Mavzu: Asinxron mashinalar Reja


Asinxron dvigatellardagii elektromagnit jarayonlar



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə2/3
tarix24.11.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#134059
1   2   3
9-mavzu. Asinxron mashinalar Reja

Asinxron dvigatellardagii elektromagnit jarayonlar
Uch fazali asinxron elektrodvigatelining statori chulg’ami yulduz yoki uchburchak sxemada ulangan bo`ladi: Chulg’amlarning bosh va oxirgi uchlari klemmalar bilan tugallanib, bu klemmalar elektr dvigateli statoriga mahkamlangan qutiga joylashtirilgan bo`ladi. Elektr mashinalariga oid standartga ko`ra stator chulg’amlarining tashqariga chiqarilgan uchlari qutiga belgilab qo`yiladi: Masalan tarmoq kuchlanishi 380 V bo`lganda va nominal faza kuchlanishi 220 V bo`lganda asinxron elektrodvigatelni chulg’amlari faqat yulduz usulida ulanishi kerak. Shunday qilib, har bir elektrodvigatel chulg’amida bir–biridan 3 marta farq qiladigan tarmoq kuchlanishi bo`ladi. Chulg’amning bosh uchlari S1 S2 S3 va chulg’amning oxirgi uchlari S4 S5 S6 bilan belgilanadi. Asinxron dvigatelining har bir fazasi chulg’amlari ma`lum nominal faza kuchlanishiga mo`ljallangan bo`ladi. Agar elektr dvigateli ulanishi zarur bo`lgan tormoqning liniya kuchlanishi, elektrodvigatelning normal faza kuchlanishiga teng bo`lsa, uning shulgamlari uchburchak usulida ulanadi. Agar dvigatel ulanishi kerak bo`lgan tarmoqning liniya kuchlanishi nominal faza kuchlanishidan 3 marta katta bo`lsa, asinxron elektrodvigatelning chulg’amlari yulduz usulida ulanadi. Kichik quvvatli elektrodvigatelni yurgizib yuborish uchun rubilg’nikni tarmoqqa bevosita tutashtirish kifoya. Bunday usulda dvigatelni tarmoqqa ulash mumkin. Quyida asinxron dvigatelni tizimga ulanishini prinsipial sxemasi keltirilgan.



Yurgizib yuborishning dastlabki paytida magnit oqimining harakatsiz turgan rotorga nisba tan juda katta tezlik bilan aylanishi tufayli rotorda juda katta elektr yurituvchi kuch paydo bo`ladi. Asinxron dvigatellarni klemmalari ulanish usuliga qarab ikki hil ulash mumkin, yulduz usulida va uchburchak usulida. Ularni ulanish usullari quyida keltirilgan.
Shunga muvofiq rotordagi tok ham nominal tokdan 5 – 7 marta ortiq bo`ladi. Stator toki ham 4–7 martagacha ortadi. Dvigatelni yurgizib yuborish toki katta bo`lishiga qaramay uning o`zi uchun hech qanday havf tug’dirmaydi, chunki bu tok tezda pasayib
qoladi va mashina yo`l qo`yib bo`lmaydigan darajada qizishga ulgurmaydi.



S4 S5 S6 S4 S5 S6


S1 S2 S3 S1 S2 S3

9.2-rasm. Chulg’amlarning yulduz 9.3-rasm. Chulg’amlarni uchburchak


usulida ulanganda klemmalarning usulida ulanganda klemmalarning
o`zaro tutashtirilishi. o`zaro tutashtirilishi.

Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni ishga tushirganimizda uning statoriga man-baadan kuchlanish keladi va dvigatelni statori chulg’amlarida aylanma magnit maydoni ho sil bo`ladi. Bu aylanma magnit maydoni dvigatelning rotorini kesib o`tadi va unda statorni ng magnit oqimiga qarama – qarshi aylanuvchi magnit maydoni hosil qiladi. Shu magnit maydoni ta`sirida rotor harakatga kelib aylanadi. Shunday qilib asinxron dvigatellarni ro-tor chulg’amlarida esa o`zgaruvchan EYuK induktsiyalanadi va o`zgaruvchan tok oqadi. Demak stator va rotor ariqchalarida chulg’amlar joylashgan bo`ladi. Dvigatelni stator chul g’amlari uch fazali tarmoqqa ulanganda aylanuvchan magnit maydoni hosil bo`ladi. Stator chulg’amlaridan oqqan tok hosil qilgan magnit maydoni rotor chulg’amlarini kesib o`tib ularda EYuK ni induktsiyalaydi, natijada ulardan tok oqadi. Magnit maydinining aylanish lar chastotasi (n0) quyidagicha topiladi. bu yerda f – o`zgaruvchan tok chastotasi,


n0–aylanishlar tezligi, p–juft qutblar soni. Rotor chulg’amlaridan oqqan tokning aylanuv-chan magnit maydoni bilan ta`siri natijasida rotorni aylantiruvchi kuch (moment) hosil bo` ladi. Shunday qilib elektr energiyasi elektrodvigatellarda mexanik energiyaga aylanadi. Elektromotorlar o`zlarining pasportida ko`rsatilgan nominal ish rejimida ishlatishga mo`l-jallab ishlab chiqarilgan bo`ladi. Elektrodvigatellardagi juft qutblar sonini masalan, 2 marta orttirish bilan magnit maydonining va elektrodvigatel rotorini aylanishlar tezligini 2 martaga kamaytiramiz. Tezlikni rostlashni bunday usulida stator chulg’amining har bir fazasi ketma–ket yoki parallel ulangan bo`lishi mumkin: Mos ikkita qismni ketma–ket ulanga-nida stator chulg’amlari qutblarini soni parallel ulangandagiga nisbatan ikki marta ko`p, aylanishlar tezligi esa, aksincha ikki marta kam bo`ladi.
Faza rotorli asinxron dvigatelning tezliklarini esa reostat yordamida ham rostlash mumkin: Bu quyidagi mulohazalardan kelib chiqadi. Aylanuvchi elektromagnit momentni ng quvvati , valdagi quvvat , bu yerda w1, w2 – maydon va rotorning aylanish burchak tezliklari, m–aylantiruvchi moment. ayirma uch fazali rotordagi issiqlik isroflari sarf bo`ladi. Issiqlik isroflari quvvatining aylantiruv chi maydon quvvatiga nisbati ya`ni elektr dvigatelining sirpanishiga teng. Keltirilgan ifoda tormozlovchi moment va aylantiruvchi moment ham o`zgarmas bo`lgan holda rotor aktiv qarshiligining ortishi bilan sirpanishning ortishini, rotor aylanishlar tezligini esa kamayayishini ko`rsatadi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin