n (CH2 = CH ) → (– CH2– CH – )n | | C6H5 C6H5 Polistirol stirolni polimerlab olinadi. U list, sterjen kukun ko’rinishda chiqariladi. Uning dielektrik xossalari juda yuqori, suvga chidamli, shaffof yaxshi bo’yaladi, unga ishlov berish oson, kislotalar (shu jumladan, plavik kislotalar) va ishqorlar ta’siriga kimyoviy chidamli. Polistirolning kamchiliklariga issiqqa (80 oS gacha haroratda ishlay oladi) va benzin ta’siriga uncha chidamli emasligi, shuningdek, yonuvchanligi, yorilishi va eskirishga moyilligi kiradi. Polistirollarning elektr izolyatsion buyumlar uchun, shuningdek texnik maqsadlar va keng iste’mol buyumlari (akkumulyator bankalar, oynalar) uchun mo’ljallangan ikki xil markasi ishlab chiqariladi.
Soyabonlar, rangli yorug’lik signallari, podfarniklar va shu kabilar ishlab chiqarishda foydalanilgan modifikatsiyalanilgan MSN, MS-2, MS-3 polistirollarning xossalari (elastikligi, issiqqa, neftü mahsulotlari ta’siriga chidamliligi) yaxshilangan. 10-15 % sintetik kauchuk qo’shish yo’li bilan zarbga chidamli politristollar olinadi. Ulardan korpus detallari, kimyoviy materiallar va suv solish uchun mo’ljallangan idishlar tayyorlanadi. Polistirol elektr, issiqlik va shovqindan izolyatsiyalash uchun ham ishlatiladi.
4. Poliamidlar qo’llanilishi Poliamidlar (chiziqli tuzilishdagi polimerlar) keng tarqalgan plastik materiallar bo’lib, ularga kapron, neylon ba’zi boshqa materiallar kiradi. Ular qattiq zarbga, yeyilishga chidamli polimerlar bo’lib, 150-220 oS haroratda suyuqlanadi, taxminan 300 oS da parchalanadi. Ishqorlar, neftü mahsulotlari ta’siriga chidamli, mineral va organik kislotalar ta’siriga chidamli emas. Uzoq muddat atmosfera ta’sirida bo’lganida mustahkamligini yo’qotadi (eskiradi). Poliamidlarning ishqalanish koeffitsenti 0,05 dan kichik, shuning uchun ulardan o’z-o’zini moylash xususiyatiga ega bo’lgan buyumlar tayyorlash mumkin. Ularni moylanmaydigan joylarda ham, suv va moy bilan moylanadigan joylarda ham ishlatish mumkin. Grafit, molibden disulüfid, talük va boshqalar qo’shilgan poliamidlarning antifriktsion xossalari yaxshi va yeyilishga chidamliligi yuqori bo’ladi.
Poliamidlardan avtomobil hamda traktorlarning podshipniklari, vtulkalari, qistirmalari, tishli g’ildiraklari va boshqa detallar tayyorlanadi. Ular metall detallarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Masalan kapron vtulka cho’yan vtulkaga nisbatan uch martadan ko’proq arzon, lekin o’n martadan ko’proq xizmat qiladi. Kapron detallar 100 oS haroratda ham ishlay oladi. Bundan tashqari poliamidlardan karbyuratorning, eshik qulflarining detallari, ventilyator paraklari, havo filütrlarining korpusi, roliklar va mexanik nagruzka tushadigan qo’pgina boshqa detallar, shu jumladan, rulü tortqisi sharsimon barmog’ining vkladishlari tayyorlanadi.
Mayda dispersiyali kukunsimon poliamidlar: kapron, P-65, P-A-K7 (A va B) chiqariladi. Kukunlardan faqat buyumlar tayyorlashdagina emas, balki metallarning ishqalanuvchi sirtlariga izolyatsion, antifrik-tsion yeyilishga chidamli qoplama sifatida ham foydalanish mumkin. Poliamidlarning talük bilan to’ldirilgan P-68G, grafit bilan to’ldirilgan P-68DM, grafit bilan to’ldirilgan K-G-70 (kapron) markalari chiqariladi. Dvigatellarning 160 oS gacha haroratda ishlay oladigan detallari armaturalangan (metall yoki shisha tolasidan qilingan karkaslar bilan mustahkamlangan) poliamidlar tayyorlanadi.