Mavzu: Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati Reja: Aholi turmush darajasi va uning asosiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 21,72 Kb.
tarix20.12.2022
ölçüsü21,72 Kb.
#121554
Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosat

Mavzu:Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati

Reja:

1. Aholi turmush darajasi va uning asosiy ko‘rsatkichlari.

2. Aholi daromadlari va uning tarkibi.

3. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash

 

Aholi turmush darajasi va uning asosiy ko‘rsatkichlari.

Aholi turmush darajasi – aholining hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda ular ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasidir.

Aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo‘lgan talabi tabiiy tarixiy milliy va boshqa shart-sharoitlarga qarab turlicha bo‘ladi va tez o‘zgarib turadi. Shunga binoan aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ham turlicha bo‘ladi.

Insonning turmush darajasi o‘sib boruvchi talablar darajasi bilan uni qondirish imkoniyatlari darajasi o‘rtasidagi dialektik bog‘lanish va uning o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Bunda insonning tanlash erkinligining o‘sishi ya’ni uning nimalarni iste’mol qilishi, qaerda, qanday yashashi, qanday o‘qib bilim olishi kabilarni bemalol tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.

Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:


  • tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar;

  • hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari;

  • oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish;

  • turar joy sharoitlari;

  • ma’lumot va madaniyat;

  • mehnat qilish va bandlik sharoitlari;

  • aholining daromadlari va xarajatlari;

  • hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari;

  • transport vositalari;

  • dam olishni tashkil etish;

  • ijtimoiy ta’minot;

  • inson erkinligi.

Iste’molchi budjeti va farovonlikning eng quyi chegarasini


  • Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste’molchi budjeti asosida amalga oshiriladi. Iste’molchi budjetlarining bir qator turlari mavjud: o‘rtacha oila budjeti, yuqori darajada ta’minlangan budjet, minimal darajada moddiy ta’minlanganlar budjeti, nafaqaxo‘rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari budjeti shular jumlasidandir.

  • Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida ko‘rsatiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi.

Turmush tarzi

Turmush tarzi – bu kishilarning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy- iqtisodiy kategoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya’ni:


  • -mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;

  • -turmush va bo‘sh vaqtdan foydalanish shakllari;

  • -siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;

  • -moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;

  • -kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari.

Aholi daromadlari va uning tarkibi.


  • Yalpi ichki mahsulotning taqsimlanish va qayta taqsimlanishi natijasida aholi daromadlari shakllanadi. Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.

  • Jamiyat a’zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog‘lig‘ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste’mol bozorining tovarlar bilan to‘yinganlik darajasi kabilar muhim o‘rin tutadi.

Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash


  • Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o‘rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf eta olmaydi.

  • O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy o‘sish daromadlarning ko‘payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutlaq miqdorda asta-sekin o‘sib boradi. Daromadlarning mutlaq miqdori ko‘payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig‘idan foydalaniladi


Yüklə 21,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin