Ikki o’lchovli grafika.
MATLABda ikki o’lchovli grafiklarni chizishda asosan quyidagi buyruqlardan foydalaniladi:
loglog, polar, stairs, area, pcolor, line, pie, plot, semilogx, comet, bar, fill, colormap, ribbon, pie3, strips, semilogy, stem, barh, patch, rectangle, scatter, errorbar, imagesc va h.k.;
Chizilgan grafiklar va grafik oynalarni loyihalash va boshqarishda grafik oyna menyu va uskunalar paneli elementlari hamda quyidagi buyruqlar orqali amalgam oshiriladi:
grid, axis, hold, figure, shg, clf, subplot va h.k.;
Odatda bir o’zgaruvchili funksiya grafiklarini chizishda plot buyrug’i va uning turli xil ko’rinishlaridan foydalaniladi.
Qisqa ko’rinishi
|
Bajarilishi
|
>> x=[a:h:b];
>> y=f(x);
>> plot(x,y)
|
Bunda dastlab berilgan h qadam bilan bo’laklarga bo’lingan oraliq kiritiladi, keyin funksiya kiritiladi, undan keyin plot buyrug’i kiritiladi.
|
>> x=[-2:0.05:3];
>>y=exp(-x).*sin(4*x);
>> plot(x,y)
|
|
Bunda plot(x,y) buyrug’iga uchinchi parametrni kiritish, ya’ni plot(x,y,s) burug’ini bajarish grafikdagi chiziqlar rangi, tipi, stili va foydalanuvchi talabiga ko’ra boshqa xususiyatlarini ko’rsatish imkonini beradi. Bu xususiyatlarni o’zgartirish grafik oyna menyu buyruqlari, uskunalar paneli elementlari orqali va grafik maydonda chichqonchaning ung tugmasini bosish orqali ham amalga oshirsa bo’ladi.
Agar bitta koordinata sistemasida bir nech grafikni bir vaqtda(bitta oynada) chizish talab qilinsa, u holda plot buyrug’ida avval 1-oraliq va 1-funksiya, keyin 2-oraliq va 2-funksiya va h.k. kiritiladi. Misol uchun y= e-x sin(4x) funksiya grafigini chizamiz:
Dostları ilə paylaş: |