Mavzu: Asinxron mashinalar Reja


Asinxron dvigatellar (AD) ning quvvat va foydali ish koeffitsenti



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə3/3
tarix24.11.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#134059
1   2   3
9-mavzu. Asinxron mashinalar Reja

Asinxron dvigatellar (AD) ning quvvat va foydali ish koeffitsenti.
Har–bir elektr qurilmasida hamma vaqt birga yaqin bo`lgan Сos hosil qilishga intilish kerak: Asinxron dvigatel bilan qurollangan elektr qurilmasi quvvat koeffitsentini turli usullar bilan yaxshilash mumkin:

  1. Elektr motorni quvvatiga qarab to`g’ri tanlash. Bu usulda elektr dvigatelini shunday

tanlash kerakki, u ishlash vaqtining ko`p qismida nominal quvvatga yaqin yuklama bilan ishlaydigan bo`lsin:
2.Agar asinxron motorning yuklamasi nominal quvvatining 40 % ga yetmasa va stator chulg’amlari uchburchak usulda ulangan bo`lsa, u holda chulg’amlarning yulduz tizimsiga qayta ulangani maqul bo`ladi.
3.Dvigatelga parallel ulangan kondensatorni ishlatib xam quvvat koeffitsentini yahshilashga erishish mumkin.
4.Quvvati ancha katta bo`lgan asinxron dvigatelni Sos sini yaxshilash uchun fazalar silji
shini hosil qiluvchi sinxron kompensatorni ishlatish kerak bo`ladi. Yuqoridagi usullardan foydalanib asinxron dvigatelni foydali ish koeffitsentini ham orttirish mumkin. Aylanuvchi magnit oqimini uch fazali tok yordamida ham, bir fazali tok yordamida ham hosil qilish mumkin. Bir fazali tok yordamida magnit oqimini hosil qilish uchun statorda bir–biriga nisbatan 900 burchakka siljigan ikkita AX va BY chulg’am joylashtiriladi. Agar har bir fazadagi g’altaklar sonini ikki marta ko`paytirsak, oqim to`rt qutbli bo`ladi, uning aylanishlar tezligi ikki martaga kamayadi.
Aylantiruvchi oqim huddi uch fazali dvigateldagi singari qisqa tutashtirilgan rotorni
aylantiradi: Rotorni aylanish yo`nalishini o`zgartirish uchun chulg’amlardan birini tokini yo`nalishini o`zgartirish kifoya. Buning uchun chulg’amni tok manbaaasiga boruvchi uchla-rini almashtirib ulanadi: Asinxron dvigatelni tezligini uning juft qutblar sonini o`zgartirish bilan ham rostlash mumkin. Elektr dvigatelidagi juft qutblar sonini masalan, ikki marta orttirish bilan magnit maydonining va, demak elektr dvigateli aylanishlar tezligini ikki mar taga kamaytiramiz. Tezlikni rostlashning bunday usulida stator chulg’amining har bir fazasini ketma–ket yoki parallel ulash mumkin bo`lgan ikkita bir hil qismdan iborat bo`lishi kerak: O`zaro mos ikkita qismni katma–ket ulanganda stator chulg’amlarini qutblarining sonini parallel ulangandagiga nisbatan ikki marta ko`p, aylanishlar tezligi esa ikki marta kam bo`ladi.
Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin