Termiz davlat pedagogika institutining Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 106-guruh talabasi Xo’jamurodova Munisaning maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan tayyorlagan taqdimoti.
Axloq –arabcha xulq atvor ma’nosini bildiradi. U ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs hatti-harakatini tartibga soladigan qonun qoidalar majmuidir.
Axloq- shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi munosabatlarni boshqarish mehanizmi hisoblanadi.
Axloq ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero axloq va axloqiy meyorlarsiz shaxsning ruhiy va jismoniy yetukligining mezoni bo’lgan ma’naviy kamolotga erishib bo’lmaydi.
Axloq tushunchalari umumiy harakterga ega. Ular alohida munosabatlarni emas hamma sohadagi munosabatlarni qamrab oladi. Bunday tushunchalar AXLOQIY KATEGORIYALAR deb ataladi.
Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o’zlariga odamlar orasidan namuna tanlaydilar. Bu namunani esa biz AXLOQIY IDEAL deb ataymiz.
AXLOQIY TARBIYA-yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalash mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini uning ongini axloqiy hislatlarini shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqazo etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bolalarda axloqiy his tuyg’ular va hatti harakatlarni tarbiyalash
2. Xulq ma’daniyati va ijobiy his tuyg’ularni tarbiyalash