Mavzu: avtomobillarni ishlab chiqarishda va


Polistirol plastik: qo’llanilishi



Yüklə 162,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix26.11.2022
ölçüsü162,87 Kb.
#119942
1   2   3   4
Пластмассалар (1)

3. Polistirol plastik: qo’llanilishi. 
Stirolning polimerlanishi quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin.
n (CH

= CH ) → (– CH
2
 – CH – )
n
 
| | 
C
6
H
5
C
6
H
5
 
Polistirol stirolni polimerlab olinadi. U list, sterjen kukun ko’rinishda chiqariladi. 
Uning dielektrik xossalari juda yuqori, suvga chidamli, shaffof yaxshi bo’yaladi, unga 
ishlov berish oson, kislotalar (shu jumladan, plavik kislotalar) va ishqorlar ta’siriga 
kimyoviy chidamli. Polistirolning kamchiliklariga issiqqa (80 
o
S gacha haroratda ishlay 
oladi) va benzin ta’siriga uncha chidamli emasligi, shuningdek, yonuvchanligi, yorilishi 


va eskirishga moyilligi kiradi. Polistirollarning elektr izolyatsion buyumlar uchun, 
shuningdek texnik maqsadlar va keng iste’mol buyumlari (akkumulyator bankalar, 
oynalar) uchun mo’ljallangan ikki xil markasi ishlab chiqariladi. 
Soyabonlar, rangli yorug’lik signallari, podfarniklar va shu kabilar ishlab 
chiqarishda foydalanilgan modifikatsiyalanilgan MSN, MS-2, MS-3 polistirollarning 
xossalari (elastikligi, issiqqa, neftü mahsulotlari ta’siriga chidamliligi) yaxshilangan. 10-
15 % sintetik kauchuk qo’shish yo’li bilan zarbga chidamli politristollar olinadi. Ulardan 
korpus detallari, kimyoviy materiallar va suv solish uchun mo’ljallangan idishlar 
tayyorlanadi. Polistirol elektr, issiqlik va shovqindan izolyatsiyalash uchun ham 
ishlatiladi. 
4. Poliamidlar qo’llanilishi 
Poliamidlar (chiziqli tuzilishdagi polimerlar) keng tarqalgan plastik materiallar 
bo’lib, ularga kapron, neylon ba’zi boshqa materiallar kiradi. Ular qattiq zarbga, 
yeyilishga chidamli polimerlar bo’lib, 150-220 
o
S haroratda suyuqlanadi, taxminan 300 
o
S da parchalanadi. Ishqorlar, neftü mahsulotlari ta’siriga chidamli, mineral va organik 
kislotalar ta’siriga chidamli emas. Uzoq muddat atmosfera ta’sirida bo’lganida 
mustahkamligini yo’qotadi (eskiradi). Poliamidlarning ishqalanish koeffitsenti 0,05 dan 
kichik, shuning uchun ulardan o’z-o’zini moylash xususiyatiga ega bo’lgan buyumlar 
tayyorlash mumkin. Ularni moylanmaydigan joylarda ham, suv va moy bilan 
moylanadigan joylarda ham ishlatish mumkin. Grafit, molibden disulüfid, talük va 
boshqalar qo’shilgan poliamidlarning antifriktsion xossalari yaxshi va yeyilishga 
chidamliligi yuqori bo’ladi. 
Poliamidlardan avtomobil hamda traktorlarning podshipniklari, vtulkalari, 
qistirmalari, tishli g’ildiraklari va boshqa detallar tayyorlanadi. Ular metall detallarga 
nisbatan qator afzalliklarga ega. Masalan kapron vtulka cho’yan vtulkaga nisbatan uch 
martadan ko’proq arzon, lekin o’n martadan ko’proq xizmat qiladi. Kapron detallar 100 
o
S haroratda ham ishlay oladi. Bundan tashqari poliamidlardan karbyuratorning, eshik 
qulflarining detallari, ventilyator paraklari, havo filütrlarining korpusi, roliklar va 
mexanik nagruzka tushadigan qo’pgina boshqa detallar, shu jumladan, rulü tortqisi
sharsimon barmog’ining vkladishlari tayyorlanadi. 
Mayda dispersiyali kukunsimon poliamidlar: kapron, P-65, P-A-K7 (A va B) 
chiqariladi. Kukunlardan faqat buyumlar tayyorlashdagina emas, balki metallarning 
ishqalanuvchi sirtlariga izolyatsion, antifrik-tsion yeyilishga chidamli qoplama sifatida 
ham foydalanish mumkin. Poliamidlarning talük bilan to’ldirilgan P-68G, grafit bilan 
to’ldirilgan P-68DM, grafit bilan to’ldirilgan K-G-70 (kapron) markalari chiqariladi. 
Dvigatellarning 160 
o
S gacha haroratda ishlay oladigan detallari armaturalangan (metall 
yoki shisha tolasidan qilingan karkaslar bilan mustahkamlangan) poliamidlar 
tayyorlanadi. 

Yüklə 162,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin