turli foydalanuvchilar tomonidan Adobe programmasida ishlash imkoniyatini beradigan AfterCast kengaytirgich qo’shildi. Agar bir foydalanuvchi tasvirga o’zgartirish kiritsa bir vaqtni o’zida hamma foydalanuvchilar kuzata oladi. Ammo AfterCast sozlashni faqat administrator boshqara oladi, lekin bu o’z uy kompyuterlarida Photoshop 7 programmasida ishlovchi foydalanuvchilar bu muammoga duch kelmaydilar.
Adobe Photoshop dasturi quyidagi menyulardan iborat:
Fayl (File), Pravka (Edit), Risunok (Image), Sloy (Layer), Videleniya (Select), Filtr (Filter), Vid (View), Okno (Window) va Pomoh (Help).

Uning tagida ish qurollarining xususiyatlar sohasi (Panel Svoystva – Options bar) joylashgan. Agar ushbu soha ekranda yo’q bo’lsa uni Okno (Window) menyusidagi Svoystva (Options) buyrug’i yordamida ekranga chiqarishimiz mumkin.

Xususiyatlar sohasi pastida ish sohasi joylashgan bo’lib, uning chap tomonida ish qurollar sohasini (panel Instrumentov – Toolbox) ko’rishimiz mumkin. Ish sohasining o’ng tomonida har xil yordamchi sohalar joylashishi mumkin: Sloi – Layers, Istoriya – History, Kanalo’ – Channel, Tsveta – Color, Stili – Style, Svoystva kisti – Brushes, Svoystva shrift – Character va hokazo. Ushbu sohalarni ham Okno (Window) menyusidagi buyruqlari yordamida ekranga chiqarishimiz va ekrandan olib tashlashimiz mumkin.

Yordamchi sohalarni kichiklashtirish ham mumkin. Buning uchun sohaning yuqorisidagi kichiklashtirish (svernut) tugmasidan foydalanamiz. Yordamchi sohalarda bizga eng kerakli bu ish qurollar sohasi (panel Instrumentov – Toolbox) va qatlamlar soxasi (Sloi – Layers). Ya’ni Photoshop faylini yaratish yoki eski faylni qayta ochish uchun menyu Fayldagi Sozdat va Otkrit buyrug’laridan foydalanamiz. Fayl yaratganimizda ekranda quyidagi oyna hosil bo’ladi:

Bu oyna uning nomini Name, turini Preset, enini Width, bo’yini Height, sifatini Resolution, ranglar holatini, orqa rangini tanlashimiz kerak bo’ladi. Hammasini tanlagach OK tugmasini bosamiz va natijada ekranda yangi bo’sh ish soxa xosil qilinadi.


Yüklə 158,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin