Mavzu: Aleksandr Sergeyevich Pushkin asarlari



Yüklə 26,27 Kb.
səhifə1/3
tarix09.03.2022
ölçüsü26,27 Kb.
#114797
  1   2   3
Pushkin ma\'ruza matni


Ajiniyoz nomidagi NDPI ning Boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo’nalishi 3-V guruh talabasi Endirboyeva Dilshodaning

Ona tili va bolalar adabiyoti fanidan

MUSTAQIL ISHI

Topshirdi: Endirboyeva D

Qabul qildi: Aldasheva Sh

NUKUS-2022 yil



Mavzu: Aleksandr Sergeyevich Pushkin asarlari.

REJA.


1.A.S.Pushkin hayoti va ijodi.

2.A.S.Pushkin ijodi,asarlari.

3.A.S.Pushkin “Baliqchi va baliq haqida ertak”.

Ulugʻ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi, va nasr yozuvchi Aleksandr Sergeyevich Pushkin 1799-yil 26-may Moskva shahrida tavallud topgan.Otasi Sergey Lvovich qadimiy dvoryanlar avlodidan, gvardiya ofitseri boʻlib, fransuzcha she'rlar yozib turardi. Onasi Nadejda Osipovna Pyotrning tarbiyasida boʻlgan habash A.P. Gannibal (asli ismi Ibrohim) ning nevarasi edi. Ota-onasi yosh Pushkinni buvisi Marya Alekseyevna va enagasi Arina Rodionovna tarbiyasiga topshirgan. Uning amakisi Vasiliy Lvovich oʻsha davrning koʻzga koʻringan shoirlardan boʻlib, Pushkinlarnikiga taniqli shoirlar tez-tez mehmon boʻlib kelardi. Bu muhit Pushkinda she'riyatga havas uygʻotdi. 1811-1817-yillarda u Sarskoe selodagi litseyda ta'lim olgan. Pushkinning dastlabki she'ri matbuotda 1814-yildayoq bosilgan edi. 1833-yil dekabrida Nikolay I Pushkinni kamer — yunker qilib tayinlagan. 1837-yilda yosh fransuz ofitseri Jorj Dantes bilan duelda Pushkin ogʻir yaralanib, vafot etadi.

Pushkinning koʻplab asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Boris Godunov», «Dubrovskiy», «Kavkaz asiri» Choʻlpon tomonidan (1936-37), «Yevgeniy Onegin» Oybek tomonidan (1937), «Boqchasaroy fontani» Usmon Nosir tomonidan (1937), «Kapitan qizi» Abdulla Qahhor tomonidan (1939), «Ruslan va Lyudmila» Mirtemir tomonidan (1948) tarjima qilingan).

Pushkinning dastlabki sheʼrlari 1813-yilda matbuot yuzini ko’rdi. U litseyda oʻqib yurgan kezlarida 120 ga yaqin sheʼr va 2 doston (tugallanmagan) yozadi. Litsey bilan xayrlashuv kechasiga bagʻishlangan sheʼri esa shu kechada qatnashgan G. R. Derjavint yuksak bahosiga sazovor bo’lib, u Pushkinning buyuk shoir boʻlib yetishishini bashorat qiladi. Keyinchalik Pushkinning rus jamiyatida uygʻonib borayotgan erksevarlik kayfiyati taʼsirida "Erkinlik" (1817), "Chaadayevga" (1818), "Qishloq" (1819) singari sheʼrlarni yaratadi.Pushkinga qadar rus sheʼriyatida qasida, marsiya, xat singari har bir sheʼriy janr klassitsizm tomonidan belgilangan qatʼiy qonun-qoidalar asosida yozilgan. Pushkin itsey lirikasidan farqli oʻlaroq, Peterburg davri ijodida sheʼriy janrlar o’rtasidagi chegaralar va uslubiy farqlarni bartaraf etib, rus sheʼriyati taraqqiyoti uchun yangi badiiy ufqlarni ochib bergan ("Ruslan va Lyudmila", 1820).

Pushkin ijodining tadrijiy yo’lini shartli ravishda 4 bosqichga ajratish mumkin. Agar 1813—1816-yillarni o’z ichiga olgan l-bosqichda Pushkin o’z zamondoshlarining badiiy tajribasini oʻzlashtirgan boʻlsa, 2-bosqich (1817—1820) da Pushkin ijodining gʻoya va mavzular olami kengayib, u oʻz uslubiga erishish yoʻlida badiiy izlanishlar olib borib, ki-tobiy til bilan jonli xalq tilini o’zaro yaqinlashtirdi. 1820—1824 yillar ijodida (3-bosqich) romantizm ustuvorlik qildi. Ammo ko’p o’tmay, Pushkin qahramonni poetiklashtirish va voqelikni ehtiros bilan tasvirlashda davom etgan holda romantik tasvir metodidan chekindi. Pushkin ijodining 1825 yildan boshlangan 4-bosqichida obrazlar va mavzular ko’lamini chegaralashning har qanday ko’rinishini rad etuvchi, fikr bilan tuygʻuni, haqiqatni tadqiq etish bilan "jonli tasavvur"ni oʻzaro uygʻunlashtirishga asoslangan realistik tizimni ishlab chiqdi. Pushkinning rus jamiyatidagi erksevar kuchlar taʼsirida yozilgan zulm va krepostnoylikni fosh etuvchi sheʼrlari chor hukumatida norozilik kayfiyatini uygʻotdi. 1819 yilda Pushkinning "Yashil chirok" tugaragida ishtirok etishi esa Aleksandr I ni nihoyatda gʻazablantirdi. U 1820 yil mayida Pushkinni Yekaterinoslavga surgun qildi. Shoir Yekaterinoslavga yetib kelishi bilan xastalikka yoʻliqadi va ittifokr shu yerda qoʻnoqda boʻlgan general N.N.Rayevskiyning oilasi bilan birga dastlab Kavkazga, keyin Qrimga yoʻl oladi.

Rossiyaning janubida yashash Pushkin ijodida yangi davrning boshlanishiga imkon berdi. U dastlab J. Bayron taʼsirida romantik dostonlarini yozdi. Pushkin romantizmining ilk namunasi — "Kavkaz asiri" dostoni (1820—1821) 20-yillardagi erksevar yoshlar kayfiyatini ifodalagani uchun ular oʻrtasida katta muvaffaqiyat qozondi. Pushkin voqelikni romantik boʻyoqlar bilan tasvir etishda davom etib, "Aka-uka qaroqchilar" (1821—1822) va "Boqchasaroy fontani" (1923) dostonlarini yaratdi. "Loʻlilar" dostoni esa Pushkinning ijodiy tadrijida roʻy bergan jiddiy burilishning samarasi boʻldi. Pushkining romantik dostonlari va shu yillar lirikasi ("Demon", "Dengizga" va boshqalar) yagona gʻoyaviy badiiy yoʻnalishga ega boʻlib, ular psixologik tasvirning teranligi, ruhiy olam, tabiat va tevarak-atrofdagi hayotiy hodisalar oʻrtasidagi aloqalarning rang-barangligi bilan ajraladi.

1824 yil Pushkin xizmat vazifasidan ozod etilib, Mixaylovskoye qishlogʻi (Pskov) ga surgunga yuboriladi. Ikkinchi marta tazyiqqa uchragan shoir qisqa muddatli ruhiy ezilishdan soʻng mutolaaga berilib, shu atrofdagi aholining ertak va qoʻshiklarini toʻplaydi, "Boris Godunov" tragediyasi (1825), "Graf Nulin" dostoni, "Qurʼonga ta-tabbu", "Andrey Shenʼye", "19-oktyabr" va boshqa mashhur sheʼrlarini yozadi, "Yevgeniy Onegin" sheʼriy romani ustidagi ishni davom ettiradi. "Boris Godunov" Pushkinning dramaturgiya sohasidagi dastlabki tajribasi boʻlsada, shoir unda Shekspir anʼanalariga tayangan holda dramatik sanʼatning yangi yoʻllarini kashf etadi, xalq bilan hoki-miyat oʻrtasidagi munosabatni asar markaziga olib chiqadi. "Boris Godunov"ni yaratish asnosida ishlab chiqilgan badiiy tamoyillar (tarixiylikka institutilish, insoniy kechinmalarni barcha ranglari bilan mujassamlashtirish, xarakterlarga xos hayotiy murakkablikni ochish va boshqalar) Pushkinning keyingi ijodida oʻz samaralarini berdi.

20-yillar oxiri — 30 yillar boshlarida Pushkin ijodida realizm tantana qilib, u "Graf Nulin"dan tashqari, "Poltava" (1828—1829), "Kolomnadagi uy" (1830), "Mis chavandoz" (1833) dostonlari va keyinchalik shoirning "kichik tragediyalar"ini tashkil etgan baʼzi bir pyesalari hamda nasriy asarlari ("Belkin qissalari", "Kapitan qizi" va boshqalar)ni yaratadi. Pushkin shu davrda lirikada badiiy realizmning yuksak bosqichiga erishadi.

20-yillarning 2yarmida Pushkin "Yevgeniy Onegin" ustidagi ijodiy ishini davom ettirdi. Sheʼriy romanning 1833 yilda toʻla holda nashr etilishi rus adabiyoti tarixida ulkan voqea boʻldi. Garchand sheʼriyatning bu janri rus adabiyotida keyinchalik izchil davom ettirilmagan boʻlsada, bu asarda kashf etilgan yangi realistik tasvir metodi va yangi estetika tamoyillari rus adabiyotining keyingi taraqqiyoti uchun gʻoyat katta ahamiyatga moyilik boʻldi. Pushkin asarda polifonik tasvir usulining shunday yoʻllarini topdiki, ular voqelikni keng qamrab olish, muhim hayotiy muammolarni tasvir doirasiga olib kirish, epik va lirik ibtidolarni uzviylashtirish imkonini berdi. Natijada romanda Pushkin yashagan davrning muhim masalalari oʻz inʼikosini topdi, oʻsha davrda keng tarqalgan kishilar harakteri tarixiy, ijtimoiy va maishiy sharoit fonida zoʻr mahorat bilan tasvir etildi.

Pushkin 1830-yil kuzini Boldino qishlogʻida oʻtkazdi. Rus adabiyoti tarixiga "Boldino kuzi" sifatida kirgan bu davrda shoir "Kolomnadagi uy" dostoni, "Belkin qissalari", shuningdek, boshqa "kichik tragediyalar"ini ijod qildi. Bu asarlarning har biri, ayniqsa, "Xasis ritsar", "Oʻlat chogʻidagi bazm", "Tosh mehmon", "Motsart va Salyeri" "kichik tragediyalar"i olamshumul ahamiyatga molik masalalarni koʻtarganligi bilan Pushkin ijodida alohida bir sahifani tashkil etadi.

Pushkin 1831-yil yozida sharoit taqozosi bilan davlat idoralarida ishlashga majbur boʻladi. U tashki ishlar kollegiyasida xizmat qilar ekan, davlat arxivida ishlash imkoniyatidan foydalanib, Buyuk Pyotr tarixini yozmoqchi boʻladi. Arxivda ishlash Pushkinga Rossiyaning tarixi va hozirgi davridagi murakkab masalalarni toʻgʻri tushuntirish imkonini beradi. U siyosiy tuzum, "yangi maʼrifat", Yevropa mamlakatlari mohiyati toʻtrisida oʻylab, tanqidiy xulosalarga keladi va feodal tuzumning chiriganiga ishonch hosil qiladi. Pushkinning "Mis chavandoz" dostoni uning dunyoqarashida roʻy bergan ana shunday oʻzgarishlarning natijasi sifatida maydonga keladi. Rossiyaning yangi, kapitalistik taraqqiyot bosqichiga oʻta boshlagani Pushkinning "Pikovaya dama" (1833) qissasida oʻz tajassumini topgan.

Pushkin 30-yillar Rossiya tarixi bilan qiziqib, Pugachyov qoʻzgʻolonining paydo boʻlish sabablarini qunt bilan oʻrgandi, qoʻzgʻolon sodir boʻlgan joylarga borib, rus xalq qoʻshiqlari, ertak va rivoyatlarni yozib oldi. Pushkin Pugachyov qoʻzgʻoloni haqida toʻplagan bu materiallardan "Pugachyov tarixi" asari (1833), "Dubrovskiy" (1832—33) va "Kapitan qizi" (1833—36) qissalarida samarali foydalandi. Rus xalq ogʻzaki ijodi namunalariga qiziqish natijasida Pushkinning "Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak" (1830), "Shoh Sulton haqida ertak" (1831), "Baliqchi va baliq haqida ertak" (1833), "Oltin xoʻrozcha haqida ertak" (1834) singari folklor motivlari bilan sugʻorilgan asarlari maydonga keldi va bu asarlar Pushkin ijodi dagi xalqchillikning yanada oshishiga sababchi boʻldi.

Pushkin 1831-1832 yillarda doʻstlari tomonidan nashr etilgan "Literaturnaya gazeta" ("Adabiyot gazetasi")da faol ishtirok etib, adabiyotda xalqchillik va realizmning tantana qozonishi uchun kurashdi. Uzoq davom etgan saʼy-harakatdan soʻng 1836-yil aprelida "Sovremennik" ("Zamondosh") jurnalining 1sonini chiqarishga muvaffaq boʻldi. Pushkinning rus adabiyoti oldidagi xizmatlari buyuklashgan va ijodiy faoliyati yangiyangi qirralar kasb etib borgani sayin uning atrofidagi qora kuchlar tobora birlasha va faollasha boshladilar. Shuning natijasi oʻlaroq uning J. Dantes bilan dueli uyushtirilib, ulugʻ rus shoiri halok etildi.

Pushkinning rus ma’daniyati taqdiridagi roli benihoya buyuk. U yangi rus adabiyotiga asos solish bilan birga rus adabiy tilining ham shakllanishiga ulkan hissa qoʻshdi. Rus adabiyotida realizm va xalqchillik tamoyillarining, qator sheʼriy janrlarning shakllanishi va taraqqiyoti Pushkin nomi bilan chambarchas boglik, Pushkinning rang-barang ijodi nafaqat keyingi rus adabiyoti, balki musiqa, teatr, balet, rangtasvir singari sanʼat turlarining ham rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Boshqa qardosh adabiyotlar qatori 20-asr oʻzbek adabiyetining taraqqiyotida ham Pushkin ijodining taʼsiri sezilarlidir.Toshkentda Pushkin nomida koʻcha, maydon bor. Pushkinning tug’ilgan kuniga 170 yil to’lishi munosabati bilan 1969-yil Toshkent shahrida shoirga haykal oʻrnatilgan.



«Baliqchi va baliq haqida ertak» (1833) dostonida shoir pok muhabbat mangu bo‘lishini orzu qiladi.Boylik, mansab deb o‘tgan kunni unutmaslikni istaydi. Bundan tashqari, kimki halol peshona ter to‘kib
boylik orttirsa, birovlar hisobiga boyiydigan bo‘lsa,bu boylik hech qachon yuqmasligini, birovniki birovnikiligicha qolib ketishini kampir qismati bilan bog’lab hikoya qiladi. Yer yuzi, butun olam
hukmroni bo‘lib olgan kampir cholni mensimaganligi uchun ochko‘z va badbaxtligicha qolib ketaveradi.



Yüklə 26,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin