Alell va alell bo’lmagan genlarning o’zaro ta’sirini tahlil qilish
Komplementar irsiylanish
Komplementar degan atama – lotinchi complement – to‘ldiruvchi degan ma’noni anglatadi. Komplementar irsiyla- nishda belgini rivojlanishiga bir asosiy gen, ikkinchi to‘ldiruvchi gen ta’sir qiladi.
Komplementar irsiylanishiga misol qilib qush boquvchi havaskorlarga tanish bo‘lgan avstraliya xoldor to‘tilarining pat rangini irsiylanishini olish mumkin.
Xoldor to‘tilarning pat rangi oq, sariq, havorang, yashil bo‘ladi. Agar havorang patli to‘ti oq patli to‘ti bilan chatishti- rilsa, birinchi avlodda patning havorang belgisi dominantlik qiladi. Birinchi avloddagi erkak va urg‘ochi havorang to‘tilar o‘zaro chatishtirilsa, olingan ikki avlod to‘tilar orasida esa 75% havorang, 25% oq rangli bo‘ladi. Xuddi shunday holatni biz sariq patli to‘tilar bilan oq patli to‘tilarni chatishtirganda ham ko‘ramiz. Bu tajribada birinchi avlod to‘tilari sariq patli bo‘lib, ularning erkak, urg‘ochilari bir-birlari bilan chatishtirilsa, hosil bo‘lgan ikkinchi avlodda 75% to‘tilar sariq, 25% to‘tilarning pati rangi oq bo‘ladi. Har ikki tajriba tafsilotini tahlil qilib, xoldor to‘tilarda pat rangi bittadan gen ta’sirida rivojlanadi degan xulosaga kelish mumkin. Ammo mazkur xulosa havorang patli to‘tilar bilan sariq patli to‘tilarni chatishtirishda o‘z tasdig‘ini topmaydi. Chunki keyingi chatishtirishdan olingan bi- rinchi avlod to‘tilarining pati yashil rangda bo‘ladi. Ularning erkak va urg‘ochilarini chatishtirib olingan ikkinchi avlodda esa, xuddi diduragay chatishtirishga o‘xshash 4 ta fenotipik sinf, ya’ni 9 ta yashil, 3 ta havorang, 3 ta sariq, 1 ta oq patli to‘tilar rivojlanadi (10-rasm). Olingan natijaga asoslanib yashil patli to‘til arning pat rangi ikkita gen ta’sirida rivojlanadi degan xulosaga kelish mumkin. Mazkur xulosani to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanlig ini tekshirish uchun ikki xil taxminni ilgari suramiz. Birinchi taxmin havorang pat ikkita dominant, oq pat ikkita re- tsessiv gen ta’sirida rivojlanadi deb o‘ylasak, u holda duragaylarning ikkinchi avlodida xuddi diduragaylardagi kabi natija 9:3:3:1 fenotipik nisbat olinadi. Lekin amalda esa yuqorida keltirilgandek ular ikki xil fenotipik sinf hosil qiladi va nisbati 3:1 ga teng bo‘ladi. Shuni e’tiborga olib ikkinchi taxminni ilgari suramiz va havorang pat genotipini AAbb, oq pat genotipini aabb, sariq pat genotipini aaBB genlar bilan belgilab chiqamiz. Mana shunday genotipli to‘tilar o‘zaro chatishtirilsa, yuqorida qayd qilingandek natija olinadi.
fen havorang oq
P gen AAbb x aabb
gam
Ab
ab
fen
havorang
havorang
F1 gen
Aabb x
Aabb
gam
Ab ab
Ab ab
F2 fen
havorang
havorang
havorang
oq
gen
AAbb
Aabb
Aabb
aabb
fen
sariq
oq
P gen
aaBB x
aabb
gam
aB
ab
fen
sariq
sariq
F1 gen
aaBb x
aaBb
gam
aB ab
aB ab
F2 fen
sariq
sariq
sariq
oq
gen
aaBB
aaBb
aaBb
aabb
Mazkur tajribalar orqali birinchidan havorang, sariq, oq patli to‘tilarning genotipi, ikkinchidan havorang, oq, sariq, oq patli to‘tilarni chatishtirganda patning havorang va sariq rang belgisi dominant, oq rang belgisi retsessiv ekanligi, uchinchi-
AAbb 10-rasm. To‘tilarda komplementar holda irsiylanish. Abb – havorang; aaB – sariq; A-B – yashil; aabb – oq.
dan domi nant belgili to‘tilar retsessiv belgili to‘tilar bilan chatishtirilganda ikkinchi avlod duragaylar 3:1 nisbatda xilmaxillik berishi aniqlandi. Dominant belgili ikki xil havorang va sariq patli to‘tilarni chatishtirish va F1 F2 duragaylarni tahlil qi- lish yo‘li bilan yashil patli to‘tilarni olish mumkinligi Pennet kataklaridagi fenotipik, genotipik sinflarni tahlil qilganda ko‘zga yaqqol tashlanadi.
fen
havorang
sariq
P gen
AAbb
aaBB
gam
Ab
aB
F1 fen
yashil
yashil
gen
AaBb x
AaBb
Komplementar irsiylanishning eng xarakterli tomoni bu – har xil genotipli ikki organizmlarning chatishtirishdan olingan bi rinchi avlodda ota-onaga o‘xshamagan yangi belgini rivojla- nishidir.
Komplementar irsiylanishning ikkinchi avlodida hamma vaqt to‘rt xil fenotipik sinf rivojlanmaydi. Ayrim holatlarda uchta yoki ikkita fenotipik sinf ham rivojlanadi. Keyingi holatlar fenot ipi o‘xshash genotipi turlicha bo‘lgan organizmlarni cha tishtirishda kuzatiladi. Masalan hidli no‘xatning genotipi har xil, lekin gultoji barglari oq navlarini chatishtirishdan olingan birinchi avlodda guli qizil rang, ular o‘zaro chatishtirilganda hosil bo‘lgan F2 o‘simliklarning 9/16 qizil, 7/16 oq rangli bo‘ladi.