Agar karta shikastlangan bo'lsa 1. Agar karta shikastlangan yoki texnik nosoz bo'lib chiqsa, kartani qayta rasmiylashtirish uchun bankka murojaat qiling (sizga yozma ariza kerak bo'lishi mumkin).
2. Karta shikastlanishiga yo'l qo'ymang: uni elektr jihozlari (muzlatgich, televizor, radio va boshqalar) yaqinida qoldirmang, kartani metall yuzalarga qo'ymang, uni egmang va tirnamang.
Agar karta bloklangan bo'lsa 1. Uni blokdan chiqarish uchun hisobraqam ochilgan bank filialiga murojaat qiling.
2. Karta egasini qo'llab-quvvatlash bo'limi xodimiga parol identifikatorini ayting va bank xodimlari kod kiritilishini qayta tiklaydilar.
Agar bankomat sizning kartangizni ushlab qolsa 1. Bankingizga xabar bering va kartani bloklang.
2. Kartangizni olish uchun bankomatga xizmat ko’rsatadigan bank bilan bog'laning. Karta shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin sizga qaytariladi.
3. Bankdan tashqarida oʻrnatilgan bankomatda bankomatga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning manzili va telefon raqami koʻrsatilgan boʻladi, ular bilan bogʻlanib, nima qilish kerakligi boʻyicha koʻrsatmalar olishingiz, kartani olish uchun qachon va qayerga murojaat qilishingiz mumkinligini bilib olishingiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI O`zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi Toshkent. 2023y.
A.J.Abdullaev, Z.A.Qayimova, Sh.Sh.Boltaev, D.M.Narzieva – Pul va Banklar O`quv qo`llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro 2021y.
Q.O. O'rishev - Moliyaviy Hisob Va Hisobot fanidan O`UM Andijon 2021y.
Z.A.Umarov - Banklarda buxgalteriya asoslari darslik Toshkent 2021y.
A.A.Omonov, T.M.Qoraliyev - Pul va Banklar darslik Qayta ishlangan va to`ldirilgan 2-nashri Toshkent “IQTISOD-MOLIYA” 2019y.
Sh.Z.Abdullayeva - Pul va Banklar O`quv qo`llanma Toshkent “IQTISOD-MOLIYA” 2018y.