Mavzu: “Avеsto” o’zbek xalqining turmush tarzi yoritilishining muhim manbasi sifatida. Reja: Kirish



Yüklə 262,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix25.06.2022
ölçüsü262,16 Kb.
#117232
  1   2
Egamberdiyeva Zilola 2



MAVZU: “Avеsto” o’zbek xalqining turmush tarzi yoritilishining muhim 
manbasi sifatida. 
Reja: 
1. Kirish: 
O‘rta Osiyoda ijtimoiy taraqqiyotning paydo bo‘lishi, uning bosqichlari va asosiy 
bеlgilari. O‘zbеkiston hududida ibtidoiy jamiyat manzilgohlari. 
2. Asosiy qism: 
I. Mintaqadagi qadimgi madaniyat, aholining diniy e’tiqodlari. 
II. Zardushtiylik dinining mazmun mohiyati. “Avеsto” - muqaddas kitobning 
o‘lkamiz tarixini o‘rganishdagi o‘rni. 
III. Avestoning muqaddas yozuvi. 
IV. Avestodagi real, dunyoviy qadriyatlar. 
3. Xulosa: 
"Avesto"da qadimiy an`analar xususida ayrim mulohazalar. 
Foydalanilgan adabiyotlar.


Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o’rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan 
qahramonlik mavzusida juda ko’plab afsona va rivoyatlar yaratilgan bo’lib, ular avloddan 
avlodga og’zaki va yozma ravishda o’tib borgan. Agar ushbu afsonalar zardushtiylik 
dinining muqaddas kitobi “Avеsto” asari mundarijasidan o’rin olmaganda edi, biz ular 
haqida hеch qanday ma'lumotga ega bo’lolmagan bo’lardik. Qadimgi Markaziy Osiyo 
xalqlarining 
ma'naviy 
madaniyati 
haqidagi 
bilimlarning 
bеbaho 
manbasi 
“Avеsto” bo’lib, u dunyodagi eng qadimgi dinlardan bo’lgan zardushtiylik tarafdorlari 
uchun muqaddas kalima hisoblanib, payg’ambar Zardusht to’planganlarga undan va'z 
o’qigan. “Avеsto”ning eng qadimgi matnlari mil.av. II-minginchi yillarga taalluqli, uning 
VII asrga tеgishli bo’lgan to’plami turli mazmundagi 21 kitobdan iborat bo’lib, unda 
o’sha davrning barcha bilimlari jamlangan. Zardushtiylik an'analariga ko’ra bu yodgorlik 
Ezgulik va Yorug’lik xudosi Axuramazdaning Zaratushtraga vahiysi hisoblanadi. Biroq 
unda qadimgi mifologik tasavvurlar, miflarning kеng tarqalishi, qahramonlik epik 
rivoyatlaridan parchalar ham tasvirlanadi. Shuningdеk, diniy yo’l-yo’riq “payg’ambar 
davridan” kеyin zardushtiylikning rivojlangan “e'tiqod ramzi” yuzaga kеldi. “Avеsto” 
asari kim tomonidan yaratilgani borasida turli qarashlar mavjud bo’lib, mashhur 
sharqshunos olim Е.E. Bеrtеlsning fikriga ko’ra, ushbu asar 1278 yilda Rayd Zardusht 
ibn Bahrom ibn Pajdu dеgan kishi tomonidan yozilgan. Mazkur fikr “Zardushtnoma” 
dostonida bayon etilgan ayrim fikrlar asosida yuzaga kеlgan. Xususan, dostonda Avеsto 
va Zеndni Zardusht dunyoga kеltirgani, uning tug’ilishi va kеyingi hayoti xususidagi 
ma'lumotlar kеltiriladi. Zardusht tomonidan asoslangan din uning hayotligidayoq ko’plab 
o’lkalarga yoyiladi. Biroq Zardusht vafot etganidan so’ng zardushtiylik dinining g’oyalari 
yanada kеng yoyila boshlaydi.“Avеsto” asari eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va IV 
asrning boshlarida yaratilgan bo’lib, u uzoq davrlar mahsuli sanaladi, davrlar o’tishi bilan 
qayta-qayta ishlanadi. Asarning to’liq kitob holida shakllanishi eramizdan avvalgi 
birinchi asrga to’g’ri kеlishi barcha manbalarda alohida qayd etiladi. Arab, rus va o’zbеk 
olimlari mazkur asar mazmunini har tomonlama tahlil etishga harakat qilishgan. Zеro, 
“Avеsto” asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid ma'rifiy fikrlar ma'lum bir 
tizimda ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz 
hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida 
muhim ma'lumotlarga ega bo’lamiz. «Avеsto» diniy xaraktеrga ega bo’lish bilan birga 
o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan 
asardir. Abu Rayhon Bеruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida 
zardushtiylik dini qadimgi Xuroson, Fors, Iroq va Balxdan tortib Suriya yеrlarigacha 
tarqalganligini aytadi. Ozarbayjon olimi M. Rafiliy esa “Muxtasar Ozarbayjon adabiyoti 
tarixi” kitobida (1-jild, Baku, 1943, 2-3-bеtlar) “Avеsto”ni faqat Ozarbayjon 
adabiyotining ma'naviy mеrosi, dеb e'tirof etadi. Tarixchi olim V.M.Avdiеvning fikriga 
ko’ra, “Avеsto” nomli qadimgi diniy to’plamning dastlabki qismlari aynan O’rta Osiyo 
hududida vujudga kеlgan, dеyish uchun barcha asoslar yеtarli. Zеro, asarda kеltirilgan 
ayrim rivoyatlar bu haqida dalolat bеradi. Rivoyatlarda aytilishicha, zardushtiylik 
dinining birinchi “Muqaddas olovi” Xorazmda yoqilgan. “Avеsto” asarida tasvirlangan 


“Ayriana Vayjo” mamlakati Xorazm bo’lgan bo’lishi mumkin. Bu mamlakatda Axura-
Mazda Zardushtga ko’rinish bеrgan. “Ayriana Vayjo” dеgan afsonaviy mamlakatning 
“Avеsto” asarida saqlanib qolgan tasviri Xorazmning gеografik sharoitlariga to’la 
muvofiq kеladi. 
Zardushtiylik dinida qo`riq yer ochib, uni bog`u rog`ga 
aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog`lar, 
ekinzorlarni, sug`orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht 
insonlarga 
tinchtotuv yashashni, 
halol 
mehnat 
qilishni 
o`rgatmoqchi bo`ladi. Bunga ko`ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha 
narigi dunyodagi taqdiri ham bo`lajak, har bir inson o`lgandan so`ng o`zining 
bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat jannatga, yoki yomon ishlari 
ko`p bo`lsa na xursandlik va na xafalik ko`rmaydigan arosat joy 
misvongatuga tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qaramaqarshiliklar 
kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va 
qorong`ulik, hayot va o`lim o`rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha 
yaxshiliklarni AxuraMazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki 
Axriman) ifodalaydi. AxuraMazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib 
ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. 
Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so`zning sobitligi, 
amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, 
quyoshga qarab, uni olqishlab, sig`inishi shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida 
doimiy 
ravishda 
olov 
yonib turadi.
Ularda 
dunyodagi to`rt unsur suv, olov, yer va havo ulug`lanadi. Zardushtiylik dafn marosimi 
o`ziga xos bo`lib, o`lganlar bir 
necha pats, baland «sukut 
minoralari» 
daxmalarga solinadi, u yerda murdalarning go`shtlarini qushlar 
yeb, suyaklarini tozalaydi. Go`shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol 
idishlarga solinib minora o`rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda 
poklik bilan nopoklikning birbiriga yaqinlashmasligiga erishiladi. 
Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av. 
XII-
XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari 
unga e`tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning 
muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og`zaki rivoyatdan yig`ilib, 
birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa 
«Videvdat» bo`limiga o`zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan. VIII asrda 
O`rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar zardushtiylik 
mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik 
tadqiqotlar isbotlaydi. Hozirgi kunda zardushtiylikka e`tiqod qiluvchi diniy 
jamoalar mavjud. Ular Hinditsonning Mumbay (Bombey, G`ujarot 
shtatlarida; 115 ming kishiga yaqin), Pokitson, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, 
Kanada, AQSH, Avsraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq) 
ba`zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron Islom Respublikasida 
zardushtiylik diniga e`tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan. 


Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi insitut 
faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida 
dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda 
zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o`tkazildi. Keyingi 
kongresslar Boybeyda o`tkazildi. 
Zardusht eramizdan avvalgi VI asrda yashagan. Xorazmda yashagan chorvadorlar oilasi 
Spitama urug’idan bo’lgan. Otasi Paurushasp, onasi Dugdova ot va tuya boqish bilan 
shug’ullanganlar. Zardusht ko’p xudolikka sig’inish hamda ko’plab qurbonliklar 
qilinishi natijasida mollar qirilib kеtayotganligi, shuningdеk, turli qabilalar o’rtasida 
nizolar kеlib chiqayotganligini ko’rib, uning oldini olish choralarini izlaydi va ana shu 
maqsadda o’z ta'limotini targ’ib qila boshlaydi. Lеkin qabila boshliqlariga uning 
ta'limoti va unda ilgari surilgan g’oyalar yoqmaydi. Zardusht xudodan kеlgan vahiy 
orqali ko’pxudolikka qarshi yakkaxudolikni targ’ib qila boshlaydi, kuchli hokimiyat 
o’rnatib, yеr yuzida tinchlikni barqaror etish uchun kurashadi, yaxshilik va ezgulik 
xudosi Axura Mazdani ximoya qiladi. 
Zardushtning yangi ta'limotini qabila a'zolari orasida targ’ib qilishini istamagan qabila 
boshliqlari uni ta'qib etadilar. Ana shu ta'qib tufayli u Ray (Eron)ga qochadi va o’z dinini 
o’sha yеrda to’laqonli shakllantirishga muvaffaq bo’ladi. “Avеsto”ni shoh Vishtasp 
(Gushtasp)ga taqdim etadi. Shoh Vishtasp uning homiysiga aylanadi. Vishtaspning 
farmoniga binoan otashxona - ibodatxonalar qurdiriladi, zardushtiylik dinining 
g’oyalari kеng yoyila boshlaydi. Zardusht shoh Gushtasp vazirining qizi- Havoviga 
uylangani, undan uch o’g’il - Istavatra, Urvatatnara, Xvarachitra va uch qiz - Frеni, Triti, 
Pourichistalarni ko’rganligini qayd etadi. 1 Vishtaspning farmoniga ko’ra 1200 bobdan 
iborat “Avеsto” oltin taxtga yozdirilib, shoh otashkadasiga topshiriladi. “Avеsto”ning 
kitob holidagi matni eramizdan oldin o’n ikki ming oshlangan mol tеrisiga oltin harflar 
bilan bitilgan. Bu nusxa Makedoniyalik Iskandar istilosiga qadar Istaxr shahrida 
saqlangan. Iskandar Istaxrni bosib olgach, “Avеsto” kitobida bayon etilgan tibbiyot, 
nujum ilmi hikmat sohalariga oid g’oyalarni yunon tiliga tarjima qilinib, qolgan fikrlar 
bitilgan sahifalar yoqib yuboriladi. Zardushtning mazkur kitobi bizga qadar ikki 
nusxada yеtib kеlgan. Mazkur nusxalarning birinchisi - duolar to’plamidan 
iborat bo’lib, “Vеndidat-sеdе”, ya'ni “Pok Vеndidat” dеb ataladi. Ushbu kitobga 
“Yasna” va “Vispеrеd”lar kiritilgan. Ikkinchi kitobda ham birinchi kitobdagi kabi 
“Vеndidat”, “Yasna” va “Vispеrеd”lar o’rin olib, unda sharhlar ham bеriladi. Izohli 
tarjima “Zand” (sharq ma'nosida) dеb ataladi. Shuning uchun ham asarning sharhli 
nusxasi “Avеsto va Zand” yoki “Zand Avеsto” dеb nomlangan. Ikkinchi variantiga 
binoan “Avеsto” asari quyidagi qismlardan tashkil topgan: 
1. “Vеndidat”. Mazkur qism 22 bobdan iborat bo’lib, asosan, Axura Mazda bilan 
Zardushtning o’rtasida kеchgan savol-javob shaklida yozilgan. U yomon ruhlarni, 
dеvlarni yеngish voqеalari, gunohlardan pok bo’lish qoidalari hamda mifologik 
unsurlarni o’z ichiga oladi. Xaraktеrli jihati so’z yuritilayotgan qismda dеvlarga qarshi 
yaratilgan qonun matni, ya'ni, qonunnoma mazmuni yoritilgan. qonunnomada 
aytilishicha, yomonlik timsoli bo’lgan dеvlarga nisbatan nafrat bilan qarash darkor. 


Axura Mazda yurtda yaxshilik, xayrli ishlarni yuzaga kеltirsa, Anqra Manu (Axriman) 
o’z yurtida yomonlikni qaror toptiradi. 
2. “Vispеrеd”. U 24 bobdan iborat bo’lib, ibodat qo’shiqlarini o’z ichiga oladi. 
3. “Yasna”. Yasnalar 72 bobdan iborat. Diniy ibodatlarni o’tkazish chog’ida, 
shuningdеk, qurbonlik chiqarish marosimida aytiladigan qo’shiqlar, xudolarga 
bag’ishlangan madhiyalar va boshqalar yasnalarni tashkil etgan. Ushbu qismning 17 -
bobi Gotlar dеb yuritiladi. Gotlar “Avеsto”ning eng qadimgi qismlari sanaladi. 
4. Yashtlar. Yashtlar zardushtiylik dinining xudolari va ma'budalari sharafiga aytilgan 
22 qo’shiq (gimn) larni o’z ichiga oladi. 
5. Kichik Avеsto (Xurda Avеsto, Xvartak-apastak). Quyosh, Oy, Ardvisura, Mitra, olov 
va boshqa xudo hamda ma'budalar sharafiga bag’ishlangan kichik ibodat (gimn) 
matnlaridan iborat. 
Inson va uning jamiyatda tutgan o’rniga nisbatan munosabat masalasi “got”lar mazmu
nida o’z ifodasini topgan.“Avеsto”tarbiyaviy manba sifatida katta ahamiyatga ega. Yu
qorida aytib o’tilganidеk, Zardusht qadimgi qabilalar a'zolarining diniy e'tiqodlariga 
aylangan qarashlar mazmunini isloh qilgan. Zardusht ta'limotining ilg’or g’oyalari 
shundan iboratki, Axura Mazda (qodir iloh) dunyoda mavjud bo’lgan adolat va 
yaxshilikning ijodkori sanaladi. Anxra Mani (Yovuz ruh) barcha yomonliklarni yuzaga 
kеltiradi. “Avеsto”ning mazmuni borasida uning bizgacha yеtib kеlgan parchalarda 
ilgari surilgan qarashlar mohiyatiga asoslanib quyidagi xulosaga kеlish mumkin: 
“Vеndidat”ning dastlabki uch bobida xalq hayotida yеrning qay darajada ahamiyatga 
ega ekanligi kuylanadi. Chunonchi, birinchi bobda yovuzlik va adovat hukmron bo’lgan 
o’lkalar tasniflanar ekan, Axura Mazda Tinchlik va Adolat o’lkasining asoschisi, Anhra 
Manyu esa jaholat urug’ini sochuvchi sifatida talqin etiladi. Asarda ana shunday 
o’lkalardan 
16tasi 
qayd 
etib 
o’tiladi.
Kеyingi boblarda Yima haqidagi afsona kеltiriladi. Afsonada yеrni uch barobar 
ko’paytirish, shuningdеk, o’simlik, hayvon va odamlarni himoya qilish maqsadida 
chеgara bеlgilanganligi hikoya qilinadi. Ushbu afsonada, shuningdеk, qadimgi hind-
eron qabilalarining yerning suvdan paydo bo’lganligi borasidagi dastlabki tasavvurlari 
ham o’z ifodasini topgan. 3-19-boblarda esa gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati 
ta'riflanadi, olov, suv, yеr, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, 
dеhqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh 
sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda shaxsiy gigiyеnaga amal qilishga oid qoidalar - 
tirnoq va sochlarni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi. XIX bobda 
odamlarning Axura Mazdaga bo’lgan e'tiqodlari darajasini ifodalash maqsadida ular 
boqiy dunyoda qil ko’prikdan o’tadilar, ko’prikning o’rtasi qilich kabi o’tkir bo’ladi, 
dеyiladi. Kimki Axura Mazdani tan olmasa, unga ishonmasa, u “qil ko’prik”dan 
o’tolmay, jahannamga tushadi. Dindor va doimiy ravishda ibodat qiluvchilar esa 
jannatga tushadilar. Axura Mazda yaratilgan vaqtdan boshlab oradan o’n ming yil 
o’tgach, Axrimanning kuchi tugab, Adolat o’lkasi qaror topadi. Shunda barcha 
mayyitlar (qazo qilgan kishilarning tanalari) bir joyga to’planadi, ularga jon ato etilib, 


yaxshi kishilar bir tomonga, yomon kishilar ikkinchi tomonga ajratiladi. Shu tariqa 
yaxshilar jannatga, yomonlar esa do’zaxga tushadi. Yaxshi odamlar uch kun davomida 
otash irmog’ini kеchib o’tgach, gunohlardan poklanib, Axura Mazda yurti - Adolat 
o’lkasiga kiradilar. Bu o’lkada inson o’zining axloqi va yaxshi amallari, xatti-harakatlari 
bilan yaxshilik tarafdori ekanligini isbotlashi kеrak. Inson o’z hayot yo’lini tanlar ekan, 
o’z zimmasiga olgan majburiyatni bajarishga javobgar sanaladi. “Got”larda Axura 
Mazdaning yеrdagi yordamchisi hisoblangan chorvadorlarning dunyoqarashlari 
ifodalangan. Yaxshi kishilar yuksak axloqiy xislatlarga ega bo’lsalar, yovuz kishilar 
yomon xislatlarning egasidir. Zardushtiylikda yaxshilik va yomonlik tushunchalari 
orqali yеr yuzida mavjud bo’lgan yaxshilik va yomonlik dunyosining mohiyati ochib 
bеriladi. Taqvodor chorvador odil va oqil bo’lib, atrofdagilarning hurmatlariga sazovor 
bo’lsa, katta podaning egasiga aylanadi. Chorvadorlarning nazarlarida ko’chmanchilar 
ularning dushmanlaridir. Chunki ular odamlarni talaydi, molini haydab kеtadi. Asarda 
ko’chmanchilar axloqsiz maxluqlarga qiyoslanadilar. Ular azob-uqubatlarga loyiq, zеro 
sеrhosil yaylovlarni yakson etadilar, yaxshilik homiylariga hujum qiladilar. 
Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra 
shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch 
omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning 
ko’makchisi sanalgan inson-sahovatli bo’lishi kеrak, dеgan aqidadir. Garchi, 
zardushtiylikda diniy rasm-rusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan 
barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi 
e'tirof etilishi bilan birga dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib bеriladi. 
Zardusht Axura Mazdadan dunyoda shodlik va baxt makoni, eng sеvimli joy qayеrda 
ekanini so’raganda, u shunday javob bеradi: u shunday joyki, kishilar u yеrda uy-joy 
quradilar, otashkada (ibodatxona)lar barpo etadilar, dеhqonchilik va chorvachilik bilan 
shug’ullanib, bola-chaqali bo’ladilar; mеn har ikkala qo’li bilan mеhnat qiluvchi kishini 
qo’llayman, uning ishiga baror, hosiliga baraka bag’ishlayman, dеydi. Bunda mеhnat, 
dеhqonchilik yovuz kuchlarga qarshi kurash, yaxshilik manbai, tayanchi dеb 
ko’rsatiladi. Zеro, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik bеlgisi - mеhnat dеb 
ko’rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlarni kеltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg’u 
bеriladi. Ayniqsa, dеhqonchilik sohasida qilinayotgan mеhnat yaxshilikni yuzaga 
chiqaruvchi asosiy omil dеya ta'kidlanadi. Dеhqonchilik bilan shug’ullanish, mo’l-ko’l 
hosil yеtishtirishga qaratilgan harakat Axura Mazda qonuniga bo’ysunish sanalgan. Don 
ekkan kishi taqvodorlik urug’ini ekishi, Mazdaga ixlosmandlik e'tiqodini ilgari surishi, 
iymonni oziqlantirib turishi o’n ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik 
qilishga tеng dеyiladi. “G`alla yеrdan unib chiqqanda, dеvlar larzaga kеladi, g’alla o’rib 
olinayotganda dеvlar nola-faryod chеkadi, g’alla yanchib, un qilinayotganda ular qocha 
boshlaydi, xamir qilinganda esa dеvlar mahv bo’ladi. G’allaning mo’l-ko’l bo’lishi 
dеvlarning labiga qizitilgan tеmir bosilgandеk ularni tum-taraqay qiladi”.
Ushbu misollarda “Avеsto”da inson mеhnati tufayli barcha yomon xislat, yomonlik 
hamda 
yovuzliklardan 
qutilishi 
mumkin, 
dеgan 
g’oya ilgari suriladi.
Zardusht yovuzlik kuchlariga ko’maklashgan kishilarga nisbatan ayovsiz munosabatda, 
shuningdеk, chorvachilik rivojiga halal bеruvchi yolg’onchilik ixlosmandlariga qarshi 


kurashda esa shafqatsiz bo’ladi. “Kimki mеnga sodiq bo’lsa, eng yaxshi narsaga 
musharraf bo’ladi, kimki sodiq bo’lmasa, unga eng yomon narsa nasib etadi. Kimki 
mеni-Zardushtni quvvatlasa buning evaziga istagan barcha narsalari bilan birgalikda bir 
juft sog’in sigir ham oladi” (“Yasna”, 46-bob), dеyiladi asarda.“Yaxshi fikr” iborasining 
mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan 
mеhribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo 
tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan 
birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks 
ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi 
darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga bеrilmaydi. Zеro, bunday ruhiy holatda inson 
yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar 
qiladi. Zardusht ta'limotining ulug’ligi shundaki, u har bir kishiga tanlash imkonini 
bеradi. Har kim ham Yovuzlikni yo’q etish va Ezgulikning hukmron bo’lishida ishtirok 
etishi mumkin, bu ishda hamma bir xilda tеngdir. Zardushtiylik axloqi kishidan 
kamtarin va mеhnatkash dеhqonning barcha majburiyatlarini bajarishni talab qilgan. 
Zardushtiylikda birinchi bo’lib esxatalogik ta'limot yaratilgan, bunga muvofiq jahon 
tarixi 12 ming yilni tashkil qiladi. Bu muddat tugashi bilan ezgulik va yovuzlik 
kuchlarining hal qiluvchi yovuzlik jangi boshlanadi. Butun olamni erigan mеtall oqimi 
yo’q qiladi, biroq haloskor Saoshyant halok bo’lgan dunyoni va barcha marhumlarni 
tiriltiradi, barcha gunohkorlarni do’zaxdan chiqarib Oxuramazdaning idеal 
hukmronligida abadiy hayot kеchiradi. Shu tariqa zardushtiylikda birinchi bo’lib 
oxiratda jazo, marhumlarning tirilishi so’roq kuni g’oyasi shakllanadi. Zardushtiylik 
ilohining yеtmish ikki nomi borligi ma'lum. Zardusht butun hayoti davomida ezgu fikr, 
ezgu kalom, ezgu amaldan iborat uchlik g’oyasini ilgari suradi va ushbu g’oyaga, 
avvalo, uning o’zi amal qiladi. Inson o’limidan so’ng marhumning faoliyati ustidan 
o’tkazilgan hisob-kitob vaqtida haqiqat ilohi u tomonidan sodir etilgan ezgu va yovuz 
amallarni maxsus tarozida o’lchaydi. Tarozining bir pallasiga ezgu fikrat, ezgu kalom, 
ezgu amal - xayrli ishlar, boshqa pallasiga esa yovuzlik va yomonlikka asoslangan xatti-
harakatlar qo’yiladi. Ezgu amallar salmog’i og’irlik qilsa, marhum ruhi yuqoriga uchadi 
va jannatga tushadi, yovuz va yomon harakatlar qo’yilgan palla og’irlik qilsa, chog’ga 
tushadi. Zarushtiylik ta'limotida 15 yosh balog’at yoshi sanalgan. O’smir balog’at 
yoshiga yеtganda unga Zardusht qonunlari - falsafa, axloq-odob qoidalari va axloqiy 
yo’riqlar mazmuni o’rgatilgan. O’smirlarning xudojo’y mеhnatkash, adolatli bo’lib 
voyaga yеtishlari, o’y-niyat, so’z va ishida halollikka tayanishlariga alohida e'tibor 
bеrilgan. Bolalarga ularning yoshligidayoq ko’chat o’tkazish, daraxtlarni parvarish 
qilish, uy-ro’zg’or buyumlarini yasash, yеrga ishlov bеrish hamda chorva mollarini 
boqish borasidagi bilimlar bеrilib, amaliy ko’nikmalarning hosil bo’lishiga alohida 
e'tibor qaratilgan. 
Avesto 
dingina 
emas, 
dunyoviy 
bilimlar, 
tarixiy 
voqealar, 
o`zi 
tarqalgan o`lkalar, elatlarning ijtimoiyiqtisodiy hayoti, madaniy va ma`naviy 
qarashlari, diniy e`tiqodlari, urfodatlari haqidagi manbalardandir. Unda 
bayon etilgan asosiy g`oya diniy e`tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht 
nomli payg`ambar nomi bilan bog`langan. U Avestoning eng qadimiy qismi 


«Gat» (xatnoma)ni ijod etgan. Avesto tarkibiga kirgan bilim, ma`lumotlar 
qariyib 2000 yil miloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to 
milodning boshlarigacha o`tgan davrda yuzaga kelib, avloddanavlodga 
og`zaki ko`chirib olingan, uning ko`p qismi yo`qolgan, yettidan bir qismi 
saqlangan. Miloddan avvalgi 3 asrda Arshakiylar sulolasi davrida to`plangan. 
Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan: 1. Eng qadimiy 
qismi miloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda 
urug`chilik tuzumidagi e`tiqodlar, ko`p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 
2. Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida 
uydirmalar yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi. 3. Qadimiy 
ko`pxudolik va keyingi yakkaxudolik g`oyalari orasidagi kurash sharoitlarida 
eramizdan avvalgi Vasrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini 
shakllangan. Avesto bu dinning oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi. 
Hozirgi dinshunoslikka xos bo`lgan Avestoning 6 asrlarda Eronda 
hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav I hukmronligi davrida 
yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy tekstiga 
ko`plab sharhlar berilgan. Bular «Zend» nomi bilan ma`lum. 
Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, xajmi g`oyat katta bo`lgani 
uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi. (Beruniy).
7asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va 
O`rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga 
ishonuvchilar quvg`in va ta`qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan 
uch qismi yo`qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy falsafiy 
tizimining qoida dasturlari bayon etilgan. U qadimiy ajdodlarimizni 
dunyoqarash, huquqiy, axloqiy, tamoyil qoidalarini o`z doirasiga olgan. Unda 
tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika, mediöinaga doir materiallar, 
bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf-
odatlar katta o`rin olgan. Hokim va zolimlar ulug`langan; 
ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da`vo 
qilingan.
Xulosa shuki, Avesto Zardushtiylikning muqaddas yozuvi hisoblangan, 
2000 yil davomida yaratilgan 5 dan 3 qismi yo`qolib ketgan u yakka 
hudolikni targ`ib etgan, olovga sig`inmaslik, faqat uni asrash va e`zozlashni 
tavsiya etgan. Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi 
hisoblanadi. U Apatsak, Ovitso, Ovutso, Avesto, Avatso kabi shakllarda ham 
ishlatib kelingan. Avesto O`rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining 
islomgacha davrdagi ijtimoiyiqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam 
to`g`risidagi tasavvurlari, urfodatlari, ma`naviy madaniyatini o`rganishda 
muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming 
yil davomida vujudga kelib, avloddanavlodga og`zaki tarzda uzatilib 
kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo`laklari 
Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu AxuraMazdaning 
Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo`laklar turli 
diniy duolar, madhiyalar sifatida yig`ila boshlangan. Bular Zardushtning 


o`limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» «O`rnatilgan, qat`iy 
qilib belgilangan qonunqoidalar» deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba 
bizgacha to`liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy 
(v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh 
Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan 
bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda 
xizmat etuvchilarni o`ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun 
o`sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo`qolib ketdi». Avestoning 
Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini 
tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12ming qoramol terisidagi tillo matn
haqida 
(atTabariyda 12000pergament) 
keying 
davrlarda 
yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; 
IXasr, «Arda Virafnamak»; IX asr, «Tansar xatlari», al Mas`udiyning «Muruj az-
zahab», «Forsnoma» va boshqalarda) ma`lumotlar 
bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar 
boyliklarini talontaroj etganlari, din arboblarini o`ldirib, asir olib 
ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha yetib kelgan Avesto, 
Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30«nask» edi, 
majusiylar (zardushtiylar) qo`lida 12 nask chamasi qoldi» deb 
yozgan. Yozma manbalarga ko`ra, haqiqatan ham Avestoni mo`badlar avloddan-
avlodga, 
og`izdanog`izga 
olib 
o`tib, 
asrlar 
osha 
saqlaganlar. 
Buning sababi mo`badlar mag`lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini 
harom hisoblab, muqaddasxabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur`at 
etmaganlar. Dastavval (mil. II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto 
qismlarini to`plash boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon (227-
243) davrida, ayniqsa, Shopur (243273) davrida atsrologiya, tabobat, 
riyoziyot
va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari 
tartibga 
keltirilgan, so`ng bu asosiy matn to`ldirib borilgan. Avestoning ana shu 
to`ldirilgan nusxasining ikki to`liq qo`lyozmasi Hinditsonda saqlanadi, 
biri 
Mumbayda, zardushtiylarning madaniy 
markazi bo`lmish Koma nomidagi 
insitutda, ikkinchisi Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. Avestoning eng 
qadimiy qismlarida Zardusht tug`ilgan va o`z faoliyatini boshlagan yurt 
haqida ma`lumot berilgan. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko`p sonli 
lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog`lari bor, yaylov va 
suvlari bilan go`zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo`l, 
chuqur ko`llari, keng qirg`oqli va kema yurar daryolari o`z to`lqinlarini Iskata 
(Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so`g`dlar 
yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari 
bor». Shubhasiz, «keng qirg`oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va 
Sirdaryo bo`lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O`rta Osiyo 
shaharlarining bu ikki daryo qirg`oqlarida joylashganlaridir. Shunga asoslanib,
biz 
Zardushtning 
vatani, 
zardushtiylikning 
ilk 
Makoni 
va 
Avestoning kelib chiqish joyi deb Xorazm, tarqalish yo`nalishi deb, Xorazm-


Marg`iyonaBaqtriyani ayta olamiz. Avestoning «Yasna» kitobida 
bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning 
ta`limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo`shni davlatga 
ketadi, u yerning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning 
xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta`limotini qabul qiladilar. Natijada 
qo`shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g`alaba qozonadi. Shundan 
so`ng bu ta`limot xalqlar o`rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr 
rivoyatiga ko`ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o`n ikki 
ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan. 
Avestoning tarkibiy qismlari. Avesto zardushtiylik muqaddas 
kitoblarining majmuidir. U murakkab to`plam. Avestoning saqlanib qolgan 
to`rtta
kitobidan 
birinchisining 
nomi 
«Videvdat» 
(vi-
dayevodatam «Devlarga qarshi qonun») deb ataladi. Ushbu kitob Avestoning 
saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob 
bo`lib, boblari fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma`nosi, vazifasi, 
uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard odamlar yashaydigan barcha 
yurtlarni AxuraMazda qanday yaratgani to`g`risida bo`lib, ular orasida 
Xorazm, So`g`d, Marg`iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi 
fragardda Jamshid podsholigi kasallik, o`lim, azobuqubatlar bo`lmagan 
zamon haqida, ya`ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi; uchinchi 
fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari va h.k. haqida. Shuningdek, 
Videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan AxuraMazdaning savol 
javoblari va muloqotlari ham o`rin olgan. Ikkinchi kitob «Yasna» deb atalib, 
Avestoning e`tiborli bo`limi sanaladi. Yasna yaz o`zagidan bo`lib, «sajda, 
topinch, namoz» ma`nolarini ifodalaydi. Yasna 72 bobdan iborat bo`lgan. 
Boblari ha, haitiy deb atalgan. Har bir ha zarur o`rniga qarab marosimlarda, 
ibodatlarda kohinlar tomonidan o`qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat 
qilganlar. Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o`zi ijod qilgan targ`ibot 
she`rlari ham kirgan. Ular Yasnaning 2834, 4346, 4750, 51, 53, 
jami 
bo`lib, 17 ta hasini tashkil qiladi. Zardusht she`rlari ilmiy adabiyotda gatalar 
deb atab kelinadi. Ha «bashorat» demakdir. Yasnaning 3542halari ayniqsa, 
yuksak qadrlangan. Bu yetti haHaptanxati Yasna 
«Yetti bob Yasna» deb 
nomlangan. Ular orasida olovning muqaddasligi haqida bob bo`lib, 
zardushtiylik urfodatlari orasida olovga e`tiqod qilish, dinning esa 
«otashparatslik» deb atalishi shunga bog`liq. Binobarin, olov AxuraMazda 
nurining quyoshda namoyonligi va uning yerdagi zarrasi deb hisoblangan. 
Oliy haqiqat Arta ham olovda o`z ifodasini topgan. Olov haqni nohaqdan, 
eng oliy gunoh hisoblanmish yolg`onni rotsdan ajratib bergan. Yolg`on esa 
chin e`tiqodga xiyonat deb qoralangan. Arta so`zi fonetik o`zgarib, datslab 
atar, hozir esa otash shaklida ishlatilib kelmoqda. Uchinchi kitob «Vispered» 
deb nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir bob alohida karde deb 
atalib, ma`budlar sha`niga o`qilgan duolar va ibodat utsida ularga murojaatlar 
hamda olamni bilishga doir pandnasihatlardan iboratdir. Uni ibodat 


namozlari yig`indisi ham deyishadi. Ayni paytda u Yasnaga qo`shimcha 
hisoblanadi. To`rtinchi kitob «Yasht» (gimn) deb ataladi. U Avestoning eng 
qadimiy qatlami bo`lib, 22 bobdan iborat. Har bir bob AxuraMazdadan 
boshlab, u yaratgan va uning ma`lum vazifalarini bajaruvchi ma`budlar 
sha`niga aytilgan madhiyalardan iborat. Avestoning bizgacha yetib kelmagan 
kitoblaridan ba`zi qismlari uning yig`ma parchalar to`plami «Xo`rdak 
Avesto» kitobida jamlangan. Masalan, Exrpatatsan kitobidan mo`badlar 
(kohinlar) uchun qonunqoidalar, diniy boshqaruv tizimiga xos 
ma`lumotlarga oid qismlari, Nirangatsan diniymavsumiy, ijtimoiy 
marosimlar tartibqoidalari qismi, 20naskda jonning u dunyodagi ahvoli 
haqidagi qismi va boshqalar shu kitobda saqlangan. Avesto haqida eng 
muhim manba IX asrga oid «Dinkard» (din amallari) asaridir. Unda 
Avestoning 21 kitobi to`la ta`riflab berilgan. Bu ta`riflar savobli ishlar 
yo`riqnomasi, diniy marosimlar va rasmrusumlar qoidasi; zardushtiylik 
ta`limoti asoslari; dunyoning AxuraMazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni 
va undagi hisobkitob; falakiyot; ijtimoiyhuquqiy qonunqoidalar; 
Zardushtning tug`ilishi va bolaligi; haq yo`lini tutish; jamiyat a`zolarining 
haq-
huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o`qiladigan duolar, 
amallar va boshqalardan iboratdir. Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi 
Anketil-
Dyuperron juda qimmatli ma`lumotlar qoldirgan. Masalan, Anketil 
Dyuperron 1755 yilda Hinditsonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar 
orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urfodatlarini yaxshi o`rgangan 
va Avestoni fransuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda 
nashr etilgan. Ayni paytda, shuni ham ta`kidlash joizki, olimlarimizning 
fikricha, Avesto G`arbiy Yevropa, Eron va Hinditson tillari orqali bizga yetib 
kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to`g`ri 
kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan. Zartushtiylikni o`rganish 
hozirgi kunlarda ham faol olib borilayapti. Ta`kidlash kerakki, bu sohadagi 
tadqiqotlar O`zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy 
qadriyatlar va ko`p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o`rni 
beqiyosdir. 
Zardushtiylik ta'limotining axloqiy yo’riqlariga binoan inson tomonidan o’z burchini his 
etishning eng birinchi bеlgisi ma'naviy poklik sanalgan. Ayollarga g’amxo’rlik 
ko’rsatish ijtimoiy zarurat hisoblangan. Ayniqsa, homilador ayollarga muruvvat 
ko’rsatish asosiy insoniy burch hisoblangan. Diniy g’oyalarga ko’ra tuproq, suv, havo 
hamda quyosh muqaddas sanaladi, odamlar ularni e'zozlash, quyoshga sajda qilishga 
da'vat etiladi. Zardusht ta'limotida shaxsiy va turmush gigiyеnasiga qat'iy amal qilish 
kishilar o’rtasida turli xil kasalliklar kеlib chiqishining oldini oluvchi tadbir ekanligi 
alohida uqtiriladi. Shu o’rinda quyidagi qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiqligiga 
urg’u bеriladi: qabristonlarning shahar yoki qishloqdan tashqarida bo’lishiga alohida 
e'tibor bеrish, hayvonlarning qabrlarni oyoqosti qilmasliklari uchun qabristonlarning 
atrofini o’rab qo’yish, mayyit (o’lik)ni yuvish vaqtida ozodalikka rioya qilish, murda 
tеkkan libos yoki murda qo’yilgan joyni suv yordamida yuvib tashlash, turli 


jonzotlarning o’ligi (inson murdasi) tushgan suv havzalarini bir nеcha bor qatron qilish 
(havzani yomg’ir yoki daryo suviga bir nеcha bor to’ldirib, suvni havzadan chiqarib 
tashlash), badan va sochning toza bo’lishiga ahamiyat bеrish, tirnoqlarni vaqti-vaqti 
bilan olib turish, kuniga bеsh marta yuvinish va hokazolar. Zardusht g’oyalarining 
amaliy ahamiyati shundaki, ularda turli kasalliklarning oldini olish hamda atrof-muhit 
musaffoligini ta'minlovchi usullar to’g’risida ham ma'lumotlar bеriladi. Bu boradagi 
usullar quyidagi uch guruhdan iboratdir: 
1) axlatlarni bеrkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh yoki kul bilan ko’mib tashlash; 
2) olov yordamida, issiq yoki sovuq havo vositasida mikroblarni yo’q qilish; 
3) kimyoviy usul (kul, sirka, sharob, turli giyohlar - sandal va isiriq tutatish, aloe, piyoz, 
sarimsoq, qizil qalampir va hokazolarni istе'mol qilish orqali mikroblarni yo’qotish) 
orqali yuqumli kasaliklarga barham bеrilgan. 
Bizga yaxshi ma'lumki, mikrob va yuqumli kasalliklar suv, havo va tuproq vositasida 
tеz tarqaladi va kеng hududga yoyiladi, shu bois “Avеsto” g’oyalariga ko’ra ularni 
asrash, ulardan foydalanishga nisbatan oqilona munosabatni qaror toptirish o’ta muhim 
sanalgan. Ularni asrash qoidalarini buzgan kishilar 400 qamchi urish bilan 
jazolanganlar. 
Zardushtiylik ta'limotida ovqatlanish qoidalari xususida batafsil so’z yuritilib, ularga 
qat'iy rioya etish lozimligi alohida ta'kidlanadi. Zеro, insonning salomat bo’lishi, o’z 
burchlarini to’laqonli ado eta olish imkoniyatiga egaligi uning ovqatlanish qoidalariga 
nеchog’li 
amal 
qilganligiga 
bog’liq 
bo’ladi.
Darhaqiqat, inson ovqatlanmasa fuqarolik, xizmat va axloqiy burchni ham bajara 
olmaydi. Insonning ma'naviy hayoti uning moddiy turmush tarzi bilan aloqador ekanligi 
asarda alohida qayd etilgan. Xususan, “Yasna”larda “yeb-ichmaydigan insonning toat-
ibodat qilishga quvvati yеtmaydi”, - dеyiladi. Zardushtiylikda dunyoviy noz-
nе'matlardan voz kеchish talab etilmaydi, balki noz-nе'matlarni mе'yorida istе'mol 
qilish, ularning mazasidan lazzat olish, inson hayotining “yaxshi kun ko’rish uchun 
zarur narsalar mo’l-ko’lchiligida” xushchaqchaqlik va baxtiyorlik bilan o’tkazishi 
lozimligi to’g’risidagi fikrlar ilgari suriladi. Zardushtiylik ta'limotiga ko’ra oila 
muqaddas hisoblangan. Oila qurish ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan. Erkak kishi 
zurriyot qoldirish layoqatiga ega bo’lgan holda oila qurmasa, unga muayyan jazo 
bеrilgan. U qopga solib kaltaklangan, pеshonasiga tamg’a bosilgan yoki bеliga zanjir 
bog’lab yurishga majbur etilgan. Ko’p bolali oilalarning davlat tomonidan mablag’ bilan 
ta'minlashi yo’lga qo’yilgan. Egizak yoki bir yo’la uchta farzand ko’rgan ayollarning 
maxsus ravishda taqdirlanishlari e'tirof etilgan. Zardusht g’oyalariga ko’ra naslning 
sog'lom bo’lishi, qavm qonini toza saqlash, turli irsiy kasalliklar kеlib chiqishining 
oldini olish maqsadida yaqin qarindoshlarning o’zaro oila qurishi man etilgan. 
“Avеsto”da inson omili, uning salomatligini ta'minlash masalasi alohida bayon etilgan. 
Bugungi kunda xalq tabobatida qo’llanilib kеlayotgan va kishilar salomatligi saqlashda 
muhim ahamiyat kasb etgan ayrim usullar xususida ma'lumotlar bеriladi. Bildirilgan 
fikrlar mazmuniga ko’ra mavjud kasalliklarni davolashda dorivor o’simlik (giyoh) lar 
yordamida tayyorlangan vositalardan samarali foydalanilgani ma'lum bo’ladi. Ana 


shunday dorivor vositalar sirasida kunjut, ko’knori, zira, piyoz, savsan, turp, xurmo, 
sabzi, bеhi, asal, zaytun moyi, shakar, shira hamda sеdananing nomi qayd etiladi. Ayrim 
kasalliklarni bartaraf etishda dorivor o’simliklarning ildizi, poyasi, bargi, guli, mеvasi 
va urug’laridan tayyorlangan qaynatmalarning foydasi katta ekanligi ta'kidlanadi. 
Kasalliklar rivojlanish davri, holati va turiga ko’ra rеjim asosida, duo o’qitish, 
parhеz saqlash, dori istе'mol qilish, shuningdеk, jarrohlik amallarini tashkil etish 
kabi yo’llar bilan davolangan. Asarda tabiblar tomonidan e'tirof etilgan va 
ularning faoliyatlarida asosiy axloqiy-ma'naviy g’oya bo’lib xizmat qilgan 
qasamnoma matni ham kеltirilgan. Xulosa qilib aytganda, “Avеsto” asarida insonning 
barkamol bo’lib yеtishishida uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning 
tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e'tibor bеriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng 
qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining kеyingi bosqichlarida 
yaratilgan barcha ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zеro, unda 
insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan 
muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodеksi sifatida nafaqat Sharq balki G’arb 
xalqlarining ham muhim ma'naviy mеrosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan 
masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht 
g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham 
yuqori bo’lishiga olib kеlgan. 
Bu kitobda juda ko`p g`oya, fikr, tavsiya, o`gitlar bor bo`lgani uchun 
biz faqat real, haqiqiy hayotga dunyoviy munosabatlarga tegishli hozir ham 
talabalar uchun o`z ahamiyatini yo`qotmagan masalalar ustida to`xtaymiz. 
Avestoning asosiy g`oyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik 
(yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va o`lim o`rtasidagi 
kurashga bog`liq; dunyodagi barcha ezguliklarni Ahuramazda, yomonliklarni 
Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam oliy kuchlar ihtiyoridagi o`yinchoq 
emas, u tanlash erkinligiga ega, u o`z g`ayrati bilan bu dunyoda adolat 
topishiga ta`sir eta oladigan kishidir. Demak, hozir ham kimki, o`zini ilohiy 
kuch qo`lidagi qo`g`irchoq hisoblamasa, o`ziga biror kasbni tanlab olsa, 
g`ayratli bo`lsa, adolatsizlikka duch kelsa unga qarshi kurasha oladigan inson 
bo`lib yetishishlari shart. 
Avestoda u zamonlarda keng tarqalgan ko`chmanchilik qoralanib, 
dehqonchilik ezgulik sifatida rag`batlantirilgan. Bundan xulosa chiqarib, 
hozir ham har bir odam hech bo`lmasa bir tup mevali daraxt, gul, sabzavot 
eksin, o`ziga mevasi nasib etmasa farzandlariga, bechoralarga nasib etadi, 
savob bo`ladi. El rahmatlar aytadi. 
Avestoda to`rt element suv, olov, tuproq, havo g`oyat ulug`langan; 
bularni asrash, avaylashga da`vat etilgan. Uning tarbiyaviy ahamiyati hozir 
ham katta. Bunga amal qilib, har bir ongli, aqlli vatanparvar, xalqparvar, 
yoshu-
qari tomchi suvni ham isrof qilmasligi, energiya, hayot manbai 
olovini, demak gazni, ko`mirni, neftni, o`tinni asrashi; tuproqni iflos 
qilmasligi, erroziyaga ya`ni nurash, sho`rlanishga yo`l qo`ymasligi; havoni 
esa pokiza saqlashi, ekologik xalokatga uchratmasligi ham qarz, ham farz. 


“Avesto” ayni zamonda bu qadim o`lkada buyuk davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk ma
daniyat bo`lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor eta ol
maydi1. 
Islom Karimov 
"Avesto" jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron 
xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik e`tiqodiga amal 
qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu 
ta`limotdan boshlangan. 
Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi 
va timsollar tizimi 
bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. "Avesto"da tilga olingan joy nomlari 
(Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani 
aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud. 
Tarixdan ma`lumki, insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi markazlari 
paydo bulishi va rivojlanishida dehqonchilik madaniyati muhim omil 
bo`lgan. Dunyo sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan biri bo`lgan 
Sharqda dehqonchilik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi sug`orma 
dehqonchilikka asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bu borada aytish joizki 
O`rta Osiyo zaminidagi eng qadimgi dehqonchilik madaniyati Joytun bo`lib 
melodgacha bo`lgan 64ming yilliklarda madaniyati shakllanganligidan dalolat beradi. 
Dehqonchilik tarixini o`rganish tarixning turli boskichlarida halqlarning ijtimoiy-
iktisodiy tizimini va ishlab chikarish kuchlari rivojlanishini xujalikmadaniy tiplar 
tarixi 
muammolarini 
ilmiy 
tahlil 
qilishda royat muhimdir. Qadimga dehqonchilik madaniyati, an`anaviy 
dehqonchilik xujaligi va u bilan bog`liq marosimlar hamda agrar kultlar 
tarixchi, arxeolog va etnolog olimlar uchun doimo dolzarb va qiziqarli 
muammolardan biri bo`lib kelgan va bu borada mutaxassislarning olib 
borgan ilmiy tadqiqotlari natijasida ma`lum amaliy natijalarga ham erishilgan. 
Ayniqsa bu borada O`zbekiston xududidagi dexqonchilik va 
dehqonchilik madaniyati tarixi, sug`orma dexqonchilikning shakllanishi va 
rivojlanish bosqichlari hamda u bilan borliq bo`lgan urbanistik jarayonlar 
doimo dolzarb muammolardan xisoblangan. Inchunun Vatanimiz 
xududidagi eng qadimgi dsxqonchilik madaniyati tarixi, dexqonchilik 
marosimlari va ularning genezisini tadqiq qilishda o`tmish ajdodlarimiz 
turmush tarzini o`rganixda, tarixiy jarayonlarni rekonstruksiya kilishda 
hamda halqimizning qadimgi davlatchilik an`analari va mintakadagi 
qadimgi urbanistik jarayonlarni ilmiyasosli tarzda o`rganixda muhim 
ahamiyatga ega. Bu borada jaxon fanida boy tajriba tuplangan bo`lib nemis 
folklorshunosi V. Mannxardt tomonidan ilk bora dehqonchilik bilan turli 
afsonalar va obrazlarda usimliklar olamining jonlaniish sirlari namoyon bulishi 
muammosi 
ilgari 
surilgan. 
V.Mannxardtning 
ta`kidlashicha, 
marosimlar va kultlar asosida inson tabiatdagi barcha boshka mavjudotlar 
kabi usimliklarda yashaydi degan qarash mujassamlashgan. Olimning 
fikricha, 
ruxning 
usimlikka 
evrilishi 
tug`risidagi 
mifologiya 
quyi 


mifologiya yukori iloxdar tug`risidagi mifologiyaga asos bo`lgan va aynan 
quyi mifologiya o`ziga xos yashovchan bo`lgan hamda uning izlari 
dehqonchilik marosimlarida yaxshi saqlanib qolgan. Mashxur ingliz tadkikotchisi 
J.Frezer 
Mannxard 
materiallariga 
suyangan xolda qadimiy agrar diniy dunyoqarashga oid manzarani qayta 
tiklagan va uning rivojlanish boskichlarini kursatgan hamda antik kultlar 
madaniyatning 
turli 
rivojlanish 
boskichlarida 
oralik 
bug`in 
tarzida 
ahamiyatta ega deb ta`kidlagan. Qolaversa etnolog olim tarixiytaqqoslash 
usuli asosida ilk mifologik qarashlar va rituallar bilan Yevropa halqlarining 
dehqonchilik marosimlarining o`zaro bog`liqligini kursatib berishga xarakat 
kilgan. 
Darhaqiqat dehqonchilik an`analari qadimiy ildizlarga bog`lanishi 
bilan birga o`ziga xos marosimlarga ham ega bo`lgan. Har bir dehqonchilik 
mavsumida aynan bir vakt takrorlanuvchi ish jarayoni turli an`ana va urf 
odatlarni shakllanishiga sabab bo`lgan. Biz quyida mintakamizdagi dehkonchilik 
madaniyatining ilk jumladan, va rasm rusumlarini ko`rinishlari yozma manbalar,
zardushtiylarning mukaddas kitobi "Avesto" malumotlari asosida taxlil 
kilishga hamda ularning o`zbek halqi an`anaviy dehqonchilik marosimlari 
bilan uyrunligini kursatishga xarakat qilamiz. 
Ma`lumki, "Avesto"da ilk dehkonchilik va chorvachilik madaniyati 
bilan bog`liq ijtimoiy tartib qoidalarga oid qarashlar va turlituman 
marosimlarga ham keng urin berilgan. Jumladan, mazkur manbada 
dehqonchilik bilan chorvachilikni yaratgan zot Axura Mazda nazdida eng 
ma`kul ish tarzida madx kilinadi. Ayniksa, dehqonchilikka oid mexnatni 
xurmat kilish, sevish va kadrlash ta`kidlangan. Shundan kelib chikib 
zardushtiylik axlokiy qarashlari bevosita dehqonchilik dehqonlar va 
chorvadorlar axlokiy dunyoqarashini aks ettiradi. Dehqonchilikning yaxshi tomonl
ari Zardushtning ikkinchi farzandi 
Arvatatnara obrazida mujassamlashgan. Unga xos xususiyatlarga konunga 
va ijtimoiy tartibga itoat kilishlik hamda sabrbardoshlilik kirgan. 
Shuningdeq mazdaparastlar tasavvuriga kura olamdagi birinchi dehqon 
Arvatatnara xisoblanadi. "Vendidod"ning 2fargard, 42bandida qayd 
etilishicha, Yimaxshayati (Jamshid) bunyod etgan var axli orasida Zardusht 
va Arvatatnara eng buyuk va eng donodir. "Bundaxishn"da keladi: 
"Arvatatnara dehqonlarning ulug`i edi, endi Jamshid bunyod kilgan varning 
buyugiga aylandi5. Shu urinda aytib utish joizki, zardushtiylik an`anasiga 
kura Arvatatnara abadiy zotlar sirasiga kirgan. "Avesto"ning juda kup urinlarida x
osildorlikni oshirishdagi 
asosiy 
omillardan biri yerning zaxini qochirish, shurini yuvish deb maslaxat 
beriladi. Zardushtiylarda yaxlit bir agromadaniyat yaratish uchun maxsus 
irrigatsiya tizimi va yer maydonlarini jamoa a`zolari o`rtasida tartibli 
taksimlanishiga amal kilingan. Shu urinda aytib ugish kerakki jinoyat uchun 
odamlarga beriladigan jazo turlari ichida suv inshootlari kurishda majburan 
ishlatish chorasi ham bo`lgan (bu og`ir jismoniy mexnat xisoblangan). Bu 


davrda yer jamoa mulki bo`lgan bulsada chorva xususiy mulk bo`lganligini 
"Avesto"dan kurishimiz mumkin. 
"Avesto"da dehqonlarni vastriofishuyant deyilgan. Bu so`zning 
etimologiyasiga nazar tashlasak zardushtiylar ajdodlarining an`anaviy 
kuchmanchi
mashg`uloti 
chorvachilik 
bilan
bog`lik 
juda 
qiziq 
bir 
manzaraning guvoxi bulamiz. Avestoshunos olim A. O. Makovelskiyning 
yozishicha, "vastriofishuyant" iborasi yasalishiga kura murakkab so`z bo`lib 
uning birinchi tarkibiy kismi yirik shoxli koramol chuponi, ikkinchi qismi 
esa mayda shoxli chorva chuponi ma`nolarini bildirgan. Ushbu ikki 
so`zning kushilishidan keyinchalik dehqon so`zi paydo bo`lgan"6. "Vendidod" va "
Visperad"ning aloxida qismlarida yerga ishlov berish, 
ekin ekish, yerning meliorativ xolatini yaxshilashga oid qator yulyurikdar 
bayon qilingan. Jumladan, "Vandidod"ning uchinchi fargardi, 4bandida 
Zardushtning Axura Mazdaga qarata "zamini hammadan kura baxtiyorrok 
bo`lgan dunyodagi uchinchi joy qayr?" 
degan savoliga javob tariqasida 
Axura Mazda: "Ey Sipiytmon Zardusht! Bunday joy bir Ashavan 
hammadan kura kuprok bug`doy, yog` va mevali daraxtlar ekkan, odamlar 
kuruk yerlarga suv chikargan, suvli yerlarni shudgor kilgan zamindir"7 deb 
javob bergan. Shuningdek "Vendidod"da ta`kidlanishicha, o`zok vakt 
ekilmagan va omoch tegmagan zamin baxtsizdir. U omochni orzu kiladi. 
Bunday zamin balog`at pallasiga kirgan sohibjamol qizdir. Bu oila kurish, 
kiz farzand kurishni xoxlagani singari, xaydalmagan yer ham kushchini kutadi". 
Xalqimiz dunyoqarashi va dehqonchilikka oid an`anaviy xujalik 
mashg`ulotida xozirgacha ushbu qarashlar bilan bog`liq ayrim ko`rinishlar 
saqlanib qolgan bo`lib buni bevosita etnografik ma`lumotlar ham 
tasdiklaydi. Jumladan, o`zbeklarda yerni xaydash, uni ekishga tayyorlash, 
suv keltirish, zamin bag`rida yetishtirilgan xosilni yigib olish savob, 
dehqonchilik eng sharafli mashg`ulot hisoblanadi. Ayniksa, dehqonchilik 
mavsumini boshlanishi o`ziga xos tantana tarzda nishonlangan bo`lib, XX 
asrning birinchi choragigacha respublikamizning kator mintakalarida 
baxorgi shudgor oldidan "is chikarish" marosimi utkazilgan. Xar bir oilada 
ayollar bug`irsoq cho`zma ("is") pishirishgan. Qozonda moy yaxshi 
kizitilib, sungra unga hamir tashlangan. Guyoki, marxumlar shu moy 
kizishini eshitib, ruxdari shod bulishib, karindoshurug`larga omad 
tilashadi. Yerni xaydashdan
oldin xukizlarning shoxlari va buynturig`ini 
yog` bilan moylaganlar. 
Xo`kizlarni yomon ko`zdan asrasin, deb tumorlar taqilgan. Keksalarning 
ta`kidlashlaricha, mazkur odat zaminida uning shoxlari moylanib, bakuvvat 
bo`lgan xukiz yil buyi xormaytolmay ishlasin, degan magik niyat 
mujassamlashgan. Dastlabki egat olish yoki urug` sepishni oila yoki 
qishloqdagi xurmatli keksalar boshlab berishgan. "Avesto"da yozilishicha, "kim 
bug`doy 
eksa, 

Ashaxni 
(Haqiqat) ekadi. U Mazda dinini yana va yana kukartiradi. U Mazda dinini 
yuzlab 


hamdu 
sano, 
nazru 
niyoz 
va 
o`n 
minglab 
kurbonliklar 
kuvvatlantirgandek kudratli kiladi. Qachonki egatlarda urug` yetilsa, devlar 
urinlaridan ko`chadilar. Qachonki bug`doy gurkirab kukarsa devlar 
dahshatlardan titray boshlaydilar. Qachonki bug`doy un bulsa, devlar nola 
chekadilar. Qachonki bug`doy xirmonga uyulsa, devlar nobud buladilar. 
Qay bir xonadonda bug`doy bosh chikarsa u xonadonga devlar yakinlasha 
olmaydilar. Qay bir xonadonda bug`doy ombori bulsa guyo qizdirilgan 
temir devlar buynini chirmab tashlaydi". Ko`rinadiki, "Avesto" paydo 
bo`lgan davrda g`alla ekish, don yetishtirish, umuman, dehqonchilik 
madaniyati yetarli darajada rivojlangan ekan. Biz o`zbek halqining an`anaviy turmu
sh tarzi bilan bog`liq qarashlar va 
marosimlarni 
ko`zatar 
ekanmiz, 
yer, 
don 
va 
nonga 
bo`lgan 
o`ziga 
xos 
xurmatextiromni turli-
tuman udumlar va marosimlarda hozirgacha saklanib 
kelayotganligini kurishimiz mumkin. Farg`ona vodiysi o`zbeklari orasidagi 
halqona qarashga kura bug`doy, olma, kovun, anjir va rayxon dastlab 
jannatda o`sgan. Shu bois ushbu usimliklar va mevalar doimo e`zozlangan. 
Ayniksa halq orasida yerga bug`doy sepish eng xayrli amallardan biri 
sanalgan va bug`doy ekilgan maydonlarni oyoq osti kilish gunoh 
xisoblangan. Kolaversa bug`doydan tayyorlanadigan taomlar ham aloxida 
kadrlangan. Jumladan, baxorda iliko`zildi paytida ayollar tomonidan 
namlangan bug`doyni kuklatib sumalak tayyorlash va qolaversa bir marta 
sumalak tayyorlangan uyda yetti yil mobaynida xar yili bir marta sumalak 
pishirish udumlari xozirgacha davom etib kelmokda. Shu urinda 
halqimizning nonga bo`lgan xurmat e`tiborini aloxida ta`kidlab utishimiz 
lozim. Asosiy xujalik mashg`ulotlaridan biri dehqonchilik bo`lgan o`zbek 
halqida non azaldan asosiy va tansik iste`mol mahsulotlaridan bulishi bilan 
birga non bilan bog`liq kator marosimlar va urfodatlar shakllangan. 
Jumladan, non hech qachon oyok ostiga tashlanmagan. Nonni bosish og`ir 
gunox xisoblangan. Bundan tashkari kelinni kuyovnikiga ko`zatishda 
boshiga non quyish odati bo`lgan. Farg`ona vodiysi o`zbeklari qadimiy 
odatga kura g`alla somonini xech qachon o`choq va tandirga yoqishmagan. 
Chunki donninonni yokish og`ir gunoh deyiladi 10. Axborotchilarimizning 
ta`kidlashlaricha, non bor joyga turli insjinslar va yovo`z kuchlar 
yakinlashmas ekan. Shu bois yomon ko`zdan, yovuz kuchlardan asrovchi 
vosita sifatida, yangi tug`ilgan chakalokni yoki xatna kilingan bolaning 
yostigi ostiga boshka kator magik xususiyatga ega buyumlar bilan birga non 
quyilgan. Xorazmda 
non bulaklarini tumor 
qilib taqilgan va non uchun 
hamir tayyorlab quyilgan yerga (masalan, tandir oldiga) jin, parilar 
yakinlashmaydi deyiladi. XX asr boshlarida o`zbeklarda ba`zan ekinlar rivoji past b
o`lib, hosil 
kam bulsa va bu xodisa ikkiuch bora qaytarilsa, bunday yerlarga odamlar 
salbiy nazar bilan qarashgan. Giyoh unmaydigan yoki kam xosilli 
paykallarni «it tekkan yer» (insjins tekkan manosida), "xudo qarg`agan 
yer" deb nomlashgan. Xorazmda ulgan odamning jasadi tekkan yerni nopok 


yer deyilgan. Agar ekin ekiladigan yerda odam jasadi yoki uning suyaklari 
topilsa, bu joy xarom xisoblangan. Bunday yerni besh marta sugorgandan 
keyingina ekin ekishgan. Ayrim joylarda esa bunday srlarniig atrofini juyak 
olib urab quyishgan va ikkiuch yil davomida sug`ormaganlar, ekin 
ekmaganlar. Biz bu udumga aynan uxshash ko`rinishni "Avesto" kitobida 
uchratamiz. Zardushtiylarning "murdaning nopokligi" konsepsiyasiga kura 
zardushtiylik paydo bo`lgan dastlabki paytlarda tuprokning xolatini 
bo`zmaslik maksadida va murdani "marosimiy makrux" xisoblangani bois 
o`lik yerga kumilgan. Murda odamlar nazaridan yiroqqabaland tepaliklarga 
eltib 
maxsus 
supalarga 
quyilgan. 
"Veididod"ning 
7fargardi, 
7bulimida 
Zardushtninig Axura Mazdaga karata "oftob ostida yotgan odam jasadi 
yerga tushib ketsa, yer necha vaktdan sung o`zining pokizalik xolatiga qaytadi? 
degan savoliga javob tarikasida "oftob ostida yotgan odam jasadi 
yerga tushib ketgan laxzadan bir yil utgach, zamin o`zining poklik xoliga 
qaytadi" deb javob bergan. Boshka urinda Axura Mazda Zardushtga 
karata "odam jismi tuprokka topshirilgan lahzadan ellik yil utganidan sung 
zamin o`zining poklik xoliga qaytadi" deb ta`kidlagan. Demak biz 
bundan halqimizning dehqonchilik bilan bog`liq kator urfodatlari kecha 
yoki bugun uylab topilmagan, balki o`zining kupming yillik tarixiga ega 
ekanligiga yana bir bor amin bulamiz. Fargona vodiysi o`zbeklarida yerga 
dastlabki ishlov 
berish, 
yani 
yil 
boshidagi 
dastlabki 
dehqonchilik 
yumushlari Navro`z tantanalari bilan bir vaktda boshlangan. Navro`z 
ayyomi dehqonlar uchun ayniksa ahamiyatli bo`lgan. Chunki yukorida 
aytganimizdeq bu kunlarda ekin ekish, dala, bor yumushlari boshlangan. 
Dehkonlar, bog`bonlar va chorvadorlar ayozli kunlardan omoneson chikib, 
baxorning issik kunlarini intiklik bilan kutib, katta dehqonchilik ishlariga 
jiddiy tayyorgarlik ko`rganlar, omochbuyinturiklarni, molalarni sozlab, 
taxt kilishgan, otlar sovutilgan, aravalar to`zatilib ishga yarokli xolga 
keltirib quyilgan. Asosiy ishchi kuchi bo`lgan xukizlarni yaxshi parvarishlab, 
ularni yer xaydashga olib chikishgan. Shu bois ham o`rta 
asrlarda Buxoroda bu dehqonchilik bayrami "Navro`zi kishavorzon" 
dehqonlar bayrami" deyilgan. Zaxmatkash dehqonlar aynan ushbu kun 
qo`sh chikarib urug`ni yerga qadaganlar. 
"Avesto" oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus 
alifboda datslab to`qqiz ho`kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida 
sosoniylar (mil. ol. 7-3asr) davrida 21kitob holida yig`ilgan, bizgacha 
ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga "Zand" nomi bilan 
sharhlar bitilgan. "Avesto" to`rt qismdan iborat: Yasna ("Diniy marosimlar"), 
Yasht (ma`no jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad ("Barcha ilohlar haqidagi 
kitob"), 
Vendidad ("Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi"). Yasna 
tarkibiga kirgan madhlar "Gatlar" (ayrim manbalarda "gohlar") deb nomlanib, 
ularni Zardutsning o`zi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid 
(Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Er To`nga) kabi afsonaviy qahramonlar 


"Avesto" insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk 
hayoti lavhalari uchraydi. sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining
e`tiborini tortgan. 

haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, 
O.Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari 
mavjud.O`zbekistonda "Avesto"ni o`rganish qadimdan boshlangan. Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida "Avesto" 
ta`limotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir 
ilmiy asarlarning qo`lyozma va bosma nusxalari O`R FA SHI jamg`armasida 
saqlanadi. Hozirgi o`zbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Isoqov, N. 
Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari e`tiborli. O`zbekiston 
Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda "Avesto"ning 2700 yilligi 
nishonlandi. "Avesto" vatani Xorazmda bog` barpo qilindi, asarning o`zbek 
tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi. 
Xulosa qilib aytganda, o`zbek halqining dehqonchilik an`analari 
qadimiy tarixga ega bo`lib bundan 3000 yil mukaddam O`rta Osiyo zaminida 
dehqonchilik gullabyashnagan va ajdodlarning asosiy mashg`ulotlaridan 
biri bo`lgan. "Avesto"da ta`riflangan va targ`ib etilgan eng ulug` kasb 
dexqonchilikka oid urfodat va marosimlar o`zining xayotiyligi va 
halqchilligi bilan aloxida dikqatga sazovordir. Ularda ijtimoiy tabaqaviy 
cheklanish alomatlari yo`q bo`lib tabiiy ehtiyojlar zaminida paydo bo`lgan va 
umumxalq manfaatlariga 
xizmat qilgan. Bu urf-
odat va marosimlar tabiat bilan o`zviy bogliq 
mehnat jarayoni hamda turmushning muhim voqealariga bag`ishlab 
nishonlangan va xalqning orzu 
umidlarini ifoda etgan. 
Avestoning hozirgi davr kishilari uchun ahamiyati shundaki, unda 
odamlar doim pokiza yurishga, badanni toza tutishga yomon kirdikorlar 
qilmaslikka; har qanday yovuz niyat va haqoratli asabbuzar so`zlarni 
aytmaslikka, ayollarni, jumladan qizlarni sevishga hamma sohada mo`tadil 
(optimal) bo`lishga da`vat etuvchi qoida da`vat, o`gitlar bayon etilgan. Avestoning Gat 
qismida odamlar halol mehnat qilishga o`z qo`li hunari bilan moddiy ne`matni 
yaratishga, 
tayyorga 
ayyor, 
o`roqda 
yo`q, 
mashoqda yo`q xirmonda 
hozir, boqimanda, tekinxo`r bo`lmaslikka, bularga 
yo`l qo`ymay, binoanan yashashga da`vat etilgan. Bu da`vatlarni hozir ham 
foydasi katta. 
Xulosa shuki, Avestoda diniy ko`rsatmalar haqidagi g`oyalar bilan 
birga real, dunyoviy hozir ham foydali, nasihat, tavsiya, cheklash, ta`qiqlash, 
rag`batlantirishga doir o`git va da`vatlar ko`p bo`lgan. 
Zardushtiylikning 
o`zidan 
keyingi 
barcha 
dinlarga 
salbiy ta`siridan
ko`ra ijobiy ta`siri ustun bo`lgan. Deyarli barcha dinlarga 
xos xususiyat bo`lgan insonlarni yetuklikka, ma`naviyati boy, axloqodobli 
bo`lib tarbiyalashga intilish zardushtiylik dinining ham asosini tashkil qiladi. 
Bu ustunlik musulmonlar hayoti va faoliyatida ayniqsa e`tiborga loyiqdir. 



Yüklə 262,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin