Mavzu: Asalari baxor yoz oylarida nasil yetishtirish Reja Kirish 2



Yüklə 18,39 Kb.
tarix13.05.2022
ölçüsü18,39 Kb.
#115853
Asalarichilik


Mavzu: Asalari baxor yoz oylarida nasil yetishtirish

Reja

1.Kirish

2.Asalarini baxor oylarida ko’paytirish

3.Asalarini yoz oylarida ko’paytirish

4.Xulosa

Asalarini baxor oylarida ko’paytirish  (Apis mellifera L.) — arilar oilasining bir turi. Asalari vatani Janubiy Osiyo hisoblanadi. Hozirgidavrda janubiy kengliklardan Chekka Shimolgacha tarqalgan. Asalarilar, asosan, oila boʻlib yashaydi. Bir oila bir ona (xalq tilida „podshosi“ deb ham yuritiladi), bir necha ming ishchi va bir necha yuz erkak Asalaridan iborat. Ona asalari tanasi uzunligi 20 — 25 mm, vazni 200 — 250 mg, bahordan kuzga qadar tuxum qoʻyish va oilani boshqalari vazifasini bajaradi. Qanoti tanasining yarmini qoplaydi, nektar, gul changini yigʻuvchi apparatining yukligi bilan farq qiladi. Ona asalarining jinsiy aʼzolari rivojlangan. 5 yilgacha yashaydi (tajribali asalarichilar onalari har ikki yilda yangilab turadilar). Bir sutkada 2 — 2,5 mingtagacha tuxum qoʻyadi. Otalangan tuxumlardan 21 kunda ishchi asalari, otalanmagan tuxumlardan 24 kunda erkak asalari chiqadi. Agar lichinkalarni ishchi asalarilar asalari suti bilan oziqlantirib tursa 16 kunda ona asalari chiqadi. Tuxumdan chiqqan ona asalari 7—8 kunda jinsiy balogʻatta yetadi. Erkak asalari tanasi uzunligi 15—17 mm, vazni 200 mg, qorin qismi toʻmtoq boʻlib, oldingi qanotlari uzun, gul changi va nektar yigʻuvchi apparati, nayzasi yoʻq, koʻkragi keng, hartumi qisqa. Bir oilada 80—100 tagacha erkak asalari boʻladi. Asosiy vazifasi ona Aaalarini urugʻlantirish (asosan, havoda juftlashadi, urugʻlantirganidan keyin halok boʻladi). Ular uyada faqat yozda boʻladi, kuzda oilada urchish ishlari toʻxtashi bilan ularni ishchi asalarilar uyadan quvib chiqaradi. Ishchi asalari tanasi uzunligi 11—15 mm, vazni oʻrtacha 100 mg, jinsiy aʼzolari rivojlanmagan, urgʻochi asalarilar boʻlib, yozda 35 — 40 kun, qishda 3 oy yashaydi. Bir oilada yozda 60 — 80 ming, qishda 10-15 ming ishchi Asalari boʻladi, soatiga 60 km tezlikda ucha oladi, oiladan 2 — 3 km va undan ortiq masofaga uchib borib, nektar va gul changini yigʻish, nektarni asalga aylantirish, mum ishlash, lichinkalarni boqish, katak qurish, uyani qoʻriqlash kabi ishlarni bajaradi. Asalarilar qadimdan qimmatbaho mahsulotlar boʻlgan asal, propolis, mum, ona asalAsalari suti, asalAsalari zahAsalari va boshqalarni olish, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlarini mevali bogʻlarni changlatish uchun boqiladi. Asalari oilasi bir mavsumda 683140 — 150 kg asal toʻplaydi, bundan 100 kg Asalari taʼminotiga sarflansa, 40 — 50 kg asal ajratib olinadi. Asalari oila aʼzolarining xizmat faoliyati oʻzaro bogʻliq boʻlganidan ularning birortasi ham oʻzicha mustaqil hayot kechira olmaydi. Zotlari: Oʻrta Rossiya oʻrmon (qoramtir) Asalari zoti (Asalari millifera) — eng koʻp tarqalgan zotlarga kiradi. Asalarilari yirik, asaldorligi yuqori, sovuqqa chidamli, har bir oiladan 100 kg gacha asal olish mumkin. Kavkaz (Gruziya) togʻ-qoʻngʻir Asalari zoti (Asalari cavcasica) — asosan, Zakavkaze, Oʻrta Osiyoda tarkal-gan. Karpat Asalari zoti — Gʻarbiy Ukrai-naning togʻli rayonlAsalari va Karpat ortida koʻp uchraydi. Rangi qoramtir, tabiati yumshoq, hartumi uzun. Italiya sariq asalari zoti (Asalari ligustuca) ning kelib chiqishi Italiya hisoblanib, Kanada, AQSh, Avstraliya va Yangi Zelandiyada tarqalgan. Keyinchalik Finlandiya, Yaponiya, Xitoy va Hindistonga ham keltirilgan. 1964—70-yillarda Oʻzbekistonga keltirib sinalgan. Paxta ekiladigan yerlarda yuqori mahsuldorlikka erishildi. Uzoq Sharq asalari zoti — Uzoq Sharq (Primore, Xabarovsk)da koʻp tarqalgan. Zot Ukraina, Oʻrta Rossiya, Italiya va Kavkaz asalarilari ishtirokida yetishtirilgan, mahsuldorligi oʻrtachalari Kraina kulrang Asalari zoti (Asalari carnica) — Yugoslaviya, Avstriya togʻlarida keng tarqalgan. Tashqi koʻrinishdan Kavkaz togʻ-qoʻngʻir asalarisiga oʻxshaydi, mahsuldorligi oʻrtachalari Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutida asalarilar boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.[1]

Asalari qishda dam olib koʻklamda ochiqlikka chiqadigan foydali hasharot hisoblanadi. Undan asosan qishloq hoʻjaligida keng foydalaniladi va natijasi oʻlaroq juda shirin va foydali boʻlgan asal moddasi olinadi. Yangi ari oilasi tabiiy (asalarichining ishtirokisiz) va sun’iy yo‘l bilan barpo bo‘ladi. Asalarilar­ning ko‘ch ajratishi shundan iboratki, ishchi arilardan bir qismi ona ari bilan birgalikda oiladan ajralib uchib ketadi va yangi oila barpo qiladi. Ari oilasida dastlab tuxumlar qo‘yilgan mum katakchalari va keyinchalik kuch onadonlari paydo bo‘lishi, oilaning kuch ajratishga tayyorlanayotganligini ko‘rsatadi.

Kuch ajratishga tayyorlanayotgan oilaning ona ari­si tuxum qo‘yishni kamaytiradi va ko‘chning ajralib chiqishiga bir necha kun qolganida tuxumni kamdan-kam qo‘yadi. Tabiiy ko‘ch aj­ratishga tayyorlangan oilada qizg‘in ishlar sekinlashadi, asalarilar dalaga kam qatnaydilar, havo isib ketganida ari xonadan tashqariga chiqib, arixona ostonasi tagiga to‘planib turadi.

Havo to‘satdan buzilib, yog‘ingarchiliq va sovuqdar boshlansa, asalarilar onadonlarini kemirib tashlaydi hamda ulardagi qurtchalarni yoq qiladi.

Iliq kunlar hamda asal to‘plash boshlanishi bilan asalarilar yangi onadonlar ko‘rib, yana ko‘ch ajratish­ga tayyorgarlik ko‘radilar. Onadonlarning hammasi bir kunda qurilmasdan, bu ish bir necha kunga cho‘ziladi. Shu sababli yosh ona arilar ham bir vaqtda chiqmay, bir-ikki kun oralatib chiqadi.

Birinchi onadonlarning usti berkitilgandan so‘ng oiladan keksa ona ari bilan birlikda birinchi ko‘ch ajra­lib chiqadi. Bu ko‘ch – birinchi ko‘ch deb ataladi.

Ko‘ch ajralganida arixo­naning eshikchasidan rininglarcha asalarilar arixonani tashlab ketishga shoshilganday bo‘lib uchib chiqadilar. Uchib chiqqan asalarilar vizillab havoda aylanib yuradilar. Bunday vizillash ovozi odatdagi uchishdan bo‘ladigan vizillashdan boshqacharoq bo‘ladi. Tajribali asalarichi, uzoq joyda turganida ham, shu vizillash tovushiga quloq solib, ko‘chning ajralib chiqayotganligini payqaydi.

Ona ari ko‘chning yarmidan ko‘proq qismi chiqqandan keyingina arixonadan chiqadi. Ona ari odatda uchishga shoshilmaydi. U arixona ostonasining chetigacha o‘rmalab kelganidan keyingina uchadi va ajralib chiqqan ko‘chga borib qo‘shiladi.

Birinchi ko‘ch arizor yaqinidagi daraxt shoxiga, devorga yoki boshqa narsalarga qo‘nadi va uzum boshiga o‘xshab turadi.

Daraxtga qo‘ngan ko‘chni olish uchun ko‘ch idishini asta-sekin ko‘chning tagiga yaqin keltirib, daraxt shoxini qattiq silkitib asalarilarni idishga tushirish lozim. Ona ari va boshqa arilarning ko‘p qismi ko‘ch idish­ga tushganidan so‘ng, atrofda yoki daraxtda qolgan asal­arilar ona ari bor idishga uchib kelishadi. Yig‘ib olingan ko‘ch tinchishi bilan uni ramkalar qo‘yilgan yangi arixonaga to‘kiladi. Keyin yangi arixonaga bir ram­ka ochiq qurtchalar, asal va gulchangi bor ramkalar boshqa oiladan olib qo‘yiladi. Ertasi kuni yangi oilani ko‘­chi aniqlanib, kerak bo‘lsa sun’iy mumpardali ramka qo‘yiladi. Bunday ko‘ch yig‘ib olinib, boshqa arixonaga joylansa va u shu arizorning o‘ziga qo‘yilsa, asalarilar yangi arixonaga tez odatlanib qoladilar va o‘zlarining ilgan yashagan arixonasini butunlay uno‘tadilar.

Arixonadan chiqqan ona ari ba’zan havoga ko‘tarilib ko‘ch orqasidan borishga qurbi yetmay qoladi. Bunday holda aj­ralib chiqqan ko‘ch arixonaga qaytadi. Ikkinchi kuni bu ko‘ch yangidan uchib chiqadi. Ba’zan ona ari ucha olmasdan yerga tushib nobud bo‘ladi. U holda ko‘ch arixonaga qaytadi va bir necha kundan keyin birinchi yosh ona ari chiqarilishi bilan yangidan ajralib chiqadi. Bunday hollarda birinchi ko‘chning onasi urug‘lanmagan yosh ona aridan iborat bo‘ladi.

Biror joyga qo‘ngan ko‘ch o‘z vaqtida yig‘ib olinmasa, birdaniga uchib ketadi va uni to‘xtatib bo‘lmaydi. Agar ko‘ch kunning ikkinchi yarmida ajralib chiqqan bo‘lsa, uchib ketmasdan daraxt shoxida tunashi ham mumkin.

Birinchi ko‘ch bilan arixonadagi asalarilarning yarmi, ba’zan bundan ham ko‘proq qismi chiqadi. Ajralib chikadigan asalarilar chiqish oldidan jig‘ildonlariga asal to‘ldirib oladilar.

Ko‘ch ajratgan oilada asalarilarning soni katakchalardagi tuxumlardan har kuni chiqqan yosh arilar bilan tez tiklanadi. Bir necha kun o‘tgach onadondan birinchi yosh ona ari chiqadi.

Ona arining onadondan chiqishiga taxminan bir yoki ikki kun qolganda asalarilar onadonning uchidagi mumni kemirib ona ari pillasini yalangochlaydilar. Buning natijasida ona arining chiqishi ancha yengillashadi. Ona ari pillaning qopqoqchasini tamoman kemirmasdan, qismangina kemirib chiqadi ona ari chiqqanidan keyin bu qopqoqcha onadondan osilib turadi va yangidan yopilib qolishi ham mumkin. Bunday onadon buzilmagan butun onadonga juda o‘xshaydi.

Ona ari onadondan chiqish oldidan jarangsiz ovoz beradi.

Agar asalarilar bu ovozga javob bermasalar, u holda yosh ona ari onadonni kemirib chiqadi.

Yangi chiqqan ona ari uyadagi onadonlarni ko‘rganidan keyin bezovtalana boshlaydi; mumkataklar bo‘ylab yuguradi, onadonlardagi ona arilarni yo‘qotishga urinadi. Agar oilada ko‘ch ajratish holati tugagan bo‘lsa, asala­rilar xali onadondan chiqmagan ona arilarni yuqotish uchun ona ariga to‘sqinlik qilmaydilar, balki onadon­larni kemirish yo‘li bilan unga yordamlashadilar. Agar oilada ko‘ch ajratish holati davom etsa, asalarilar ona­donlarni yuqotilishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Bu holda ona ari «tyu..tyu..tyu» degan ovozlarga o‘xshash tovush chiqarib, arixonada yugurib yuradi. Onadonlardagi ona arilar esa «kva...kva..kva» degan ovozlarga o‘xshash jarangsiz tovushlar bilan javob beradilar.

Bunday tovushlar arixonaning tashqarisiga ham eshitiladi. Asalarichilar bunday ovozlarni – ona arilarning ashulasi deb ataydilar. Bunday ashula – ertasiga ikkinchi ko‘ch ajralib chiqishidan darak beradi. Ikkinchi ko‘ch urug‘lanmagan yosh ona ari bilan chiqadi. Yomg‘irlar bo‘lishi sababli ikkinchi ko‘chning chiqishi bir necha kunga kechiksa, u bilan bir nechta ona ari chiqishi mumkin.

Ikkinchi ko‘ch chiqqandan keyin bir kun o‘tgach oila uchinchi ko‘chni ham ajratishi mumkin. Bu ko‘ch bilan odatda bir nechta ona ari birga chiqadi. Agar asalarilarning o‘z ixtiyoriga qo‘yilsa, ular to arixonada bir siqim asa­lari qolguncha ko‘ch ajrata beradilar.

Ajralib chiqqan ko‘chlar ko‘pincha o‘zlaridan ilgan ko‘ch qo‘ngan joyga qo‘nadilar. Ba’zan bir vaqtda uchib chiqqan ko‘chlar aralashib ketib bir joyga qo‘nadilar.

Oilada ko‘ch ajratish holati tugab, oradan bir necha kun o‘tgach, undagi yosh ona ari erkak ari bilan juftlashish uchun uchib chiqadi va shu oilada qoladi.

Tabiiy ko‘ch ajratish oilalarni kuchsizlantiradi. Onadonlar ko‘rilgan paytidan boshlab ko‘ch ajratish to‘xtab qolguncha asalarilar sekin ishlaydilar, asalni kam to‘playdilar, ona arini ko‘paytirish uchun yaramaydigan oilalardan ham yetishtiraveradi, ona arining yoshini va nasl-nasabini aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun hozirgi vaqtda tabiiy ko‘ch ajratish qo‘llanilmaydi, yangi oilalar sun’iy yo‘l bilan barpo qilinadi.

Asalari oilasi ko‘ch ajratish holatiga tushmasligi uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:

Ari oilasidan ishsiz asalarilarni va yopiq qurtchali ramkalarni olib yangi nukleuslar (kichik oi­la) yaratish.

Ari oilasida yoshi ikki yildan o‘tmagan urug‘langan ona ari asrash.

Zotli arilarni asrash.

Asalarilarni gulshira to‘plash, yangi in ko‘rish ishlari bilan ta’minlash.

Arixonalarni gulshira ajratayotgan gullar bor yerga ko‘chirish.

Ari oilalarini katta arixonalarda asrash.



Arixonalarni soat 12:00-16:00 gacha soya tushadigan joylarga o‘rnatish kerak.

Ari uyasining havo almashishini kuchaytirish zarur.
Yüklə 18,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin