Mavzu: Avtomobil yo‘llarining xizmat muddatini ta’minlashda ta’mirlash va saqlash ishlarining ahamiyati reja



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə1/4
tarix03.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#138074
  1   2   3   4
Ekspluantatsiya Xo\'jabekov sh


MAVZU: Avtomobil yo‘llarining xizmat muddatini ta’minlashda ta’mirlash va saqlash ishlarining ahamiyati
REJA:

  1. Avtomobil yo‘llarining xizmat muddatini ta’minlashda yo’llarning holati va transport ekspluatatsion korsatkichlari.

  2. Avtomabillar yo’llarini ta’mirlash saqlash bo’yicha tadbirlar tizimi.

  3. Avtomobil yo’llarini saqlanganligini taminlash nazariyasi.

Yoʻlning ekspluatatsion holati – yoʻlning oʻzgaruvchan koʻrsatkichlarini transport vositalari va ob-havoning taʼsiridan, hamda saqlash darajasiga bogʻliq holda meʼyoriy talablarga muvofiq kelish darajasi bilan belgilanadi.

  1. yoʻl toʻshamasining mustaxkamligi;

  2. yoʻl ustki yuzasi holati;

  3. qatnov qismi va yoʻl chetining haqiqiy foydalanuv kengligi;

  4. qoplamaning ravonligi;

  5. tishlashish sifati;

  6. yoʻl belgi chizigʻi;

  7. muxandislik jixozlarining holati.

Avtomobil yoʻllarining transport-ekspluatatsion koʻrsatkichlarining holati avtomobil yoʻlidan va transport vositalaridan foydalanish samaradorligiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladi.
Ushbu koʻrsatkichlarni baholash ishlari kuzatuv asosida olib boriladi. Buning uchun turli xil koʻriklar tashkil etiladi. Bu koʻriklardan maqsad faqat yoʻl boʻlaklarining elementlari va holatini baholashgina emas, yillar davomida yoʻlning transport-ekspluatatsion koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻish va tahlil qilishdan iborat.

  • Yigʻilgan maʼlumotlar va tahlillar natijasida avtomobil yoʻllarni xavfsizligini oshirish, qayta qurish, taʼmirlash boʻyicha ishlarni rejalashtirishda qoʻllaniladi.

  • Yoʻllarining transport-eksplutatsion holatini baholash yoʻl korxonalarining loyihalash yoki ilmiy-tadqiqot tashkilotlarning buyurtmasi asosida amalga oshiriladi va bunda yoʻl korxonasining boʻlim boshliqlari va injener-texnik xodimlari ishtirok etishadi.

  • Transport-ekspluatatsion holatini baholash yoʻl korxonasi tasarrufidagi butun tarmoq boʻyicha ilmiy tadqiqot institutining koʻchma yoʻl laboratoriyasi yordamida bajariladi.

Avtomobil yoʻllarining transport-ekspluatatsion koʻrsatkichlarini holatini baholashda quyidagi toʻrttaguruhga boʻlib oʻrganishimiz mumkin.
Birinchi guruh koʻrsatkichlariga quyidagilar kiradi:


  • harakat miqdori va tarkibi;

  • yoʻlning oʻtkazish qobiliyati;

  • yoʻlning yuklanganlik darajasi;

  • harakat tezligining oʻzgarishlari.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin