Mavzu: Avtomobil yo‘llarining xizmat muddatini ta’minlashda ta’mirlash va saqlash ishlarining ahamiyati reja


Avtomobil yo’llarini saqlanganligini taminlash nazariyasi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə3/4
tarix03.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#138074
1   2   3   4
Ekspluantatsiya Xo\'jabekov sh

Avtomobil yo’llarini saqlanganligini taminlash nazariyasi
Avtomobil yo‘llarini saqlanganligi – avtomobil yo‘lini texnik yaxlit inshoot sifatida holati, uning ekspluatasion xususiyatidan xavfsiz foydalanishni ta’minlash.
Avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarning saqlanganligi ularni ta’mirlash va saqlash normalari va tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, yo‘l va sun’iy inshootlarning nuqsonlarini sabablarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha huquqiy va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi.
A vtomobil yo‘llarini saqlanganligini ta’minlash maqsadida to‘xtatilishi zarur bo‘lgan harakatlar:

  • Tuman yo‘l tashkiloti muhofaza qilinadigan yo‘llarda transport cheklovlarini joriy etish tartibi haqida ommaviy axborot vositalari orqali yo‘l foydalanuvchilariga xabar berishi, zarur yo‘l belgilarining o‘rnatilishini va yuk transport vositalarining o‘tishi ustidan nazoratni ta’minlashi shart.

  • Shoshilinch, maxsus asoslantirilgan hollarda yo‘l tashkilotlari maxsus ruxsatnoma beriladigan me’yordan yuqori yuk ortilgan yuk avtomobillarining shoshilinch o‘tishiga ruxsat berishi mumkin.

  • Yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishiga vaqtincha(mavsumiy) cheklovlar davri boshlanishi va tugash vaqti, ruhsat etilgan o‘qqa tushadigan yuklama va kerakli miqdordagi maxsus o‘tish joylari yo‘l tashkilotlari tomonidan ekspluatasiya qilinayotgan yo‘llar qoplamasining joriy(real) mustahkamligiga qarab belgilanadi.

  • Qattiq bo‘lmagan takomillashgan yo‘l qoplamalarining harorati + 50°C dan yuqori bo‘lganda, ularda plastik deformasiyalar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida, og‘ir yuk avtomobillari va avtopoyezdlarni kunduzi va kechqurun, kechasi yoki ertalab o‘tishini ta’minlash bilan transport vositalari harakatini vaqtincha cheklashga ruxsat etiladi.

Yo‘l belgilariga qo‘yiladigan talablar;
Mavsumiy yo‘l harakatini cheklash davrida transport vositalarining ortiqcha yuklarni cheklovchi yo‘l belgilari qoplamasi yetarli darajada mustahkam bo‘lmagan uchastkalarda yuk mashinalarining eng yuqori o‘qqa tushadigan yukka mos kelishi kerak.

Avtomobil yo‘llarini saqlanganligini ta’minlash. Ushbu maqsadlar uchun:
a) umumfoydalanishdagi yo‘llarda og‘ir va (yoki) katta gabaritli transport vositalari harakatidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar rejasini ("yo‘l xaritasi") tasdiqlash va amalga oshirishni ta’minlash, xususan: - avtomagistral egalariga huquqbuzarliklarni qayd etishni ta’minlash vakolatini berish, shu jumladan avtomatik rejimda ishlovchi maxsus texnik vositalardan foydalangan holda, tegishli nazorat organlariga huquqbuzarliklar haqida ma’lumot berish va ushbu organlarning qarorlarini qayta ishlash va pochta xarajatlarini moliyalashtirish huquqi; - belgilangan qoidalarni buzgan transport vositalarini qo‘lga olish huquqi va qoidabuzarlarga qarshi ma’muriy chora-tadbirlar qabul qilish huquqi;
b) yo‘l bilan bog‘liq holda tovarlarni tashish bilan bog‘liq lisenziyalash faoliyatini masalalarini ko‘rish.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin