Darsning maqsadi:Ta’limiy: o‘quvchilarni “Bahor ta’rifida” rivoyati bilan tanishtirish. O‘quvchilarga Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi haqidagi ma’lumot berish. Iboralarning ma’nosini izohlash, savol-topshiriqlar ustida ishlashga o‘rgatish. FK 1: hikoya mazmunini qayta so‘zlab bera olish. Tarbiyaviy: o‘quvchilarda bahor fashni qadrlash va tabiatni sevish hissini tarbiyalash. TK3: rivoyatda tasvirlangan go‘zallikdan ta’sirlanish. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning lug‘atni nasim, turdosh, chin, sabo, havo so‘zlari bilan boyitish, iboralarning ma’nosini izohlash, o‘qish malakalarini yanada rivojlantirish. FK 2: bahor tabiatiga kichik ijodiy matn yozish.
Dars turi:yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.