Mavzu: amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash. Reja



Yüklə 172,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix23.09.2022
ölçüsü172,62 Kb.
#117930
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-MA\'RUZA



Mavzu:AMALIY DASTURIY TA’MINOT. AMALIY DASTURLAR 
PAKETI BILAN ISHLASH.
Reja: 
1. Amaliy dasturiy ta’minot tushunchasi. 
2. Amaliy dasturiy ta’minot turlari. 
3. Amaliy dasturiy paketlar bilan ishlash. 
 
Tayanch tushunchalar: Amaliy dasturlar, Matn muharrirlari, Matn 
protsessorlari, MBBT, instrumentariy, kommunikatsion texnologiyalar. 
 
Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchi aniq bir vazifalari (ilovalari)ni ishlab 
chikish va bajarish uchun mo'ljallangan. Amaliy dasturiy ta’minot tizimli DT, 
xususan, operasion tizimlar boshqariluvi ostida ishlaydi. Amaliy DT tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
-turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari; 
-foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari. 
Amaliy dasturlar paket (ADP)lari sinfiga quyidagilar oiddir: 
-matnli (matnli prosessorlar) va grafik muharrirlar
-elektron jadvallar 
-ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); 
-integrasiyalangan paketlar; 
-CASE-texnologiyalar; 
-eksport tizimlar kobiklari va sun’iy intellekt tizimlari. 
Matn muharrirlari. Amaliy dasturlarning bu toifasining asosiy vazifasi matnga 
ma’lumotlarni kiritish va tahrir qilishdan iboratdir. Ushbu dasturlarning qo'shimcha 
vazifalari kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni 
kiritish, chiqarish va saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy 
ta’minotni ishga tushiradi (chaqiradilar) va undan foydalanadi, lekin bu amaliy 
dasturlarning hammasi uchun xos va bundan keyin ham bu faktni maxsus ravishda 
ko'rsatib o'tirmaymiz. 
Odatda, dasturiy ta’minot bilan tanishishni amaliy dasturlarning ish toifasidan 
boshlanadi va kompyuter tizimi bilan o'zaro aloqaning birinchi amaliy ko'nikmalarini 
hosil qilinadi. 

Yüklə 172,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin