Mavzu: Asinxron mashinalar
Reja:
9.1. Umumiy tushunchalar. Aylanuvchi magnit maydoni. Uch fazali asinxron dvigatelining tuzilishi va ishlash prinsipi. Rotorning sirpanishi va uning aylanish tezligi.
9.2. Asinxron dvigateldagi elektromagnit jarayonlar. YUklangan asinxron dvigatelining almashtirish sxemalari.
9.3. Stator va rotor chulg‘amlarida induksiyalangan E.YU.K. rotor toki va chastotasi. Asinxron dvigatelining aylantiruvchi momenti. Mexanik va ishchi tavsiflari. Energetik diagrammasi va foydali ish koeffitsienti. Rotori qisqa tutashgan asinxron dvigatelini ishga tushirish usullari. Faza rotorli asinxron dvigatelni ishga tushirish. Yurgizish reostatining axamiyati.
9.4. Chiziqli asinxron dvigatellar. Bir fazali asinxron dvigatellar haqida umumiy tushunchalar.
Umumiy tushunchalar, aylanuvchan magnit maydoni.
Asinxron dvigateli hozirgi zamon elektr dvigatellarini eng ko`p tarqalgan turi hisob-lanadi: Yuksak texnik va iqtisodiy ko`rsatkichlari tufayli bu elektr dvigateli sanoatda va xalq xo`jaligida juda ko`p qo`llanilmoqda. AD tuzilishi sodda, foydalanishga qulay, tan narxi arzon va undan foydalanish uchun yuqori malakali personal talab qilinmaydi. AD ni 1889 yili M.O.Dolivo–Dobrovolskiy kashf etgan. Bu dvigatel ishlab chiqarishda qo`llani layotgan elektr mashinalarining 85 % tashkil qiladi: Uni asinxron dvigatel deb nomlanishi-ga sabab, unda statordagi magnit oqimini aylanishidan rotor aylanishlar tezligi albatta orqada qolishidir.
Uch fazali asinxron motorlarni tuzilishi va ishlash prinsipi.
Asinxron elektr dvigateli – ikki qismdan iborat: Qo`zg’almas qism stator va aylanuvchan qism rotor. Dvigatelning statori qalinligi 0,35…0,5 mm li ayrim elektro texnik po`lat list-lardan yig’iladi. Bu listlar bundan tashqari bir – biri bilan lak orqali izolyatsiyalanib, shib-
balab, laklanib statinaning ichki sirtiga presslab qoqiladi. Statorning ichki sirtiga mahsus pazlar o`yilgan bo`lib ularga statorning chulg’amlari joylashtiriladi. Bu dvigatel ham ham-ma elektr qurilmalari singari magnit induktsiya printsipiga asosan ishlaydi: AD ning rotori ham mahsus po`lat varaqlardan (qalinligi 0,35…0,5 mm li) tayyorlanib, bir–biri bilan lak bilan izolyatsiyalanib, shibbalab, mahsus o`qqa qoqiladi va uning sirtqi qismiga mahsus
lardan yig’iladi. Bu listlar bundan tashqari bir – biri bilan lak orqali izolyatsiyalanib, shib- balab, laklanib statinaning ichki sirtiga presslab qoqiladi. Statorning ichki sirtiga mahsus pazlar o`yilgan bo`ladi. Bu pazlarga faza rotorli AD larda mahsus chulg’amlar o`raladi, qis qa tutashgan rotorli AD larda esa olmahon katakchalari singari qilib misdan yoki alminiy-dan quyib rotor chulg’ami tayyorlanadi. Bu quyilgan o`tkazgichlarni ikki tomoni halqasi mon qilib bir – biri bilan tutashtiriladi. Mashinasozlik sanoati sharoitida o`zgaruvchan tok dvigatellari ko`proq qo`llaniladi, chunki, ularni tuzilishi nisbatan sodda, pishiq, ixcham va arzon. O`zgaruvchan tok dvigatel lari uch va bir fazali qilib ishlab chiqariladi. Asinxron dvigatellarni rotor chulg’amlarida esa o`zgaruvchan EYuK induktsiyalanadi va
1
Статор
2
Rotor
9.1-rasm: Asinxron dvigatelini tuzilishi va kesimi.
o`zgaruvchan tok oqadi. Demak stator va rotor ariqchalarida chulg’amlar joylashgan bo`ladi. Dvigatelni stator chulg’amlari uch fazali tarmoqqa ulanganida manbaaadan kelayotgan kuchlanish aylanuvchan magnit maydonini hosil qiladi. Shunday qilib elektr energiyasi elektrodvigatellarda mexanik energiyaga aylanadi. Asinxron dvigatellar iqtisodiy ko`rsatkichlari yuqori, tuzilishi sodda, ihcham, bikir, yengil va nisbatan arzon. Elektrodvigatellar normal ish rejimida ishlashga mo`ljallangan va u dvigatel pasportida ko`rsatilgan bo`ladi: Sanoatda uch hil rejimdja ishlaydigan elektr dvigatellari ishlab chiqarilmoqda. 1.davomli (S1), 2. Qisqa vaqtli (S2), 3.qisqa takrorlanuvchan (S3) bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |