Mavzu. Avstraliya va okeaniya xalklari etnologiyasi


Birinchi  qit`a  hisoblanadigan



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix01.05.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#115628
1   2   3   4
Avstraliya va okeaniya xalqlari

Birinchi  qit`a  hisoblanadigan-  Avstraliya  Tinch  okeanining  janubida  joylashgan  o’ziga  xos 

o’lkalar. Uning iqlimi ham, etnik to’zilishi ham er kurrasining boshqa qismidan ancha farq qiladi. To’rt 

tomoni bepoyon okean suvlari bilan yuvilib to’rgan Avstraliya qit`asi 7,7 mlm, kvadrat km      



Qir`aning  beshdan  ikki  qismi  tropik  iqlimi,  qolgani  subtropik  va  mo’tadil  issiq  iqlimlidir.  Ichki 

Avstraliya  nihoyatda  qirg`oq,  yag`ingarchilik  kam,  iqlimi  o’zgaruvchan,  dashtu  biyobondan  iborat. 

Uncha katta bo’lmagan daryolar uning sharqida mavjud, xolos. Pastqam tog` tizmalari, asosan, janubi-

sharqiy  qismida  joylashgan.  Bir  necha  yo’z  katta-kichik  ko’llar  mavjud  bo’lib,  ular  yozgi  jaziramada 

qurib qurib sho’rxokka aylanadi. Avstraliyaning o’simlik va hayvonot dunyosi ham iqlimi singari xilma-

xil. U erdagi o’simliklarning aksariyati (85 foizi) faqat o’ziga xos bo’lib, boshqa biron erda uchramaydi. 

Ayniqsa,  janubi-sharqida  balandligi  yo’z  metrgacha  yetadigan  evkalipt  daraxtlari  (150  turdan  ortiq) 

qit`aga  go’zal  manzara  kasb  etib  turadi.  Abadiy  yashil  daraxtlar:  palma,  fikus  va  chirmovuq  kabi 

o’simliklarga boy tropik o’rmonlar qit`aning shimol va shimoli-sharqiy qismida joylashgan. O’lkaning 

g`arbiy  va  ichki  qismiga  kirib  borgan  sari  barcha  o’simlik  dunyosi  nihoyatda  qashshoqlashgandek 

ko’rinadi. 

Hozirgi Avstraliya millati qurama, turli elatlardan tashkil topgan. Qit`ada 15,7 mln.dan ortiq (1985-

y.) aholi yashaydi, ammo u nihoyat notekis joylashgan. Aholining asosiy qismi Avstraliyaning sharqiy 

va  janubi-qismlarida,  sug`oriladigan  qulay    iqlimli  va  o’simlik  dunyosiga  boy  bo’lgan  janubi-g`arbiy 

hududlarda yashaydi. Avstraliya aholisining ko’pchiligi Evropalik, ayniqsa, Angliya va Irlandiyadan (78 

foizi)  kelganlarning  avlodlari  ko’pchilikni  tashkil  qiladi.  Tub  aholisi  (aborigenlar)  suvsiz  cho’l  va 

sahrolarda  kun  kechirmoqda.  Ularning  soni  103  mingga  yaqindir  (metislar  bilan  qo’shib  hisoblaganda 

140 mingdan ortadi). Umuman olganda, Avstraliya va Okeaniyada keyingi ma`lumotlarga qaraganda 25 

mln.dan ortiq aholi mavjud. Shu jumladan, Yangi Zelandiyada 3,2 mln.aholi yashaydi. 

Okeaniyada joylashgan minglab orollar janubga yaqinlashgan sari yiriklashib va ancha quyuqlashib 

boradi. Avstraliyaning sharqida va shimoli-harqida, aksincha, juda mayda orollar Tinch okeani bag`riga 

kirgan sayin kamayib boradi. Eng yirik orollar` Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniyadir. 

Mayda orollar esa asosan, vulqonlardan va marjonlardan paydo bo’lgan va ularning qit`aga hech aloqasi 

yo’q. Okeaniyaning barcha orollari deyarli tropik oralig`ida joylashgan bo’lib, iqlim ekvatorial, tabiati 

adabiy  shil  tropik  o’simliklar  bilan  qoplangan,  hayvonot  dunyosi  g`arbga  tomon  boyroq,  sharqda  esa 

ancha kam. 

Okeaniya  asosan,  uch  qismga  bo’lingan:  janubi-g`arbiy  qismdagi  «qora  orollar»  deb  nom  olgan 

Melaneziya; uning sharqiy va shimoli-g`arbidagi bepoyon Tinch okenida tarqoq  joylashgan Polineziya 

(tarjimasi  «ko’psonli  orollar»);  Osiyo  sohillariga  yaqin  mayda  orollardan  iborat  Mikroneziyadir.  Agar 

tub  aholisining  sharoiti  va  madaniy  saviyasi  sotsial-iqtisodiy  jihatdan  umumiy  xarakterga  ega  bo’lsa, 

Okeaniya  xalqlari  nisbatan  yuqori  darajada  va  nihoyatda  rang-barang  shaklda  rivojlangan.  Tillarning 

joylashuvi antropologik turlarga to’g`ri kelmaydi. Ularning xo’jalik tiplariga qarab madaniy yoki sotsial 

rivojlanish darajasini aniqlash qiyin. Chunki, Osiyo yoki Evropadagi ishlab chiqarish qurollari, moddiy 

buyumlar  bu  erga  mutlaqo  to’g`ri  kelmaydi.  Masalan,  tub  melaneziyaliklar  o’q-yoyni,  termirchilikni 

yoki  kulolchilikni  bilmaganlar,  ammo  o’ziga  xos  yuksak  madaniyat  yaratganlar.  Aytaylik,  ijtimoiy 



munosabatlarda melaneziyaliklarda savdo-sotiq rivoj topgan bo’lsa ham, natural xo’jalikka ega bo’lgan 

polineziyaliklar ularga nisbatan ancha yuqori madaniyatga ega bo’lganlar. 

Umuman,  beshinchi  qit`ani  o’rganish  insoniyat  tarixining  ilk  davrlari  –  ibtidoiy  jamiyatdan  sinfiy 

jamiyatning ilk shaklarigacha, dastlabki davlat va qabilaviy birliklargacha aniqlab olish imkonini yaratib 

bergan edi. 

Dunyodagi  eng  kichik  qit`a  yoki  eng  katta  orol  hisoblangan  Avstraliya  eng  qadimiy  geologik 

davrlarda  qurg`oqlikdan  ajralib  qolib  XIX  asrgacha  jonli  qadimiy  mo’zey  shaklida  saqlangan.  Uning 

flora va ayniqsa, faunasining arxaikligi va o’ziga xosligi doimo tadqiqotchilarni hozirgacha hayajonga 

soladi. 

 Avstraliya va Tasmaniya xalqlari: Beshinchi qit`a aholisining kelib chiqishi fanda eng qiziqarli va 

nihoyatda  murakkab  muammodir.  Chunki,  bu  erning  tub  aholisi  juda  arxaik  ibtidoiy  tirdagi  sodda, 

o’ziga xos madaniyatini bizning davrimizgacha saqlab qolgan. 

Avstraliyaliklarning  kelib  chiqishi  to’g`risidagi  fikrni  rus  olimi  Ivan  Simonov  o’zining  dastlabki 

tadqiqotlarida bundan 180 yil ilgari bayon etgan edi. XIX asrning 20-yillarida Sidneyga rus kemalarida 

kelgan  ekspeditsiya  a`zosi  I.Simonov  avstraliyaliklarni  ko’rganda,  ular  janubiy  hindistonliklarning 

avlodlari, degan taxminni aytgan. Atropologiya fani Avstraliya tub aholisi Janubiy Osiyoning qadimiy 

xalqlari  bilan  tarixiy  bog`liq  ekanligini  tasdiqlagan.  XIX  asr  o’rtalarida  ayrim  sayyoh  olimlar  (E.Eyr, 

J.Prichard)  avstraliyaliklarni  tasodifan  qit`aga  adashib  yoki  qo’llikdan  qoshib  kelgan  afrikaliklarning 

avlodi  degan  bo’lsa,  ba`zi  birlari  malayya  arxipelagi  va  Yangi  Gvineya  orqali  keogan  okeaniyaliklar 

avlodi,  degan  fikrlarni  aytishgan.  1870-yillarda  beshinshi  qit`a  bilan  tanishgan  rus  tadqiqotchisi  va 

sayyoqi  N.N.Mikloxu-Maklay  o’zining  jiddiy  ko’zatishlari  asosida  avstraliyaliklar  mustaqil  irq  degan 



xulosaga  keldi.  Mazkur  fikrni  antropologik  tadqiqotlar  ham  qisman  tadiqlaydi.  Avstraliyaliklar  o’ziga 

xos antropologik tipni tashkil qiladi. 

Tasmaniyaliklarning kelib chiqishi hali to’lib aniqlanmagan. Ular sochining jingalakligi, badanining 

to’q jigarangligi, past bo’yligi bilan avstraliyaliklardan farq qilganlar. Tasmaniyaliklardan farq qilganlar. 

Mastaniyaliklar antropologik to’zilishi bilan melaneziyaliklarga, ayniqsa, Yangi Kaeg`ledoniyadagi tub 

aholiga  o’xshab  ketadi.  Aslida,  olimlarning  fikricha,  tasmaniyaliklar  qadim  davrlarda  Avstraliyadan 

siqib chiqarilgan tub aholining avlodlaridir. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

Beshinchi  qit`aga  aholining  ko’chib  kelish  davri  yuqori  paleolitga  to’g`ri  keladi.  Taxminan  18-19 

ming  yillar  muqaddam  Avstraliya  qit`asi  Osiyo  bilan  qo’shilgan  bo’lib  eng  qadimiy  avstraliyaliklar 

Janubi-sharqiy Osiyodan quruqlik orqali ko’chib kelganlar.  Keyinchalik 12-13 ming yillar ilgari okean 

suvlarining ko’tarilishi natijasida beshinchi qit`a payda bo’lgan.  

Evropa  mustamlakasi  arafasida  (XVIII-XIX  asrlar)  Avstraliya  va  okeaniya  xalqlari  o’zlarining 

xo’jalik faoliyati va ijtimoiy to’zumida, tili va irqiy to’zilishida qadimiy ibtidoiy shakllarni shunchalik 

chuqur saqlab qolganlar, boshqa qit`alarda ularga o’xshash belgilar deyarli uchramaydi.  




 

Mustamlakachilar  kelgunga  qadar  avstraliyaliklar  butun  qit`a  bo’ylab  tarqoq  holda  ko’chib 

yo’rganlar.  Ularning  soni  taxminan  250-300  ming  bo’lib,  500  ga  yaqin    urug`-qabilalarga  birikkan. 

O’zoq  vaqt  davomida  boshqa  dunyo  bilan  aloqada  bo’lmaganliklari  tufayli  avstraliyaliklarning  tillari, 

yuqorida qayd qilinganidek, hech bir boshqa tillarga o’xshamaydi va yaqinligi ham yo’q. Har bir qabila 

o’z  tili  yoki  shevasiga  ega  bo’lib,  irqiy  va  madaniy  jihatdan  o’xshashlik  mavjud  bo’lsa-da,  bir-




birlarining tillarini tushunolmaganlar. Ba`zi tillar bir necha shevalardan iborat bo’lib, maxsus turkumni 

hosil  qilgan.  Tub  aholi  tillarni  lingvist  A.Kerella  olti  yirik  turkumga  bo’ladi.  1)  Janubi-sharqiy 

Avstraliya  tillari; 2) Yangi  janubiy Uels  tili; 3) Shimoliy va Markaziy Kvinsland  tili;  4) Markaziy va 

janubi-g`arbiy Avstraliya tili; 5) Arixemlend tili; 6) Shimoliy va shimoliy-g`arbiy hududdagi juda ko’p 

boshqa  tillar.  Barcha  tillar  o’z  to’zilishi,  aniqligi  va  so’z  boyligi  bilan  alohida  xususiyatga  ega. 

A.Kepellaning  bu  klassifikatsiyasi  hali  takomillashmagan  va  ko’pchilik  olimlar  tomonidan  qabul 

qilinmagan. Pater V.Shmidt Avstraliya tillarini o’zaro bir-biriga yaqin bo’lgan ikki-janubiy va shimoliy 

guruhlarga bo’ladi. 

Avstraliyaliklarda  yana  «signallar  tili»  ham  mavjud  bo’lib,  narsalarni  aniq  belgilar  yurdamida 

ifodalangan. Misol uchun, o’z joylarini tashlab ketayotganlarida oyoqlari bilan qumga chiqib chizganlar 

va  chiziqning  ichiga  xivich  tiqib  qo’yganlar.  Chiziqning  yo’nalishi  va  uning  o’zunligi  shu  guruhning 

qaysi tomonga va qancha masofaga ketganligini bildirgan. Bul belgi o’z guruhlarining kechikib qolgan 

a`zolari va mehmonlar uchun ham qilingan. Shuningdek, xavf yoki motam signalari keng tarqalgan. 

Baland  evkalipt  daraxtlariga  tirmashib  chiqishda  jahonda  avstraliyaliklarga  teng  keladigani  yo’q. 

Ular  daraxtlarda  yashovchi  parrandalarni  tutish,  qush  tuxumi  yoki  yavvoyi  arii  asalini  olish  uchun 

nihotyada zo’r mahorat bilan tik daraxtlarga chiqa bilganlar.  

Qushlarni ovlashda eng asosiy qurol bumerang bo’lgan. Bumerangning xususiyati shundaki, mohir 

mergan  kuch  bilan  irg`itganda,  u  o’ljaga  kutilmagan  tomondan  borib  tegishi  mumkin,  agar  nishonga 

tegmasa  u  yana  Irg`ituvchining  oyog`i  tagiga  qaytib  tushadi.  Bumerang  turli  xil  bo’ladi,  ammo 

aksariyati o’roqsimon shaklda bo’lib,  o’zunligi o’rtacha 75 sm (ayrimlari 2 metrgacha) keladi va yo’z 

metr masofagacha uchadi. U bilan uchar qushlarni ham urib tushirish mumkin. Qushlarni har xil to’rla 

rva  to’zoqlar  bilan  ham  ovlaganlar.  Baliqchilikda  sanchqi,  to’r,  qarmoq,  savat  va  boshqa  ov  qurollari 

ishlatilgan.  Qarmoqlar  suyak  yoki  chig`anoqdan  yasalgan.  Ovchilik  va  baliqchilikda  nayza  muhim  rol 

o’ynagan.  Tasmaniyaliklarda  tosh  qurollar  va  nayza  ishlatilgan.  Dengiz  hayvonlari  ugri,  molluska  va 

qisqichbaqalar sevimli taom hisoblangan. Ovchilik va baliqchilik bilan erkaklar, terib-termachlash bilan 

esa asosan, ayollar shug`ullangan. 

Avstraliyaliklar  go’sht  va  baliqni  xom  holda  iste`mol  qilmaganlar.  Ular  go’sht,  qush  yoki  baliqni 

ko’pincha yaxlit holda o’tda yoki cho’g`da qovurib yeganlar. Avstraliyada turli tariq, yams va boshqa 

ildizmevali o’simliklar, non daraxti (bunya) yavvoyi holda o’sadi. Ular tosh, suyak, chig`anoq, yog`och, 

o’simlik  tolasi,  hayvon  terisidan  turli  qurol,  buyum  va  idishlar  yasashni  yaxshi  bilganlar.  Tosh 

qurollarning tiplari neolit davridagi shel va ashel yoki muste qurollariga o’xshab ketadi. 

Avstraliyalik  va  tasmaniyaliklarning  kiyimlari  nihoyatda  yurun  bo’lgan.  Ko’pchilik  qabilalar 

mutlaqo  kiyimsiz  nihoyatda  yupun  bo’lgan.  Ko’pchilik  qabilalar  mutlaqo  kiyimsiz,  yalang`och 

yo’rganlar.  Ba`zi  janubi-sharqiy  hududlarda  opossum  terisidan  plash  tikib  yopinib  yo’rganlar.  Ammo 

erkagi  ayol  asosan,  bayram  vaqtlarida  turli  bezaklar:  boshiga  toladan  o’rov,  qo’liga  ip,  bilago’zuk, 



bo’yniga  munchoq,  burniga  buloqi  sirg`a  taqishgan,  badanlarini  bo’yab  har  xil  patlar  yopishtirganlar 

yoki badanlarini maxsus jarohatlab, yo’l-yo’l naqshlar tilganlar. Tanani faqat bezak uchun emas, ba`zan 

terini saqlash uchun ham bo’yaganlar 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



Avstraliyaliklar ham ayrim qabilalarga bo’lingan bo’lib, mustamlaka arafasida butun qit`ada 500 ga 

yaqin  mustaqil,  bir-biriga  bog`liq  bo’lmagan  jamoa  holida  hayot  kechirganlar.  Hozir  juda  kam  qabila 

qolgan.  Ularning  qabilaviy  to’zumi  nihoyatda  sodda  bo’lgan,  ko’pchiligida  na  qabilaviy  boshliq,  na 

qabilaviy kengash bo’lgan. Tub  aholi  ishlab-chiqarish munosabatlarining  asosini ijtimoiy mulk tashkil 




qilgan.  Har  bir  qabila  joylashuviga  qarab  ayrim  lokal  guruhlarga  bo’lingan.  Bunday  guruhlar  odatda 

muayyan munosabatlar bilan o’zaro bog`langan bo’lib bitta juft qabilani tashkil etgan. Aslida Avstraliya 

qabilasining  ikki  “pallaga”  yoki  ikki  “nikoh  sinfiga”  bo’linishi  ibtidoiy  jamiyatga  xos  dual  tashkiloti 

bilan bog`liqdir. O’z navbatida har “palla” ikki bo’lak urug`dan iborat. Ilk qabila to’zilishining keyingi 

bu  ikki  shakli  fratriy  sistemasi,  deb  atalgan.  Fratriya  (grekcha  “birodarlik”  degan  ma`noni  inglatadi) 

nikoh  tartibiga  binoan  bir  “pallaga”  mansub  bo’lgan  odamlar  o’zaro  nikohlana  olmaydi,  balki  ular 

qarama-qarshi  “pallaning”  odamlari  bilan  nikohlana  olishi  mumkin,  boshqacha  qilib  aytganda  er  va 

xotin  doimo  qabilaning  har  xil  “pallasiga”  mansub  bo’lishi  kerak  edi.  Miso  uchun,  bir  avstraliya 

qabilasining ikki “nikoh sinf”iga – kroki va kumetaga bo’linishi fratriy sistemasining namunasidir. Bu 

sistema fanda dual ekzogamiya deb ham aytiladi. Mazkur tartibga binoan bir “palla” yoki bir urug`ning 

g`ozalari  o’rtasida  nikohning  bo’lishi  mumkin  emas,  to’g`ishgan  opa  va  singillar  o’rtasida  ham, 

shuningdek, yon tomon qarindoshlar o’rtasida ham (ona tomondan) nikoh bo’lishi istisno etiladi, ya`ni 

katta  va  kichik  avlodni  bir-biri  bilan  nikohlanishiga  yo’l  qo’ymaydi.  Shunday  qilib,  bir  fratriya  (yoki 

shundagi  urug`lardan  biri)  boshqa  fratriyaga  nisbatan  (yoki  undagi  boshqa  urug`ga)  “ona  fratriyasi” 

(yoki undagi boshqa urug`ga) “ona fratriyasi” (yoki urug`i), ikkinchisi esa “ota bratriyasi” (yoki urug`i) 

hisoblanadi. Har bir fratriya o’zining nomiga ega bo’lib, asosan, uning ajdodi hisoblangan hayvon nomi 

bilan  bog`liq  bo’lgan.  Rus  olimlarining  fikricha,  avstraliyaliklarning  fratrial  sistemasi  urug`chilik 

to’zumining dastlabki shaklidir. 

Nikoh  va  oila  munosabatlarida  fratriat  va  urug`  cheklanishlaridan  tashqari  sektsiya  yoki  “nikoh 

sinflar”  bo’linish  muhim  ahamiyat  kashf  etgan.  Masalan,  qabila  I  va  II  fratriyaga  bo’lingan  bo’lib,  I 

fratriya A va V sektsiyalari, II fratriyada esa V va G sektsiyalari mavjud. A sektsiyasidagi erkak faqat V 

sektsiyasidagi ayolga o’ylanishi mumkin, ularning bolalari G sektsiyasi (ona urug`i hisobi)ga tegishli; V 

sektsiyasidagi  erkak  faqat  G  sektsiyasidagi  ayolga  uylanishi  mumkin,  ularning  farzandlari  V 

sektsiyasiga  tegishli.  Shunday  qilib,  nabiralar  ota  tomondan  bobo  sektsiyasiga,  ona  tomondan  buvi 

(momo)  sektsiyasiga  tegishli  hisoblangan.  Avstraliyalik  aborigen  rassom  Dik  rafsi  o’z  biografiyasida 

yozadi: «Meni dadamning aka-ukasi mening tog`am emas; ular ham menga dada. Ularning bolalari ham 

menga  qarindosh,  aka-uka  va  opa-singillarim  hisoblanadi.  Dadamning  opa-singlisini  men  amma 

deyman, uning bolalari esa ammavachcha bo’ladi. Ayimning opa-singillarini men oyi deyman, ularning 

bolalarini  aka-uka  va  opa-singil,  deb  hisoblayman.  Oyimning  aka-ukalari  menga  amaki  bo’lib,  meni 

erkaklar qatoriga o’tkazish (initsiatsiya) marosimiga tayyorlash va tarbiya qilishga javob beredi. Uning 

bolalari 

menga 


amakivachcha 

singillarimga 

uylanish 

mumkin, 


ayniqsa, 

ona 


urug`idan, 

ammavachchalarga».  Shimoliy  avstraliyada  U.Cherlingning  ta`rificha,  yigit  ona  tomonidan  aka-

ukasining  qiziga  uylanishi  mumkin,  ammo  dadasining  singlisi  qiziga  uylanishi  qat`yan  taqiqlangan. 

Mazkur nikoh tartiblarini bo’zish juda katta gunoh  hisoblangan va kim uni bo’zsa yo qatl qilingan, yo 

urug`dan haydalgan. 



Voyaga  yetgan  o’spirinlarni  kattalar  guruhiga  o’tkazishda  maxsus  initsiatsiya  marosimi  amalga 

oshirilgan.  Iqtisodiy  yoki  sotsial  tabaqalanish  bo’lmaganligi  tufayli  avstraliyaliklar  jinsiga  qarab 

bo’lingan.  Shuning  uchun  ham,  masalan,  o’g`il  bolalarni  ovchilar  guruhiga  o’tkazish  uchun  bolaning 

yoshligidan  tarbiyalashgan.  Dastlab,  ular  voyaga  yetgach  boshqalardan  ajratib  qo’yilgan  va  ba`zi 

taomlarni iste`mol qilish man qilingan, tishlarini urub sindirish, badanini jarohatlash, o’tda tutatish kabi 

jismoniy  sinovlardan  o’tkazilgan.  Bir  necha  yo’lga  cho’zilgan  initsiatsiya  marosimlarida  yoshlarni 

qabila urf odatlari, afsona va rivoyatlari bilan tanishtirganlar, qariyalarni hurmatlash va tartib-qoidalarga 

qattiq rioya qilishni, ovchilik va boshqa kasb sirlarini egallash mahoratini o’rgatganlar.  




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin