2. Polivinilxloridlar Polivinilxloridlar (PVX) - YUqori molekulyar birikmani o`zida ifodalaydi va
vinilxlorid polimerizasiyasini hosil qiladi, ya’ni, 56,8% xlorli birikishga ega.
n (CH 2 = CH ) → ( - CH 2 - CH- ) n | | Cl Cl Xlorning mavjudligi yonishni kamaytiradi. Plastifikator yordamida PVX asosidagi qattiq
va elastik materiallar olinadi. Polivinixloridlar och jigarrangdan to`q jigarrangacha
bo`lgan elektr izolyasiya xossalari yaxshi bo`lgan, kimyoviy chidamligi yuqori bo`lgan
materiallardir. Ular neft mahsulotlariga va spirtga chidamlidir.
Polivinilxlorid och jigarrangdan to’q jigarrangacha bo’lgan xira plastik
materialdir. Uning elektr izolyatsiyalash xossalari yaxshi, kimyoviy chidamliligi yuqori,
neftü mahsulotlari va spirtlarda erimaydi, yonmaydi. Qattiq va elastik material bo’lib,
unga ishlov berish oson (shtamplash, parmalash, frezalash, jilolash, unga naqsh berish,
yelimlab yopishtirish, payvandlash mumkin). U qalinligi 20 mm gacha bo’lgan plastina
va listlar, chiviqlar, trubalar, shakldor buyumlar va kukun ko’rinishida ishlab chiqariladi.
Suvda shishadi shuningdek sovuqqa chidamliligi cheklanganligi ( - 20
o
S gacha)
bu plastik materialning kamchiligidir. 150-160
o
S gacha haroratda ishlay oladi, bundan
ortiq haroratda qo’ngir yoki to’q jigarrang tusga kiradi, o’zidan vodorod xlorid ajratib
chiqaradi. Quyosh nuri ta’sirida parchalanishi mumkin.
Polivinilxloriddan akkumulyator bankalari, nasoslarning, ventilyatorlarning
detallari, suv, yonilg’i, moy trubalari, idishlar (masalan, shamolni to’sadigan oynani
yuvgichning bakchasi), moldinglar o’rindiq qoplamalari tayyorlanadi, undan kuzovni
qoplashda foydalaniladi va hokazo. Vinplast asosida olingan plyonkabop materiallardan
simlarni izolyatsiyalash va dvigatellarni konservatsiyalashda foydalaniladi.