Mavzu: Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favquloddavaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risidagi qonun bandlarini o'rganish. Reja



Yüklə 37,65 Kb.
səhifə3/4
tarix02.12.2023
ölçüsü37,65 Kb.
#137144
1   2   3   4
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favquloddavaziyatlardan muhofaza qilish to\'g\'risidagi qonun bandlarini o\'rganish

Zilzilaga qadar nima qilmoq kerak?
Xalq tilida “O’t balosi, suv balosi, bemahal falokat-kulfatdan asra” degan chuqur falsafiy ma’noga ega bo’lgan mulohaza mavjud. Bu, albatta, yaxshi niyat, yaxshi istak. Lekin quruq niyat bilan ish bitmaydi, falokat arimaydi. Shunga yarasha harakat, tayyorgarlik bo’lishi zarur. Insoniyat paydo bo’libdiki, uning boshiga birorta kulfat tushmaguncha, aksariyat hollarda bu to’g’rida o’ylamaydi, hatto xayoliga ham keltirmaydi. Boz ustiga, atrof muhitda, qo’shni xalq davlatda shunday vaziyat sodir bo’lsa uni bir ma’lumot sifatida qabul qiladi, o’zi ham shu vaziyatga tushib qolishi mumkinligi, shuning uchun ma’lum chora-tadbirlarni ko’rishi lozimligi to’g’risida ham mulohaza yuritmaydi.
Shunday vaziyatlardan biri - zilzila. Tundami, erta tongdami, ish stoli ortidami yer silkinishini sezganimizdayoq qalbimizni qo’rquv va vahima bosib Buyuk Yaratuvchiga sajdalar qilamiz. Vaholanki, biz yashab turgan uy (aksariyat ko’p qavatli) allaqachon turli kuchga ega bo’lgan zilziladan kafolatlangandir.
Turar joy maskanlari tabiiy sharoiti, jinslarning fizik-kimyoviy xususiyati, binolarning loyiha chizmalari chuqur o’rganib chiqilgandan so’ng qurilishga ruxsat beriladi. Afsuski, umumiy yashash qoidalari binolar aholiga topshirilgandan so’ng qo’pol ravishda buziladi. Hech kimga sir emaski, uyga ega bo’lishimiz bilanoq o’zimizning shaxsiy ehtiyojimizdan kelib chiqqan holda xonalarni o’zgartirishga berilib ketamiz, qo’shimcha ayvonlar solamiz, go’yo “ortiqcha” tuyulgan devorlar, burchaklar olib tashlanadi, ikkita xona bittaga aylantiriladi. Bunday holatga qatiyan chek qo’yish lozim. Aks holda bino zaif bo’lib qolishiga, uning turli ofatlarga, er deformasiyalanishiga bardoshliligi kamayib ketishiga sababchi bo’lamiz. Oqibati nimalarga olib kelishi o’zingizga ayon. Buning uchun uy-joylardan foydalanish qoidalarini, uy taqsimotidan oldin har bir yashovchining yoshini va ijtimoiy saviyasini inobatga olgan xolda tushuntirish ishlariga jalb qilib, o’zbilarmonchilik bilan ish yuritishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Ko’p qavatli binolarning o’ziga yarasha xususiyati, seysmik belbog’lari, xavfsiz burchaklari qaerda joylashganligi to’g’risidagi eslatmalarni har bir xonadon sohibiga etkazish zarur.
Tabiiy ofatlar, xususan, zilzila haqidagi tasavvurga maktab o’quvchisidan tortib rahbar xodimgacha ega bo’lishi kerak. Buning uchun, birinchidan, tabiiy fanlar bo’yicha maktab darsliklarida Vatanimizning geografik joylashuvi xaritasi bilan bir qatorda seysmik holatini namoyon qiluvchi chizmalar ilova qilinishiga erishish lozim. O’quvchi shu chizmalar asosida qaerda necha balli zilzila bo’lishi mumkinligini anglab oladi. Ikkinchidan, zilzila bo’lgan taqdirda aholi qanday tartibda harakat qilishi kerakligi to’g’risida, uyning qaysi joylari xavfsiz bo’lishini yoshligidanoq anglab yetsa, favqulodda vaziyatlarning birinchi talabi - sarosimaga tuShmaslik, vahimaga berilmaslik to’siqlarini yengib o’tadi.
“Zilzila emas, bino va uning predmetlari kishilar o’limiga sababchi bo’ladi”, - deydi muhandis-seysmologlar. Haqiqatda ham sarosima va vahimaga berilgan kishilar, qaltis harakat qilishi oqibatida qo’shimcha noxushliklarni paydo qiladi.
Yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda qo’shimcha quyidagilarni bilish zarur.
Uydagi gaz, suv, elektr tarmoqlarini xavfsizlantiradigan joylarni bilishlari, uy tibbiy xaltasi, unda birinchi tibbiy yordam uchun zarur bo’lgan dori-darmonlar, noxush vaziyat yuzaga kelganda birinchi xizmat ko’rsatish tashkilotlarining telefon raqamlari, uy jihozlaridan kitob javonlari, osma asboblarning mahkamligini nazorat qilish, maktab yoshidagi bolalarga zilzila vaqtida harakat qilish tartiblarini uqtirish, ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va boshqa ko’rsatmalardan har bir kishi boxabar bo’lishi shart. Buning uchun imkoniyatlardan to’liq foydalanish zarur. Ayniqsa, mahalla-guzarlarda, ishxona-maktablarda, radio-televidenieda ommabop shaklda suhbatlar tashkillashtirilsa, qisqa metrajli filmlar, fojialarni aks ettirilgan lavhalar berib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Umuman olganda turli xavfga tayyorgarlik choralarini ko’rish, uni oldini olish yoki keltiradigan zararni bir necha bor kamaytirishga olib keladi. Zilzila ro’y berganda biz turgan zamin xuddi “beshik” kabi tebrangandek bo’ladi. Tebranish bir necha soniyalar, kuchli zilzila bo’lsa bir necha daqiqalar davom etishi mumkin. Tebranishdan siz qo’rqib ketasiz, ammo kutib turishdan boshqa chorangiz yo’q. Siz osoyishta va aql-zakovat bilan ish ko’rsangiz, shikastlanmaslik darajangizni ancha yuqori ko’targan bo’lasiz. Ayniqsa, bu osoyishtalik orqali atrofingizdagilarga ijobiy ta’sir ko’rsatasiz va ular ham Siz kabi sarosimaga berilmasliklariga zamin tayyorlaysiz. Tebranishni sezgan vaqtingizda sekin-asta xavfsiz joyga harakat qilishingiz lozim, asosiy xavf binodagi osma anjomlardandir. Avvalo, tinchlaning, qaltis harakat qilmang, baqirmang va atrofdagilarni koyimang. Binoda bo’lsangiz xavfsiz joylardan: eshik kesakisi oralig’i, devor burchaklari, seysmik belbog’ ostilaridan birortasini egallang, boshqalarni ham shunday qilishga chaqiring. Deraza va chayqaluvchi og’ir buyumlardan uzoqroqda turing. Hech vaqt yuqori qavatdagi binodan chiqib ketishni o’ylamang. Aksincha tebranish o’tib ketguncha bino ichidan panoh qidiring. Kerak bo’lganda tebranish tugagandan so’ng binoni tark eting. Ko’p qavatli uyda tursangiz liftdan foydalanmang. Zinapoyadan foydalanishda qo’pol harakat qilmang, boshqalarni ham tinchlantiring. Seysmik bardoshi kam bo’lgan, g’ishtli va xavfli binolarda bo’lsangiz, zudlik bilan tashqariga chiqing. Bunda elektr tarmoqlari, buyumlar harakatidan ogoh bo’ling. Ochiq joyda bo’lsangiz binolarga, elektr tarmoqlariga yaqin turmang. Transportda bo’lsangiz ochiq joyda to’xtating, tebranish o’tib ketguncha kuting. Tebranish qaytarilgudek bo’lsa hayron bo’lmang. Odatda birinchi zarbadan so’ng qayta zarbalar bo’lishi muqarrar. Ular hatto bir necha kunlargacha davom etadi. Ayrim holatda qayta tebranishlar ham bino va inshootlarga katta zarar yetkazadi. Eng muhimi, asabbuzarlikka berilmang, osoyishtalik va xotirjamlik bilan ish tuting. Bu zilzila vaqtida qanday harakat qilishning asosiy qoidalari edi. Endi zilzila bo’lib o’tgandan so’ng nimalarga e’tibor berish lozimligi to’g’risida ikki og’iz eslatma. Tebranish tugagandan so’ng bino va inshootlarda buzilish, shikastlanish yuzaga kelishi natijasida insonlar ham jiddiy zarar ko’radi. Eng muhimi avvalo osoyishtalikni saqlagan holda jarohatlanganlarga yordam berish lozim. So’ngra yong’in va boshqa noxushlik yuzaga kelgan bo’lsa tegishli joylarga xabar berish kerak.

Yüklə 37,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin