Guruh bo’lib to’pni olib qo’yish. O’zaro harakat qilishninh bu usulini ko’proq pressingda, ya’ni to’p bo’lgan o’yinchini bir vaqtda ikki himoyachi hujum qilayotganda ishlatiladi. Guruh bo’lib to’pni olib qo’yishning ikkita varianti bor. Birinchisida, to’p bolgan o’yinchini ta’qib qiluvchi himoyachi uni burchak tomon yoki yo’n chiziq yoniga to’pni olib borishga, keyin esa maydonga orqa tomoni bilan burilishga majbur qiladi. Shu paiytda ikkinchi himoyachi unga qarshi harakatga qo’shiladi. Ikkala himoyachi hujumchini to’pni nianiq uzatishga yoki “Besh sekund” qoidasini buzishga majbur qiladi. Ikkinchi usulda esa to’qnashtirish va kesib o’tish prinspi o’zaro harakat qilish uchun to’pni olib kelayotgan o’yinchini boshqa himoyachi to’xtatadi, ta’qib qilayotgan o’yinchi esa uning yonidan yoki orqasidan to’pni urib chiqarib yuborishga harakat qiladi.
Har qanday guruh bo’lib to’pni olib qo’yishda qolgan himoyachilar srtaxovka qilish va to’pni olib qo’yish bilan bog’liq harakatlarni amalga oshirilishi tushunarli.
Uch o’yinchining o’zaro harakati. Uch o’yinchining himoyadagi o’zaro harakati “uchlik”, “sakkizlik”, “kichik sakkiz” ikki basketbolchi qoyadigan juft to’siq, ikki o’yinchiga to’qnashtirishni bartaraf qilishning konkret usuli.
Buning uchun yaxshi tashkil etilgan, himoyachilarni hamjihat kuchlari zarur.
“Kichik sakkizlik”ka (ayniqsa markaziy o’yinchi atrofida o’tkazilayotgan bo’lsa), va almashish yo’rdamida ikki basketbolchiga to’qnashtirishga qarshilik ko’rsatish har qachon ham samarali bo’lavermaydi. Shuning uchun bunday o’zaro harakatga qarshi kurashda hujumchilarni shaxsiy ta’qib qilishdan voz kechish va onda-sonda himoyachilarning zona prinspini qo’llash maqsadga muvofiq.
Himoyachilar (uch kishi) to’rt kishi hujumiga qarshi harakat qilayotgan paytda, ular jarima otish maydonchasiga muntazam chekinib, zona prinspiga asoslanib uchburchak hosil qilib mudofaa tashkil etadi.
Shchitdan sapchigan to’p uchun kurash. O’zining shchiti oldida sapchib qaytgan to’p uchun kurash musobaqaning o’tishi va uning natijasiga kuchli ta’sir etuvchi muhim holdir. Bu kurashning muvaffaqiyati raqibning shchitga boradigan yo’lini kesib qo’yishga urinib jarima otissh maydonchasida “shchitdan sapchigan to’p uchun kurash uchburchagi”ni tashkil qilgan uch himoyachining o’zaro harakatiga bo’g’liq. Bundan tashqari to’rtinchi himoyachi to’pning shchitdan uzoqga sapchib ketishi holatiga qo’shimcha straxovkani ta’minlaydi. Jamoa butun tarkibi bilan taktik maqsadga muvofiq jamoa harakatlari orqali mohirlik bilan himoyalanayotganda, eng qiyin masalani ham muvaffaqiyatli echishning yetarlicha imkoniyatiga ega bo’ladi. Jamoa harakatlari u yoki bu asosiy vazifani echishga qaratilgan mo’ljaliga qarab himoyaning ikkita turiga bbo’linadi: zichlashtirilgan va tarqoq himoya.