Mavzu: alisher navoiy aruzi


Mavzu: NAVOIY „XAMSA“SINING VAZN XUSUSIYATLARI. BADIIY SAN’ATLAR VA ULARNING NAVOIY SHE’RIYATIDAGI O‘RNI. NAVOIY IJODIDA QOFIYA TIZIMI



Yüklə 78,5 Kb.
səhifə4/6
tarix17.04.2023
ölçüsü78,5 Kb.
#125496
1   2   3   4   5   6
10-Mavzu

Mavzu: NAVOIY „XAMSA“SINING VAZN XUSUSIYATLARI.
BADIIY SAN’ATLAR VA ULARNING NAVOIY SHE’RIYATIDAGI O‘RNI.
NAVOIY IJODIDA QOFIYA TIZIMI
Alisher Navoiy “Xamsa”si tarkibiga kiruvchi dostonlar vaznini o‘rganish shoir badiiy
mahoratining yana bir muhim qirrasi haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Zero, dostonlarda vazn va u orqali ritm obraz yaratishning asosiy vosi- talaridan bo‘lib, muallif g‘oyaviy
niyati, qahramonlar ruhiyati, voqealar rivoji va umuman badiiy asar mazmuniga ko‘p jihatdan
bog‘liqdir. Sharqshunos olim N.Konrad Navoiy “Xamsa”si haqida gapirar ekan, ritmlardagi har
xillik jihatidan bu besh dostonni musiqa ilmidagi pentatonikaga o‘xshatgan edi. “Biri - haqiqiy
major, ikkinchisi - haqiqiy minor; uchinchisi - majorga “yaqinlashayotgan”, to’rtinchisi - “minorga
yaqinlashayotgan” va nihoyat beshinchi doston major va minorning ajralmas birligidir”. Garchi
Navoiy “Xamsa”si forsigo‘y salaflari Nizomiy va Dehlaviy dostonlariga nazira tarzida vujudga
kelgan bo‘lsa-da, Navoiy o‘z “Xamsa”si misolida an’anaviy shakl doirasida ham yangi fikr ayta
olish imkoniyatini, belgilab berilgan shakllarni jilvalantirish usullari mavjudligini ko‘rsatib berdi.
Xususan, “Xamsa” dostonlari uchun awaldan qat’iy belgilab qo‘yilgan she’riy o‘lchovlarning vazn
xususiyatlaridan foydalanib, o‘z g‘oyaviy niyatini amalga oshirdi. Dastawal, “Xamsa” vaznlarining
turkiy epik she’riyatda qo'llanilish ko‘lamiga va Navoiyning bu sohadagi novatorligi bilan bog‘liq
jihatlarga e’tibor qaratsak.
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi doston “Hayrat ul-abror” Nizomiy dostoni singari
sari’ bahrining sariyi musaddasi matviyi makshuf vazni (afoyili va taqti’i: muftailun muftailun
foilun, —W—/—W—/-V-) da yaratilgan. 0‘zbek adabiyotida Navoiygacha bu vazn Durbekka nisbat
beriladigan “Yusuf va Zulayxo”, Haydar Xorazmiyning “Maxzan ul-asror” (“Gulshan ul-asror”)i va
Sayyid Qosimiy dostonlarida qo‘llanilgan edi.
So'nggi ikki muallifning dostonlari Nizomiy “Maxzan ul-asror”iga bevosita javob bo‘lganligi
uchun ushbu dostonlarda mazkur she’riy o‘lchov qo'llanilgan. Sayyid Qosimiyning “Gulshani roz”
dostoni garchi Nizomiy dostoniga javoban yozilmagan bo‘lsa-da, mazmuniga ko‘ra pandnoma
ruhidagi doston bo'lganligi uchun unda aynan shu mavzudagi dostonlar uchun mo'ljallangan sari’
bahridan foydalanilgan. A.Rustamov sari’ bahri pand-nasihat ohangiga ega bo’lgan bahr bo’lganligi
uchun “Xamsa”larning birinchi dostoni shu she’riy o’lchovda yaratilgan, degan fikrni bildiradi.
Haqiqatan ham, sari’ bahri epik poeziya vaznlari orasida eng yengil va o’ynoqi ohangga ega
boMgan vazn hisoblanadi. Pand-nasihat ruhidagi fikrlarning kitobxon tomonidan malol
kelmaydigan darajada qabul qilinishiga crishish uchun aynan shunday ohangdagi she’riy o’lchov
zarur nil. liar Ikkala holatda ham dostonlar uchun tanlangan she’riy o’lehov анаг mavzusiga
mutanosib ekanligini ko’rish mumkin.
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ikkinchi doston “Farhod va Shirin” 1484 yilda yozib
tugallanadi. Unda an’anaviy hazaji musaddasi mahzuf (afoyili va taqti’i: mafoiylun mafoiylun
fauvlun, V /V /V ) vazni qo’llanilgan. O‘zbek epic poeziyasida mazkur vaznning ilk bor
istifoda etilishi Xorazmiy nomi bilan bog’liq. Uning 1353-1354-yillarda yaratilgan
“Muhabbatnoma” dostoni shu vaznda yaratilgan edi. Alisher Navoiy o’zining “Mezon ul-avzon”
asarida turk xalqida “Muhabbatnoma" dab atalgan qo’shiq borligini va mazkur qo’shiqning o'lchovl
hi/, yu<|orida tilga olgan vazn bilan mutanosib kelishini ta’kldlaydi: “Vn yana lurk ulusida bir
suruddurkim, ani “muhabbatnoma" derlar, ul liazaji musaddasi maqsur bahridadur va xolo
matruqdur, budur (bayt) :
Meni og'zing uchun shaydo qilibsen,
Manga yo'q qayg'uni paydo qilibsen”.
Xorazmiydan keyin bu vazn turkiy adabiyotda ishqiy mavzudagi dostonlarning asosiy she’riy
o'lchovi bo‘lib qoldi. Xususan, Amiriy “Dahnoma”si, Said Ahmad “Taashshuqnoma”si, Xo‘jandiy
96
“Latofatnoma”si, Sayfi Saroyining “Suhayl va Guldursun”i, Haydar Xorazmiy “Gul va Navro‘z”i,
Sayyid Qosimiyning “Haqiqatnoma” va “Ilohiynoma” dostonlari shu vaznda yaratilgan edi. Ushbu
dostonlardan Nizomiy “Xisrav va Shirin”iga javob tarzida yaratilgan turkiy doston Alisher
Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni hisoblanadi. Navoiy mazkur dostonni yaratishda Nizomiy
dostonidan ta’sirlangan holda turkiy adabiyotda o’zigacha yaratilgan ishqiy dostonlardan ham
muayyan darajada foydalandi.
Navoiy “Xamsa”sidagi “Layli va Majnun” dostoni hazaj bahrining hazaji musaddasi axrabi
maqbuzi mahzuf
(afoyili va taqti’i: maf’ulu mafoilun fauvlun, V/V - V -/V ) vaznida yaratilgan.
0‘zbek epik poeziyasida Navoiygacha Layli va Majnun muhabbati bilan bog‘liq mavzu
ishlanmagan edi. Navoiy bu mavzuni birinchilardan bo‘lib qalamga oldi va undagi she’riy o‘lchov -

Yüklə 78,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin