Mavzu: Binolarning isitish tizimining husobiy issiqlik sarfi



Yüklə 160,58 Kb.
səhifə1/2
tarix26.11.2023
ölçüsü160,58 Kb.
#135449
  1   2
issiqlik amaliyot 1-qayta


MAVZU:Binolarning isitish tizimining husobiy issiqlik sarfi
Bug' bilan isitish tizimida, bug'ning sarfmi rostlash krani orqali sozlanadi.Ventilatsiya, issiq suv ta‘minoti va texnologik apparatlar uchun bug' sarfi avtomatik regulatorlar, haroratlar regulatori va sarf regulatori (HR va SR)yordamida sozlanadi. Isitish tizimi va issiq suv ta‘minoti tizimidan keyin kondensat ajratuvchi, kondensat yig'uvchi va kondensat nasoslar binolarga kirish joyida qo'yiladi. Ventilatsiya va texnologik agregatlarda kondensat ajratuvchilar har bir uskunalardan yoki bir guruh uskunalardan keyin o'matiladi. Kondensat bir umumiy quvur bo'yicha qaytadi va uning diametri, uzatish quvurining diametriga nisbatan 3-5 marta kichik bo'ladi. Issiqlik stansiyaga qaytayotgan kondensatning bosimi yyetarli bo’lsa,kondensat yig'uvchilardan kondensatni nasoslar yordamida haydaladi. Bunday kondensat quvurlami bosimli deb ataladi. Kondensat qaytmaydigan chizmalar turar joy binolar va ishlab chiqarish korxonalaridagi isitish, ventilatsiya va issiq suv ta‘minotida juda kam qo’llaniladi.Issiqlik iste‘molchilari bu tizimlarga bog’liq bo'lgan chizmalar yordamida ulanadi.Isitish asboblarida hosil bo’lgan kondensatni kerakli haroratga sovutib, issiq suv ta‘minoti uchun ishlatiladi.

1-rasm. Kondensat qaytadigan bir quvurli bug1 tizimining chizmasi.

Issiq suvni dush xonalari uchun tez tayyorlashda, bug’ni sovuq suv bilan aralashtirgan holda akkumulatordan, oqimli isitgichlardan va ijektorlardan foydalaniladi.Ulanish chizmalari:a) isitish tizimini bog’liq chizmasi bo'yicha; b) isitish tizimini bog'liq bo'lmagan chizmasi bo'yicha; v) issiq suv ta‘minoti bo'yicha; g)texnologik uskunalar uchun; 1-bug' quvuri; 2- kondensat quvuri; RK-rostlash krani; KO-kondensat


ajratkich; KS- kondensat to'plagich; II-isitgich; Aakkumulator; R-kengayish idishi; TA-texnologik apparat.


2-rasm. Kondensat qaytmaydigan bir quvurli bug‘ tizimining chizmasi.
Bug'li tizimlar ta‘minotida quvurlar soni korxona ish haraktyeri, vazifasi va ishlab chiqarish quwatiga bog'liq bo'ladi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qaytadan ishlash, yog'ochlarni quritish, korxonalarda va mavsumiy issiqlik yuklamalarini sezilarli darajada ozgarishi bo'lgan joylarda kop quvurli bug quvurlarini ishlatish mumkin. Bunda bitta bug quvuri ortacha bug sarfi uchun hisoblanadi, qolgan quvurlar zaxira quvurlar bolib, korxona uchun qoshimcha minimal bug‘ yuklamalarini yuborishda ishlatiladi. Kondensatni qaytishi, issiqlik ta‘minotining doimo mavjudligi tarmoqning iqtisodiyotiga katta ta‘sir qiladi. Agar shu kondensatning qaytishi toxtab qolsa,issiqlik manbayidan kelayotgan issiqlikni ozayishiga sabab boladi. Qaytayotgan kondensatda har xil mexanik aralashmalar bo'lmasligi kerak. Kondensatlaming yigilishi va qaytishi ochiq va yopiq chizmalar boyicha bo'ladi. Ochiq chizmalarda kondensatni iste‘molchilardan kondensatni ajratuvchi uskunasidagi ortiqcha bosim hisobiga yig'iladi, shu kondensat yig'ish punktiga keladi va atmosfyera bilan bogliq bo'lgan bakda yig'iladi. Yig'ish punktiga kondensat umumiy kondensat quvuri yoki har xil iste‘molchidan alohida kelayotgan quvurlar orqali keladi. Kondensatni yopiq chizmalarda yig'ishda, iste‘molchilardan bakkacha vaulardan issiqlik manbaigacha bo'lgan hamma uchast- kalarida ortiqcha bosim ta‘sirida bo'lishi va bosim 0,005 MPa dan kam bo'lmasligi kerak.Kondensat yig'ish uskunasida kondensat ustida ortiqcha bosim hisobiga bug' yostig'i hosil bo'lib, havoni so'rib olishiga to'sqinlik qiladi. Kondensat ajratuvchidan keyingi ortiqcha bosim bakka kondensatni yetkazib turish uchun yetarli bo'lmasa, iste‘molchilardan kondensatni nasoslar yordamida haydalaniladi.

Yüklə 160,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin