Mavzu: Biznes faoliyati va uning turlari.
Reja:
1.Tadbirkorlik turlari va shakllari
2.. Tijorat tadbirkorligi
4. Moliyaviy tadbirkorlik
5.Konsultativ tadbirkorlik
6.Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari
1. Tadbirkorlik turlari va shakllari
Barcha ko„rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab
toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni,
tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va
hokazolar bo„yicha. Bulardan ayrimlarini ko„rib chiqamiz. Turi yoki qo„llanilishi
bo„yicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ
va boshqa turlarga bo„linadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat
ko„rsatishi mumkin.
Mulkchilik shakli bo„yicha korxona mulki xususiy, davlat, munitsipal
bo„lishi shuningdek, jamoa birlashmalari (tashkilotlari) ixtiyorida bo„lishi mumkin.
Bu borada mulkka egalik qilish huquqini belgilashda, mulkni xususiy, davlat,
munitsipal yoki jamoa ixtiyorida ekanligidan qatiy nazar turli cheklamalarga yoki
imtiyozlarga davlat tomonidan ko„rsatma berilishiga yo„l qo„yilmaydi.
Mulkdorlar soni bo„yicha tadbirkorlik faoliyati yakka tartibli yoki jamoa
shaklida bo„ladi. Yakka tartibli tadbirkorlikda mulk bir jismoniy shaxsga tegishli
bo„ladi. Jamoa tadbirkorligida esa mulk bir necha subyektga tegishli bo„lib,
ularning mulkka egalik hissalari aniqlangan yoki aniqlanmagan bo„lishi mumkin.
Bu borada mulkka egalik, undan foydalanish va ishlatish barcha mulkka egalik
qiluvchilarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlikni shakllari bo„yicha: tashkiliy - huquqiy va tashkiliy iqtisodiy
turlarga bo„lish mumkin. Tashkiliy - huquqiy shakldagi tadbirkorlik jumlasiga
shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar kiradi.
Shirkatlar - tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tashkil etilgan shaxslar
uyushmasidir. Shirkatlar korxonani tashkil etilishida ikki yoki undan ortiq shaxslar
ishtirok etgan taqdirda tuziladi. Shirkat uyushmalarining afzalligi shundaki, ularda
qo„shimcha kapitalni jalb etish imkoniyati mavjuddir.
Bundan tashqari, mulk egasining bir nechta ekanligi, korxona ichida,
egadorlarning bilimi, tajribasiga qarab, bir necha ixtisoslashgan sohani tashkil.
etish imkonini beradi. Lekin tadbirkorlikning bunday tashkiliy-huquqiy shakli
kamchiliklarga ega bo„lib, ular quyidagilarda namoyon bo„ladi: har bir shirkat
ishtirokchisi o„zining qo„shgan hissasidan qatiy nazar. bir xil javobgarlikka ega.
Bundan tashqari bir sherikning harakati qolgan sheriklar uchun, agar ular bunga
qarshi bo„lsalarda, majburiy bo„lishi mumkin.
Shirkatlar mas‟uliyati cheklanmagan va mas‟uliyati cheklangan ikki
guruhga bo„linadi. Jamiyatlar, kamida ikki fuqaro yoki huquqiy shaxs tomonidan,
ularning mablag„larini birlashtirish orqali (pul yoki natura ko„rinishida) xo„jalik
yuritish faoliyatini amalga oshirish maqsadida tuziladi. Mas‟uliyati cheklangan
jamiyat a‟zolari uning majburiyatlari bo„yicha javobgar hisoblanmaydi. Ular faqat
o„zlari qo„shgan hissalari qiymati doirasida javobgardirlar. Bulardan farqli o„laroq,
qo„shimcha masuliyatli jamiyat a‟zolari o„zlarining barcha mulklari bo„yicha
javobgar hisoblanadilar.
Tadbirkorlikning eng ko„p tarqalgan ko„rinishi aksiyadorlik ja-miyatidir.
Ularning farqi shundaki, ularga qimmatli qog„oz - aksiya chiqarish yo„li bilan zarur
mablag„ni ishlab chiqarishga jalb etish huquqi berilgan. Bu borada aksiyadorlik
jamiyati a‟zolari jamiyat faoliyati yakunlari bo„yicha, o„zlari egalik qilayotgan
aksiyalar qiymati chegarasida javobgar hisoblanadilar.
Ishlab chiqarish yoki boshqa xo„jalik yuritish faoliyatini yo„lga qo„yish
maqsadida shaxslar guruhi tomonidan tuzilgan korxona kooperativ korxona deb
ataladi.
Kooperativ a‟zolari uchun, ularning shaxsan mehnat qilishlari yoki
kooperativ faoliyatida qatnashishpari, shuningdek ular tomonidan badallarni
birlashtirishi majburiydir.
Tadbirkorlikning asosiy tashkiliy-iqtisodiy shakllariga kon-sernlarni,
assotsiatsiyalarni, konsorsiumlarni, sindikatlarni, kartellarni, moliyaviy — sanoat
guruhlarni kiritish mumkin.
Konsern - ko„p tarmoqli aksiyadorlik jamiyati bo„lib, korxona-larni qatnashishi
tizimi orqali nazorat qiladi. Konsern tarmoqlanib chiqqan sho„ba
kompaniyalarning aksiyalari nazorat paketlariga egalik qiladi. O„z navbatida
sho„ba kompaniyalar ham boshqa aksiyadorlik kompaniyalar (jumladan chet
ellardagi) aksiyalari nazorat paketlariga egalik qilishi mumkin.
Assotsiatsiya — iqtisodiy jihatdan mustaqil bo„lgan korxonalar, tashkilotlarning
ixtiyoriy birlashmasidir. Assotsiatsiyaga birlashgan korxona va tashkilotlar ayni
paytda boshqa tuzilmalar tarkibiga ham kirishi mumkin. Odatda, assotsiatsiya
tarkibiga bir hududda joylashgan, bir sohaga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar
kiradi. Assotsiatsiyaga birlashishdan asosiy maqsad - ilmiy-texnika, ishlab-
chiqarish, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa muammolarni birgalikda hal etishdir.
Konsorsium - yirik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan
tadbirkorlarning uyushmasidir.
Tadbirkorlarning bunday uyushmasi yirik loyihalarga mablag„ sarflash imkoniga
ega bo„lib, bunda tavakkalchilik bir muncha kamayadi, chunki javobgarlik ko„plab
qatnashchilar o„rtasida taqsimlanadi.
Sindikat - ortiqcha raqobatchilikni cheklash maqsadida, mahsulot sotish uchun
tuzilgan bir tarmoqdagi korxonalar birlashmasidir.
Kartel — bir. sohadagi korxonalarning, mahsulot, xizmat narxlari, bozorni
taqsimlanishi, umumiy ishlab chiqarish hajmidagi qissasi va boshqalar bo„yicha
kelishuvidir.
Tadbirkorlikning
yangi
tashkiliy
-
iqtisodiy
shakli
moliya-sanoat
guruhidir (MSG). Ular sanoat, bank, sug„urta va savdo kapitalining
shuningdek,
korxona
va
tashkilotlarning
intellektual
potensiallari
birlashmasini tashkil etadi.
Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda tijorat korxonalarining asosiy shakllari
Bularga xususiy tadbirkorlik firmalari, hamkorlik korxonalari, kooperatsiyalar
kiradi. «Firma» deganda xo„jalik mustaqilligiga ega bo„lgan, ishlab chiqarish yoki
boshqa faoliyat yurituvchi iqtisodiy subyekt tushuniladi.
Xususiy tadbirkorlik firma - shunday korxonaki, uning egasi o„z manfaatlari
yo„lida mustaqil ish olib boradi. U firmani boshqaradi, olingan barcha daromadga
egalik qiladi, firmaning barcha majburiyatlari bo„yicha javobgar hisoblanadi.
Firma egasi ishchilarni ishga yollash va ishdan bo„shatish huquqiga ega,
shartnomalar tuzadi. Firmaning afzalligi shundaki, uning boshqaruvi
sodda, xarakat faoliyati erkin, iqtisodiy mazmuni yetarlicha kuchli
hisoblanadi (bir kishi barcha foydaning egasidir).
Kamchiliklari esa quyidagilardan iborat: moliyaviy va moddiy resurslarning
cheklanganligi, rivojlangan ichki ishlab chiqarish ixtisoslashuvining va
takomillashgan boshqaruv tizimining yo„qligi, javobgarlikning cheklanmaganligi.
Hamkorlik korxonalar - hamkorlikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi bir necha
shaxslar tomonidan tashkil etilgan firma yoki korxonadir. Bunda barcha
hamkorlarga muhim huquqlar beriladi, biroq hamkorlik mas‟uliyati cheklangan
bo„lib, bu borada firma faoliyati bo„yicha to„liq javob beruvchi asosiy hamkorlar
bilan bir qatorda, faqat ishga qo„shgan hissalari bilan javobgar bo„luvchi hamkorlar
(masuliyati cheklangan hamkorlar) ham bo„ladi.
Hamkorlik sharoitida moliyaviy masalalarnini hal etish nisbatan osondir. Bunday
firmada, xususiy tadbirkorlik firmadan farqli ravishda mehnat taqsimoti, ishlab
chiqarish
va
boshqaruvni
ixtisoslashtirilishidan
foydalanish
mumkin.
hamkorlikning kamchiligi funksiyalar taqsimoti bo„lib, buning natijasida faoliyat
yuritilishida kelishmovchiliklar va xatto manfaatlarning mos kelmasligi hollari
yuzaga kelishi mumkin. Natijada kelishmovchiliklar sababli bir yoki bir necha
hamkorning ishdan chiqib ketishi, hamkorlikning barbod bo„lishi havfini
tug„diradi.
Korporatsiya deganda huquqiy shaxs shaklidagi yoki korxona tushu-niladi. Bunda
har bir mulkdorning javobgarligi mazkur korxonaga hissasi chegarasida
cheklanadi.
Korporatsiya — paychilik asosidagi jamiyatdir. Jamiyatning aksiya-larini sotib olar
ekan, alohida shaxslar koorporatsiya mulkdorlari qatoridan joy oladi. Shu tariqa
jamiyatga ko„p miqdordagi aholining moliyaviy mablag„lari jalb qilinadi. Aksiya
egalari foydaning bir qismini dividend sifatida oladilar, Ular faqat aksiya sotib
olishda sarflangan mablag„lari bo„yicha tavakkal qiladilar. Korporatsiya aksiyalar -
egalariga bog„liq holda mavjuddir. Shu boisdan korporatsiyalar nisbatan
mustaqkam, ishonchli korxona hisoblanadi.
Korporatsiyaning kamchiliklaridan biri turli suiiste‟molchilik harakatlari uchun
imkoniyat mavjudligi, shuningdek mayda va o„rtahol aksiya egalari tomonidan
korporatsiya faoliyatini nazorat qilish imkonining yo„qligidir.
Amerika Qo„shma Shtatlarida kapital tadbirkorlik assotsiatsiya-larida to„plangan
bo„lib, ularning eng ko„p tarqalgani tarmoq assotsia-siyalaridir. Assotsiatsiyalar
kompaniyalarga (alohida biznesmenlarga, korporatsiyalarga, firmalarga) moliyaviy
hisobotlar qilishda, budjetni rejalashtirishda yordam ko„rsatadilar: narx tashkil
bo„lishini
o„rganadi,
bozor
konyukturasini
tekshiradi,
tijorat-reklama
samaradorligini oshirishning yangi yo„llarini izlaydi.
AQShda franchayzing deb ataluvchi yirik korxonalarining kichik korxonalar bilan
imtiyozli hamkorligi keng taraqqiy etgan.
Franchayzingni asosiy maqsadi kichik biznesni rivojlanishi uchun moliyaviy,
moddiy, axborot va ishchi kuchi resurslaridan keng ko„lamda foydalanishdir..
Barcha asosiy ko„rsatkichlar bo„yicha Yaponiyada jamoa ko„rinishida
guruhlashgan tadbirkorlar oldinda turadilar. Yaponiyada boshqaruvchilar va
boshqa ishchi-xizmatchilar o„zlari xizmat qilayotgan firmani juda e‟zozlaydilar.
Notanish kimsaga o„zlarini tanishtirar ekanlar avval firma nomini, so„ngra o„z ism-
shariflarini aytadilar. Yaponlar jamiyatida qadimdan rusum bo„lib kelgan
boshliqlar
va
unga bo„ysunuvchilar o„rtasidagi norasmiy, yumshoq muomala, mehnat
munosabatlari
Yaponiya
korporatsiyalarida
tadbirkorlikning.
guruq-
lashgan
shaklini
yuqori
darajada
rivojlanishiga
sabab
bo„ldi.
Bu
borada,
odatda,
muhim
tadbirkorlikka
oid
qarorlar
(masalan,
yangi
mahsulot ishlab chiqarishni yo„lga qo„yish) har doim oliy bosh-
qaruvchilar
tomonidan
qabul
qilinsada,
bu
quyi guruhlar albatta, ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: |