va eskirishga moyilligi kiradi. Polistirollarning elektr izolyatsion buyumlar uchun,
shuningdek texnik maqsadlar va keng iste’mol buyumlari (akkumulyator bankalar,
oynalar) uchun mo’ljallangan ikki xil markasi ishlab chiqariladi.
Soyabonlar, rangli yorug’lik signallari, podfarniklar
va shu kabilar ishlab
chiqarishda foydalanilgan modifikatsiyalanilgan MSN, MS-2, MS-3 polistirollarning
xossalari (elastikligi, issiqqa, neftü mahsulotlari ta’siriga chidamliligi) yaxshilangan. 10-
15 % sintetik kauchuk qo’shish yo’li bilan zarbga chidamli politristollar olinadi. Ulardan
korpus detallari, kimyoviy materiallar va suv solish uchun mo’ljallangan idishlar
tayyorlanadi. Polistirol elektr, issiqlik va shovqindan
izolyatsiyalash uchun ham
ishlatiladi.
4. Poliamidlar qo’llanilishi
Poliamidlar (chiziqli tuzilishdagi polimerlar) keng tarqalgan plastik materiallar
bo’lib, ularga kapron, neylon ba’zi boshqa materiallar kiradi. Ular qattiq zarbga,
yeyilishga chidamli polimerlar bo’lib, 150-220
o
S haroratda suyuqlanadi, taxminan 300
o
S da parchalanadi. Ishqorlar, neftü mahsulotlari ta’siriga chidamli, mineral va organik
kislotalar ta’siriga chidamli emas. Uzoq muddat atmosfera ta’sirida bo’lganida
mustahkamligini yo’qotadi (eskiradi). Poliamidlarning ishqalanish koeffitsenti 0,05 dan
kichik, shuning uchun ulardan o’z-o’zini moylash xususiyatiga ega bo’lgan buyumlar
tayyorlash mumkin. Ularni moylanmaydigan joylarda ham, suv va moy bilan
moylanadigan joylarda ham ishlatish mumkin. Grafit, molibden disulüfid, talük va
boshqalar qo’shilgan poliamidlarning antifriktsion xossalari
yaxshi va yeyilishga
chidamliligi yuqori bo’ladi.
Poliamidlardan avtomobil hamda traktorlarning podshipniklari, vtulkalari,
qistirmalari, tishli g’ildiraklari va boshqa detallar tayyorlanadi. Ular metall detallarga
nisbatan qator afzalliklarga ega. Masalan kapron vtulka cho’yan vtulkaga nisbatan uch
martadan ko’proq arzon, lekin o’n martadan ko’proq xizmat qiladi. Kapron detallar 100
o
S haroratda ham ishlay oladi. Bundan tashqari poliamidlardan karbyuratorning,
eshik
qulflarining detallari, ventilyator paraklari, havo filütrlarining korpusi, roliklar va
mexanik nagruzka tushadigan qo’pgina boshqa detallar, shu jumladan, rulü tortqisi
sharsimon barmog’ining vkladishlari tayyorlanadi.
Mayda dispersiyali kukunsimon poliamidlar: kapron, P-65, P-A-K7 (A va B)
chiqariladi. Kukunlardan faqat buyumlar tayyorlashdagina emas, balki metallarning
ishqalanuvchi sirtlariga izolyatsion, antifrik-tsion yeyilishga chidamli qoplama sifatida
ham foydalanish mumkin. Poliamidlarning talük bilan to’ldirilgan P-68G,
grafit bilan
to’ldirilgan P-68DM, grafit bilan to’ldirilgan K-G-70 (kapron) markalari chiqariladi.
Dvigatellarning 160
o
S gacha haroratda ishlay oladigan detallari armaturalangan (metall
yoki shisha tolasidan qilingan karkaslar bilan mustahkamlangan) poliamidlar
tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: