O`tilgan dars
Murakkab siniq qirqim
O'qituvchi: har qaysi guruhga uchtadan savol va ikkitadan test tarqatadi.
Savollar:
Qirqimlarni necha turga bo`lib o`rganiladi?
Frontal qirqim deb qanday qirqimga aytiladi?
Oddiy qirqim necha turga bo`linadi?
Mahalliy qirqim deb qanday qirqimga aytiladi?
Qiya qirqim deb qanday qirqimga aytiladi?
Murakkab qirqim deb qanday qirqimga aytiladi?
Murakkab qirqim necha turga bo`linadi?
Siniq qirqim deb qanday qirqimga aytiladi?
Pog`onali qirqim deb qanday qirqimga aytiladi?
T est savollari:
Yangi mavzuning bayoni:
Aksonometrik tekislik deb ataluvchi tekislikka buyumning koordinata o'qlari bilan birga tushirilgan parallel proyeksiyalariga aksonometriya deb aytiladi. «Aksonometriya» grekcha so'z bo'lib, o'zbekchasiga «O'qlar bo'ylab o'lchash» ma'nosini bildiradi. Bunda proyeksiyalovchi nurlarning yo'nalishi turlicha bo'lishi mumkin, ammo koordinata o'qlari yo'nalishi bir xil bo'lmasligi kerak. Sizlar aksonometrik proyeksiyalarning faqat ikki turi: Qiyshiq burchakli frontal dimetrik va to'g'ri burchakli izometrik proyeksiyalari bilan tanishgansiz. Bugun esa o`sha aksonometrik proyeksiyalarga qirqimlar berishni yana puxtaroq o`rganish uchun amaliy mashg`ulotlar bajaramiz. Dastlab, 1-a rasmda ko`rsatilganidek x, y, z o`qlarini chizib olinadi. O`qlarga detalning bo`yi, eni, qalinligini qo`yib, izometrik proyeksiyasini hosil qilinadi. 1-b rasmda ko`rsatilganidek, detalning old va chap tomonlarining o`rtasi aniqlanib, markaziga chiziq tortiladi. Old va chap tomon o`rtalaridan z o`qqa nisbatan parallel tushuriladi.
1-rasm
1-c rasmda ko`rsatilganidek, detalning to`rtdan bir qismidagi qirqim yuzallari hosil qilindi. 1-d rasmda esa, hosil bo`lgan qirqim yuzasini shtrixlab olinadi. Endi bir oz soddaroq detaldan yana birini aynan shu tarzda tasvirlab chiqamiz.
2-rasm
Detalning izometrik proyeksiyasida qirqim bajarish ketma-ketligini videoproyektor orqali katta ekranda namoyish etiladi. Namoyish etilagan cizmada ketma-ketlikni o`rni almashtirib qo`ilgan bo`ladi. O`quvchilar uni o`rni o`rniga joylab, uchinchi rasm holatidagidek ko`rinishni hosil qilishadi.
3-rasm
O`quvchilar yangi mavzuni qanchalik o`zlashtirishganligini bilish uchun 4-rasmni namoyish etiiladi. Guruhlardan bittadan o`quvchi chiqib, ushbu rasmdagi yo`l qo`yilgan xaato va kamchiliklarni aytib o`tadilar.
1 – guruh Arxitektor guruhi a`zolari chizmadagi noto`g`ri bajarilan chiziq turlarini aniqladilar.
2 – guruh Dizayn guruhi a`zolari chizmadagi frontal proyeksiyadagi frontal qirqimni shtrixlashdagi xatolikni aniqladilar.
3 – guruh Muhandis guruhi a`zolari chizmadagi aylana va ovallarning bajarilishida chiziq turlariga ahamiyat berilmaganligini ta`kidlab o`tdilar.
Yana shuning bilan birgalikda chizmada raqamlar va harflarning yozilishi, ko`rsatkichlarning chizilishi, ovallarning bajarishdagi xatoliklarni aniqlab o`tdilar.
Yangi mavzuni mustahkamlash
4-rasm
O`qituvchi o`quvchilarni aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlarni tasvirlash bo`yicha amaliy mashg`ulotlar bajarish bosqichlari haqida tushunchalarni qay darajada o`zlashtirib borayotganliklarini bilish maqsadida yana bir sinov usulini o`tkazadi.
5-rasm
Buning uchun 5- va 6- rasmlardagi izometrik tasvirdagi ko`rsatilgan qirqimga asosan chizmaning gorizontal proyeksiyasiga zaruriy qirqim va chiziqlarni chizish lozimligini uqtiradi.
O`quchilar berilgan signalga ko`ra ish daftarlariga yuqoridagi chizmaning frontal proyeksiyasidagi qirqim yuzasini shtrixlab, kerakli chiziqlar bilan to`ldiradilar.
6-rasm
Ijodiy testlar
Detalni bittadan ortiq tekislik orqali kesih natijasida hosil bo`lgan qirqimni qanday qirqim deb ataladi?
Oddiy qirqim b) Murakkab qirqim
c)Frontal qirqim d)Mahalliy qirqim
2. Detalni o`zaro kesishuvchi tekisliklar bilan kesishish natijasida hosil bo`lgan qirqimni qanday qirqim deb ataladi?
a) qiya qirqim b) pog`onali qirqim
c) siniq qirqim d) profil qirqim
3. Detalni bir-iriga parallel bo`lgan tekislik bilan kesih natijasida hosil bo`lgan qirqimni qanday qirqim deb ataladi?
a) siniq qirqim b) profil qirqim
c) qiya qirqim d) pog`onali qirqim
Dostları ilə paylaş: |