Mavzu: Binolarning isitish tizimining husobiy issiqlik sarfi


Issiqlik tashuvchi issiq suv



Yüklə 160,58 Kb.
səhifə2/2
tarix26.11.2023
ölçüsü160,58 Kb.
#135449
1   2
issiqlik amaliyot 1-qayta

Issiqlik tashuvchi issiq suv
Issiqlik ta'minoti tizimida issiqlik ta'shuvchi sifatida issiq suvdan foydalanilsa bunday tizimga suvli issiqlik ta'minoti tizimlari deb yuritiladi. Suvli issiqlik ta'minoti tizimlarida issiqlik tashuvchining harakatiga qarab suvli issiqlik taminoti tizimlari quydagi turlarga bo'linadi: ochiq, yarim yopiq va yopiq tizimlar Ochiq tizimlarda issiqlik tarmog'ida tayyorlangan issiq suvlar o'zi eltayotgan issiqlikni to'la va issilik tashuvchining o'zi ham iste'molchilarda to'laligicha ishlatiladi va issiqlik tashuvchi qaytib issqlik manbaiga tushmaydi. Bunday tizimga bir kuvurli tizimni misol qilish mumkin. Yarim yopiq tizimlarda issiqlik tarmog'ida tayyorlangan issiq suvlar o'zi eltayotgan issiqlikning bir qismi va issilik tashuvchining bir qismi iste'molchilarda ishlatiladi qolgan qismi o'zida qolgan issiqlik bilan issiqlik manbaiga qaytadi. Manbada qo'shimcha issiqlik tashuvchi qo'shilib, isitilib yana yuqoridagi xolat qaytariladi. Bunday tizimga ikki quvurli ochiq tizimni misol qilish mumkin. Yopiq tizimlarda istemolchi faqat issiqlik tashuvchidagi issiqlikning ma'lum bir qismini ishlatadi xolos, issiqlik tashuvchi esa o'zida qolgan issiqlik bilan va o'zi butunlay issiqlik manbaiga qaytadi va u yerda yana isitilib istemolchiga uzatiladi. Bunday tizimga ikki quvurli yopiq tizimlarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Issiq suv issiqlik tashuvchi sifatida suv bug'iga nisbatan bir qancha avfzalliklarga ega: Suvli tizimda ikki quvurli tizimdan bir quvurli tizimga o'tish imkoniyati mavjud, suvli tizimda issiqlik tashuvchini uzoq masofaga uzatishda issiqlik tashuvchining issiqlik potensiali kamroq yo'qoladi(1km ga lgradius tselsiy), Suv bug'ining energnetik potentsiali esa uni uzoq masofaga uzatishda ancha sezilari yo'qoladi. O'rtacha 1 km masofada 0,1—0,15 MPA, xizmat qiluvchlarning kamligi, naxining suv bug'ili tizimlardan arzonligimi.Suvli tizimda IEM da ishlatilayotgan bug' kondensati toza saqlanadi. Suv bug'ili tizimda suv bug'i kondensati esa doim ham toza bo'lavermaydi. Bundan tashqari 40—50% issiqligini yo'qotib qaytadi. Suvning yana bir avfzalligi uni isitish tizimlariga ulash osonligidadir. Ochiq tizimlarda esa issiq suv ta'minoti tizimlariga ham ulash oson bo'ladi. Suvning haroratini o'zgartirish yo'li bilan markaziy boshqaruvni amalga oshirish mumkinligi suvning yana bir avfzaligi hisoblaiadi. Ishlatishga qulay, istemolchilarda kondensat yo'naltiruvchini quyilmasligi va shu kondensatni manbaaga qaytarish uchun maxsus nasos qurilmasini ko'yilmasligi suvli tizimning yana bir avfzalligi hisoblanadi. Bir qator avfzaliklarga ega bo'lishiga qaramay suvning zichligi suv bug'idan
yuqori bo'lganligi sababli uzoq masofaga yuborishda elektr energiyasini ko'p sarflanishi uning kamchiligi xissoblanadi.Issiqlik tashuvchi suv bug'I Issiqlik ta'minoti tizimida issiqlik ta'shuvchi sifatida suv bug'idan foydalanilsa bunday tizimga suv bug'ili issiqlik ta'minoti tizimlari deb yuritiladi. Kondensatning qaytishi, doimo issiqlik bilan ta'minlash tarmoqning iqtisodiyotiga katta ta'sir ko'rsatadi. Agar kondensatning qaytishi to'xtab qolsa,issiqlik manbaidan kelayotgan issiqlik kam bo'ladi. Qaytayotgan kondensatda har xil mexaniq aralashmalar bo'lmasligi kerak. Kondensatlarning yig'ilishi va qaytishi ochiq va yopiq sxemalar bo'yicha keladi. Ochiq sxemalarda kondensat iste'molchilardan kondensatni ajratuvchi uskunadagi ortiqcha bosim hisobiga yig'iladi. Bu kondensat kondensat yig'ish punktiga keladi va atmosfera bilan bog'liq bo'lgan bakda yig'iladi. Yig'ish punktiga kondensat umumiy kondensat quvuri yoki har xil iste'molchilardan kelayotgan alohida quvurlar orqali uzatiladi.
Suv bug'ining issiq suvga nisbatan avfzalliklari:
-Iste'molchilar tomonidan keng ko'lamda ishlatish mumkinligi.
-Issiqlik tashuvchini harakatga keltirish uchun elektr energiyasini kam
ishlatilishi.
-Birlik zichligi kam bo'lganligi uchun kichik gidrostatik bosim hosil
qilishi (suvli tizimga nisbatan).
-Issiqlik bilan ta'minlash soxasi bo'yicha qilingan tinimsiz izlanishlar natijasi
shuni ko'rsatdiki, yashash va kommunal xo'jalik binolarida suv bilan issiqlik ta'minlash tizimlari ishlatilmoqda. Sanoatda esa suv bug'i bilan isitish tizimlarini ishlatish asosiy rol o'ynaydi.
Yüklə 160,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin